Magnit induksiya
Magnit induksiya (magnit induksiya vektori) — magnit maydonning asosiy tavsifi boʻlgan vektor (v)’, uning kattaligi va yoʻnalishi magnit maydonning unda joylashtirilgan tokli oʻtkazgichga taʼsiri bilan aniqlanadi. Magnit induksiya alohida elektronlar va boshqa elementar zarralar hosil qilgan mikroskopik magnit maydonlar yigʻindi kuchlanganligining oʻrtacha qiymatini ifodalovchi magnit maydonning asosiy tavsifi. Magnit maydonning Magnit induksiya vektorini magnit maydon kuchlanganligi N vektori va magnitlanganlik vektori J orqali ifodalash mumkin. SGS birliklar tizimida Magnitlanganlik hajm birligining magnit momentksh ifodalaydi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |