Volt — Xalqaro birliklar tizimi SIda elektr kuchlanish, elektr potensiallari ayirmasi va elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.)ning oʻlchov birligi. A. Volta nomiga. qoʻyilgan. V bilan belgilanadi. IB — elektr zanjirda 1Vt quvvat sarflaganda kuchi 1A oʻzgarmas tok vujudga keltiruvchi elektr kuchlanish. Ikkinchi tomondan IB elektr maydon nuqtasining shunday potensialiki, unda joylashgan 1Kl zaryad 1J potensial energiyaga ega boʻladi.