Xalqaro birliklar tizimi
Xalqaro birliklar tizimi (SI — Sisteme Internationale) (fransuzcha: Système International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. Oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11Bosh konferensiyada qabul qilingan (1960). Xalqaro birliklar tizimit.ni yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — sekund (s), termodinamik tra birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modsa miqdori — mol (mol). Koʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi —steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy ulchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqdanadi. Bunda koeffitsiyent ulchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.
Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar ulchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamli’gi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik tra, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari moye ravishda L, M, T, I, Q, J, L^orkali ifodalanadi.
Xalqaro birliklar tizimit. fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimit.da mexanik, issiklik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar oʻzaro bogʻlangan buladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi.
SI oʻlchov birliklari[tahrir]
Asosiy oʻlchov birliklar[tahrir]
Kattaliklar | Oʻlchov birliklari | Belgilanishi | ||
---|---|---|---|---|
oʻzbekcha nomlanishi | xalqaro nomlanishi | oʻzbekcha | xalqaro | |
Uzunlik | metr | metre (meter) | m | m |
Ogʻirlik (massa) | kilogramm | kilogram | kg | kg |
Vaqt | soniya | second | s | s |
Tok kuchi | amper | ampere | A | A |
Termodinamik harorat | kelvin | kelvin | K | K |
Yorug'lik kuchi | kandela | candela | kd | cd |
Modda miqdori | mol | mole | mol | mol |
Hosil boʻlgan oʻlchov birliklari[tahrir]
Hosil boʻlgan oʻlchov birliklari asosiy oʻlchov birliklarini ustida oshirilgan matematik amallar natijasida yuzaga kelgan.
Kattaliklar | Oʻlchov birliklar | Belgilanishi | Ifodasi | ||
---|---|---|---|---|---|
oʻzbekcha nomlanishi | xalqaro nomlanishi | oʻzbekcha | xalqaro | ||
Yassi burchak | radian | radian | rad | rad | m·m−1 = 1 |
Hajmiy burchak | steradian | steradian | sr | sr | m²·m−2 = 1 |
Harorat (selsiy shkalasi boʻyicha) | Selsiy darajasi | degree Celsius | °C | °C | K |
Chastota | Gerts | hertz | Gs | Hz | s−1 |
Kuch | Nyuton | newton | N | N | kg·m/s² |
Energiya | joul | joule | J | J | N·m = kg·m²/s² |
Quvvat | vatt | watt | Vt | W | J/s = kg·m²/s³ |
Bosim | Paskal | pascal | Pa | Pa | N/m² = kg·m−1·s−2 |
Yorug'lik oqimi | lyumen | lumen | lm | lm | kd·sr |
Yorug'lilik | lyuks | lux | lk | lx | lm/m² = kd·sr·m−2 |
Elektr zaryadi | kulon | coulomb | kl | C | A·s |
Potentsiallar farqi | volt | volt | V | V | J/Kl = kg·m²·s−3·A−1 |
Elektr qarshiligi | om | ohm | Om | Ω | V/A = kg·m²·s−3·A−2 |
Elektr sig'imi | farad | farad | F | F | Kl/V = kg−1·m−2·s4·A² |
Magnit oqimi | veber | weber | Vb | Wb | kg·m²·s−2·A−1 |
Magnit induktivligi | tesla | tesla | Tl | T | Vb/m² = kg·s−2·A−1 |
Induktivlik | genri | henry | Gn | H | kg·m²·s−2·A−2 |
Elektr o'tkazuvchanlik | simens | siemens | Sm | S | Om−1 = kg−1·m−2·s³A² |
Radioaktivlik | bekkerel | becquerel | Bk | Bq | s−1 |
Kuchaytirilgan doza ionlashgan nurlanish | grey | gray | Gr | Gy | J/kg = m²/s² |
Samarali doza ionlashgan nurlanish | zivert | sievert | Zv | Sv | J/kg = m²/s² |
Katalizator shiddati | katal | katal | kat | kat | mol·s−1 |
SI ga kirmaydigan oʻlchov birliklari[tahrir]
SI ga kirmaydigan baʼzi bir oʻlchov birliklari, Oʻlchashlar bosh konferentsiyasi qarori bilan „SI bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin“.
Oʻlchov birliklari | Xalqaro nomlanishi | Belgilanishi | SI oʻlchov birliklarida | |
---|---|---|---|---|
oʻzbekcha | xalqaro | |||
daqiqa | minute | min | min | 60 s |
soat | hour | soat | h | 60 min = 3600 s |
sutka | day | sut | d | 24 soat = 86 400 s |
gradus | degree | ° | ° | (π/180) rad |
burchak minuti | minute | ′ | ′ | (1/60)° = (π/10 800) |
burchak sekundi | second | ″ | ″ | (1/60)′ = (π/648 000) |
litr | litre (liter) | L | l, L | 1/1000 m³ |
Tonna | tonne | t | t | 1000 kg |
neper | neper | Np | Np | |
bel | bel | B | B | |
elektronvolt | electronvolt | eV | eV | ≈1,6021773310−19 J |
massaning atom birligi | unified atomic mass unit | a. e. m. | u | ≈1,660540210−27 kg |
astronomik birlik | astronomical unit | a. birl. | ua | ≈1,495978706911011 m |
dengiz mili | nautical mile | mil | 1852 m (aniq) | |
uzel | knot | uz | 1 soatda bosib oʻtilgan 1 dengiz mili = (1852/3600) m/s | |
ar | are | a | a | 10² m² |
gektar | hectare | ga | ha | 104 m² |
bar | bar | bar | bar | 105 Pa |
angstrem | ångström | Å | Å | 10−10 m |
barn | barn | b | b | 10−28 m² |
Havolalar[tahrir]
- SI brochure Xalqaro oʻlchovlar va ogʻirliklar byurosining saytida SIning tavsifi.
- GOST 8.417-2002.
- Bir birlikdan boshqasiga oʻtuvchi kalkulyatorlar toʻplami.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |