Angstrem (birlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Angstrem – uzunlik birligi; santimetrning yuz milliondan bir bo‘lagiga, ya’ni 10-8 sm ga teng. Å (1 Å = 10-10 m) bilan belgilanadi. Optika, atom fizikasi, qattiq jismlar fizikasi va boshqalarda qo‘llaniladi. Mas, kristall panjara doimiysi, rentgen nurining to‘lqin uzunligi, atom o‘lchamlari va boshqa A. bilan ifodalanadi. 1868 yil shved fizigi A. Y. Angstrem tomonidan qo‘llanilganligi uchun uning nomi bilan ataladi. SI sistemasida angstremga yaqin birlik nanometr hisoblanadi: 1 nm = 10 Å

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil