Wilhelm Keitel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Vilgelm Keytel
nemischa: Wilhelm Bodewin Johann Gustav Keitel
Bundesarchiv Bild 183-H30220, Wilhelm Keitel.jpg
feld marshal Keytel 1942-yilda
Oliy Bosh Qoʻmondonlik boshligʻi
Mansab davri
4-fevral 1938-yil — 8-may 1945-yil
Oʻtmishdoshi

Werner von Blomberg

(Reyx Harbiy Vaziri sifatida)
Vorisi Alfred Jodl
Qurolli Kuchlar bo'linma boshligʻi
Mansab davri
1-oktabr 1935-yil — 4-fevral 1938-yil
Oʻtmishdoshi Walter von Reichenau
Vorisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-sentabr 1882-yil(1882-09-22)
Helmsherod, Bryunsvik, Germaniya imperiyasi
Vafoti 16-oktabr 1946-yil(1946-10-16)
(64 yoshda)
Nyuremberg qamoqxonasi, Nyurnberg, Bavariya, Ittifoqchilar tomonidan bosib olingan Germaniya
Oʻlim sababi Qatl qilingan
Fuqaroligi Flag of Germany (1867–1918).svgGermaniyaFlag of Germany (1935–1945).svg
Millati nemis
Turmush oʻrtogʻi
Lisa Fontaine (turm. 1909)
Onasi Apolloniya Vissering (1855—1888)
Otasi Karl Keytel (1854—1934)
Qarindoshlari Bodewin Keitel (akasi)
Imzosi
Mansubligi Flag of Germany (1867–1918).svg Germaniya imperiyasi
Germaniya Veymar Respublikasi
Flag of Germany (1935–1945).svg Natsislar Germaniyasi
Qoʻshin turi Flag of Germany (1867–1918).svg Germaniya imperiyasi
War Ensign of Germany (1921–1933).svg Reyxsver
Flag of Germany (1935–1945).svg Vermaxt
Xizmat yillari 1901–1945
Unvoni Wehrmacht GenFeldmarschall 1942h1.svg Generalfeldmarshal
Mukofotlari Germaniya Imperiyasi
D-PRU Hohenzollern Order BAR.svg D-PRU EK 1914 1 Klasse BAR.svg D-PRU EK 1914 2 Klasse BAR.svg
Natsislar Germaniyasi
Ribbon of Knight's Cross of the Iron Cross.png DEU EK 1Kl 1939Clasp BAR.svg DEU EK 2Kl 1939Clasp BAR.svg DEU Ehrenkreuz des Weltkrieges Frontkaempfer BAR.svg Anschluss Medal Bar.PNG Sudetenland Medal Bar.PNG DEU WH-Dienstauszeichnung (Heer-KM) 25Jahre BAR.svg Планка Золотой партийный знак НСДАП.svg GER Return of Memel Commemorative Medal ribbon.svg Лента нагрудного знака за ранение - Золото (1939).svg Лента нагрудного знака за ранение - Чёрный (1939).svg
Avstriya-Vengriya mukofotlari
AUT KuK Kriegsbande BAR.svg
Laqabi "Leykitel"
Janglar

Birinchi Jahon urushi


Ikkinchi Jahon urushi
Sud Xalqaro harbiy tribunal
Jazo Oʻlim

Vilgelm Bodevin Iogann Gustav Keytel (nemischa talaffuzi: [[Xalqaro fonetik alifbo|[ˈkaɪ̯tl̩]]]; 1882-yil 22-sentabr — 1946-yil 16-oktabr) nemis feldmarshali va urush jinoyatchisi boʻlib, Ikkinchi Jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasi Qurolli Kuchlarining oliy qoʻmondonligi (nemischa: Oberkommando der Wehrmacht (OKW)) boshligʻi lavozimida ishlagan. Bu lavozimda Keytel koʻplab harbiy jinoyatlarga olib kelgan bir qator jinoiy buyruq va koʻrsatmalarni imzolagan.

Keytelning Vermaxt oliy qoʻmondonligiga koʻtarilishi 1935-yilda Reyx urush vazirligi qoshidagi Qurolli kuchlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlanishi bilan boshlandi. 1938-yilda Vermaxt qoʻmondonligini oʻz zimmasiga olgan Gitler vazirlikni OKW bilan almashtirdi va Keytel uning boshligʻi boʻldi. U harbiy hamkasblari orasida Gitlerning „hoʻp boʻladi“si (laganbardor) sifatida tanilgan.

Urushdan keyin Keytel Nyurnbergdagi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan „yirik urush jinoyatchilari“ dan biri sifatida ayblangan. U ayblov xulosasining barcha bandlari: insoniyatga qarshi jinoyatlar, tinchlikka qarshi jinoyatlar, jinoiy fitna va urush jinoyatlari boʻyicha aybdor deb topilgan. U oʻlimga hukm qilingan va 1946-yilda osish yoʻli bilan qatl etilgan[1].

Yoshligi va Wehrmachtdan oldingi lavozimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vilgelm Keytel Germaniyaning Brunsvik gersogligidagi Gandersheym yaqinidagi Helmscherode qishlogʻida tugʻilgan. U oʻrta sinf yer egasi Karl Keytel (1854—1934) va uning rafiqasi Apolloniya Vissering (1855—1888) ning toʻngʻich oʻgʻli edi. Dastlab u gimnaziyadagi oʻqishni tugatgandan soʻng, oilasining mulkini egalik qilishni xohladi. Lekin bu amalga oshmadi, chunki otasi nafaqaga chiqishni xohlamadi. Buning oʻrniga, u 1901-yilda Prussiya armiyasining ofitser kursanti boʻlib, harbiy karyerasini boshladi. Oddiy odam sifatida u otliqlar safiga emas, balki 1908-yildan adyutant boʻlib Volfenbütteldagi dala artilleriya polkiga qoʻshildi[2]. 1909-yil 18-aprelda Keytel Hannover yaqinidagi Vulfelda badavlat yer egasining qizi Liza Fonteynga uylandi[3].

Keytelning boʻyi 1,85 m (6 fut 1 dyuym) edi[4].

Birinchi jahon urushi paytida Keytel Gʻarbiy frontda xizmat qilgan va Flandriyadagi janglarda qatnashib, u yerda ogʻir yaralangan[2]. Kapitan unvoniga koʻtarilgandan soʻng, Keytel 1915-yilda piyodalar diviziyasining shtabiga yuborildi[3]. Urushdan keyin Keytel Veymar Respublikasining yangi tashkil etilgan reyxsverida qoldi va Polsha chegarasidagi harbiylashtirilgan boʻlinmalar Freykorpsni tashkil qilishda ishtirok etdi. 1924-yilda Keytel Berlindagi Reyxsver vazirligiga oʻtdi. u Truppenamt („Qoʻshinlar idorasi“)da xizmat qildi. Uch yildan soʻng u yana dala qoʻmondonligiga qaytdi[2].

Endi podpolkovnik Keytel 1929-yilda yana Urush vazirligiga oʻtkazildi va tez orada tashkiliy boʻlim boshligʻi („T-2“) lavozimiga tayinlanib, 1933-yilda Adolf Gitler hokimiyatni qoʻlga kiritgunga qadar bu lavozimda ishladi. Germaniyani qayta qurollantirishda muhim rol oʻynab, u kamida bir marta Sovet Ittifoqiga Reyxsverning yashirin oʻquv lagerlarini tekshirish uchun safar qilgan. 1932-yilning kuzida u yurak xuruji va ikki marta pnevmoniyaga uchradi[2]. Sogʻayib ketganidan koʻp oʻtmay, 1933-yil oktabr oyida Keytel 3-piyoda diviziyasi komandirining oʻrinbosari etib tayinlandi. 1934-yilda unga Bremendagi 22-piyoda diviziyasi qoʻmondonligi berildi[5].

Wehrmacht Oliy qoʻmondonligiga koʻtarilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

1935-yilda general Verner fon Fritsch tavsiyasiga koʻra Keytelga general-mayor unvoni berildi va Reyx Harbiy Vazirligi Qurolli Kuchlari boshqarmasi (Vermachtsamt) boshligʻi etib tayinlandi. U armiya, dengiz floti va havo kuchlarini boshqardi[6][7]. Ushbu lavozimga kelganidan keyin Keytelga 1936-yil 1-yanvarda general-leytenant unvoni berildi[5].

1938-yil 21-yanvarda Keytel oʻzining boshligʻi, urush vaziri Verner fon Blombergning xotini sobiq fohisha boʻlganligini tasdiqlovchi dalillarni qoʻlga kiritdi[5]. Ushbu maʼlumotni koʻrib chiqgan Keytel ularnini Gitlerning oʻrinbosari Hermann Geringga yuborishni taklif qildi. Goring esa oʻz navbatida ushbu maʼlumotlardan Blombergni isteʼfoga chiqarish uchun foydalandi[8].

Gitler 1938-yilda Vermaxt qoʻmondonligini oʻz zimmasiga oldi va Urush vazirligini Qurolli Kuchlar Oliy qoʻmondonligi (Oberkommando der Wehrmacht) bilan almashtirdi, uning boshligʻi Keytel edi[9]. Uning tayinlanishi natijasida Keytel Germaniya urush vazirining mas’uliyatini oʻz zimmasiga oldi[9]. Rasmiy ravishda Reyxsministr etib tayinlanmagan boʻlsa-da, Keytelga vazirlar mahkamasi darajasidagi unvon berildi[10]. Keyinchalik Gitler fon Blombergdan (1938-yilda ishdan boʻshatilganidan keyin unga hurmat yuzasidan) uning oʻrniga kimni tavsiya qilishini soʻraganida, u hech kimni taklif qilmaydi va Gitlerning oʻzi bu ishni bajarishi kerakligini aytgan. Ammo u Gitlerga Keytel (uning kuyovining otasi boʻlgan) haqida „u mening idoramni boshqaradigan odam“, deydi. Shunda Gitler barmoqlarini shaqillatib qoʻyadi va „Men izlayotgan odam aynan shu“, deydi. Shunday qilib, 1938-yil 4-fevralda Gitler Qurolli Kuchlar Bosh Qoʻmondoni boʻlganida, Keytel Bosh shtab boshligʻi boʻldi[4].

Lavozimi koʻtarilganidan koʻp oʻtmay, Keytel Gitlerni fon Fritsch oʻrniga Valter fon Brauxitshni Armiya bosh qoʻmondoni etib tayinlashga ishontirdi[9]. Keytel 1938-yil noyabrida Generaloberst (general-polkovnik) unvoniga koʻtarilgan va 1939-yil aprelida Gitler tomonidan „ Oltin partiya“ nishoni bilan taqdirlangan[11].

Keytel (chapda) va Germaniya oliy qoʻmondonligining boshqa aʼzolari Adolf Gitler bilan harbiy yigʻilishda (taxminan 1940-yil).

Imkoniyatlarni tanqid qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feldmarshal Evald fon Kleyst Keytelni Gitlerga nisbatan begʻubor munosabati uchun „Gitlerning ahmoq izdoshi“ deb atagan. Uning paxtaqoʻyuvchiligi armiyada yaxshi maʼlum edi va u „ Lakai tel“ laqabini oldi, bu Lakai (" Lakey ") soʻzidan kelib chiqqan va uning familiyasining davomidan yasalgan laqab edi[12] [13]. Hermann Goringning Keytelni „feldmarshal tanasida serjant aqli“ deb taʼriflagan. U Gitlerning ogʻzi boʻlib ishlashga tayyorligi uchun ushbu lavozimga koʻtarilgan edi[14]. U oʻz tengdoshlari tomonidan „Nikgesel“ laqabli Gitlerning "koʻr-koʻrona sadoqatli qurbaqasi" sifatida tanilgan. Oʻsha davrda mashhur boʻlgan boshini chayqaydigan eshak — metall oʻyinchogʻi „Nickesel“ nomi bilan atalgan. Urush paytida u Gitlerning boshqa zobitlarga qarata shunday deydi: (Gerd fon Rundstedtning soʻzlariga koʻra)

Keytel aqli cheklanganligi va asabiy moyilligi tufayli manipulyatsiyaga moyil edi. Gitler uning mehnatsevarligi va itoatkorligini qadrlagan[15]. Bir kuni Burkhart Myuller-Hillebrand Keytel kimligini soʻradi: buni bilib, u oʻz boshligʻiga salom bermaganidan dahshatga tushdi. Biroq, Frants Xolder unga:

dedi. Nemis ofitserlari uni doimiy ravishda chetlab oʻtib, toʻgʻridan-toʻgʻri Gitlerga borishardi[16][15].

Ikkinchi jahon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yil 30-avgustda, Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin, Keytel Gitler tomonidan „harbiy kabinet“ sifatida tuzilgan olti kishidan iborat boʻlgan Reyx mudofaa vazirligining aʼzosi etib tayinlandi[17]. Fransiya uchun boʻlgan jangda Germaniya Fransiyani olti hafta ichida magʻlub etganidan soʻng Keytel Gitlerni „barcha davrlarning eng buyuk sarkardasi“ deb taʼrifladi[18]. Keytel fransuzlar bilan sulh boʻyicha muzokaralarni olib bordi. 1940-yil 19-iyulda «generalfeldmarshall» (feldmarshal) lavozimiga koʻtarildi[11].

Barbarossa operatsiyasini rejalashtirish, 1941-yilda Sovet Ittifoqiga bostirib kirish, Xolder tomonidan shartli ravishda 18-armiyaning Sovet Ittifoqiga qarshi hujumkor pozitsiyasiga qayta joylashtirilishi bilan boshlangan[12]. 1940-yil 31-iyulda Gitler Keytel, Xolder, Alfred Jodl, Erich Raeder, Brauchitsch va Xans Jesxonnekni oʻz ichiga olgan yirik konferentsiya oʻtkazdi va unda boʻlajak hujum haqida soʻz yuritildi. Gitler urush boʻyicha ioʻrganishlarni yakunlashni soʻradi[12] va Georg Tomasga iqtisodiy masalalar boʻyicha ikkita tadqiqotni yakunlash vazifasi qoʻyildi. Tomas tomonidan olib borilgan birinchi tadqiqot yonilgʻi quyish va kauchuk taʼminoti bilan bogʻliq jiddiy muammolarni batafsil bayon qildi. Keytel Tomasga Gitler buni koʻrishni istamasligini aytib, ushbu muammolarni ochiqchasiga rad etdi. Bu Tomasning ikkinchi tadqiqotiga taʼsir qildi. Unda hujum qilish uchun yorqin tavsiya berilgan va ushbu tadqiqot qalbakilashtirilgan iqtisodiy manfaatlarga asoslangan edi[12].

1943-yil yanvar oyida, Stalingradda yakuniy taslim boʻlishdan oldin, Gitler urush iqtisodiyoti va undan koʻproq nazoratni markazlashtirishga urinish uchun davlat vakillari, Qurolli Kuchlar Oliy qoʻmondonligi va partiya vakillaridan iborat uch kishilik qoʻmita tuzishga rozi boʻldi. Qoʻmita aʼzolari Keytel, (OKW boshligʻi) Hans Lammers (Reyx kantsleri boshligʻi) va Martin Bormann (partiya kansleri boshligʻi) edi. Tez orada «Dreierausschuß» (Uchlik qoʻmitasi) nomi bilan tanilgan qoʻmita 1943-yil yanvar va avgust oylari orasida oʻn bir marta yigʻildi. Biroq, u juda oz avtonomiyaga ega edi, Gitler koʻp qarorlarni oʻzi hal qilardi. Natijada hech narsa oʻzgarmadi va Qoʻmita oʻz ahamiyatini yoʻqotdi[19].

Keytel, 1945-yil 8/9-may, Berlinda Germaniya armiyasining taslim boʻlish shartlarini imzoladi.

Keytel 1944-yil 20-iyuldagi muvaffaqiyatsiz fitnadan keyin muhim rol oʻynadi. U armiyaning " sharafli sudida " qatnashdi. Ushbu fitnada ishtirok etgan koʻplab ofitserlar, shu jumladan dala marshali Ervin fon Vitsleben, Roland Freisler mashhur xalq sudiga topshirildi. Taxminan 7000 kishi hibsga olinib, ularning koʻplari Gestapo tomonidan qiynoqqa solindi va 5000 ga yaqini qatl etildi[16].

1945-yil aprel va may oylarida, Berlin jangi paytida Keytel Sovet qoʻshinlarini orqaga qaytarish va Berlinni ozod qilish uchun qarshi hujumga chaqirdi. Biroq, bunday qarshi hujumlarni amalga oshirish uchun nemis kuchlari yetarli emas edi. 30-aprelda Gitler oʻz joniga qasd qilganidan soʻng, Keytel Buyuk Admiral Karl Dönitz boshchiligidagi qisqa muddatli Flensburg hukumati aʼzosi sifatida qoldi. Flensburgga yetib kelgach, Qurol-yarog 'va urush ishlab chiqarish vaziri Albert Speer, Keytel Gitlerga qanday laganbardorlik qilgan boʻlsa, Donitsga ham xuddi shunday laganbardorlik qilganini aytdi. 1945-yil 7-mayda Donitz nomidan Alfred Jodl Germaniyaning barcha frontlarda soʻzsiz taslim boʻlishi oʻgʻrisidagi hujjatni imzoladi. Iosif Stalin bu ishni haqorat deb hisobladi, shuning uchun 8-may kuni Berlinning Karlshorst chekkasida ikkinchi imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. U yerda Keytel Germaniyaning taslim boʻlish toʻgʻrisidagi hujjatini imzoladi. Besh kundan soʻng, 13-may kuni u AQSh iltimosiga binoan hibsga olindi va Mondorf-les-Bainsdagi Kamp Ashkanda saqlandi[20]. General Jodl 23-may kuni Flensburg hukumati yakuniy tarqatib yuborilgunga qadar OKW boshligʻi lavozimida qoldi.

Sud, hukm va qatl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vilgelm Keytelning hibsga olinganligi haqidagi hisobot 1945-yil iyun

Urushdan soʻng Keytel Xalqaro Harbiy Tribunalga (XHT) topshirildi. U toʻrtta ayblov boʻyicha: tinchlikka qarshi jinoyatlar sodir etish uchun fitna uyushtirish, bosqinchilik urushlarini rejalashtirish, boshlash va olib borish, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblandi. Unga qarshi ishlarning aksariyati uning askarlar va siyosiy mahbuslarni oʻldirish yoki " oʻgʻirlab ketish " toʻgʻrisidagi oʻnlab buyruqlarga imzo qoʻyganiga asoslangan[21]. Sudda Keytel Gitlerning koʻplab buyruqlari noqonuniy ekanligini bilishini tan oldi[22]. Uni advakatlari u „rahbar prinsipi“ (Fyurerprinzip)ga asoslanib va Gitlerga sodiqlik haqidagi shaxsiy qasamyodiga muvofiq shunchaki buyruqlarni bajargan edi[14] deb uni himoya qilishdi.

XHT bu himoyani rad etdi va uni barcha ayblovlar boʻyicha aybdor deb topdi. Garchi tribunal nizomida „yuqori buyruqlar“ni yengillashtiruvchi omil sifatida ko‘rishga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, Keytelning jinoyatlari shunchalik dahshatli boʻlganidan, hukmni „yumshatishga hech qanday asos yo‘q edi“. XHT unga qarshi chiqargan hukmida shunday deb yozgan edi: „Boshliq buyruqlari, hatto askarga ham, agar dahshatli va keng qamrovli jinoyatlar ongli ravishda, shafqatsiz va harbiy bahonalarsiz yoki asossiz sodir etilgan boʻlsa, yengillashtirilgan holda koʻrib chiqilishi mumkin emas“[21].

Tribunal oldida qilgan bayonotida Keytel shunday dedi:

Keytel harakatlarining harbiy emas, jinoiy ekanligini taʼkidlash uchun Ittifoqchilar uning otib oʻldirish haqidagi iltimosini rad etishdi. Buning oʻrniga u Nyurnberg qamoqxonasida osib oʻldirildi[24].

Keytelning jasadi qatl qilinganidan keyin; boshini lyuk eshigiga urib olgan jarohatlariga eʼtibor bering.

Qatl kuni Keytel qamoqxona ruhoniysi Genri F. Gereckega shunday degan edi:

Keyin u oʻsha kuni qatl qilindi[25][26]. Keytel Amerika armiyasi serjanti Jon C. Vuds tomonidan qatl etilgan[27]. Uning soʻnggi soʻzlari shunday boʻldi:

Lyuk kichik boʻlgani sababli mahbuslarning boʻyinlarini qisilib qolardi, buni Keytel va boshqa bir qancha mahkumlarning boshi jarohatlanganidan bilish mumki edi. Keytelning konvulsiyalari[27] 24 daqiqa davom etgan. Keytel va boshqa toʻqqizta qatl etilgan kishining jasadlari xuddi Hermann Goring singari Ostfridxofda (Myunxen) kuydirilgan va ularning hoki Isor daryosiga sochilgan[22].

Meros[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatl etilishidan oldin Keytel ingliz tilida «Reyx xizmatida» deb nomlangan xotiralarini nashr etdi. Keyinchalik u Valter Gorlits tomonidan «Feldmarshal Keytelning xotiralari» nomi bilan qayta tahrirlangan (ISBN 978-0-8154-1072-0). Keytelning keyinchalik ingliz tilida nashr etilgan yana bir asari «Ardennes hujumi boʻyicha soʻrovnoma» deb nomlandi[30].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Execution of Nazi War Criminals“. famous-trials.com. Qaraldi: 7-oktabr 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Mitcham & Mueller 2012.
  3. 3,0 3,1 Goerlitz 2003.
  4. 4,0 4,1 4,2 Margaritis 2019.
  5. 5,0 5,1 5,2 Mitcham Jr. 2001.
  6. Wheeler-Bennett 1980.
  7. Hildebrand 1986.
  8. Shirer 1990.
  9. 9,0 9,1 9,2 Megargee 2000.
  10. „Nazi Conspiracy and Aggression, Volume IV, pp. 552-553, Document 1915-PS“. Office of United States Chief of Counsel For Prosecution of Axis Criminality (1946). Qaraldi: 22-aprel 2021-yil.
  11. 11,0 11,1 Wistrich 1982.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 Stahel 2009.
  13. Kane 2004.
  14. 14,0 14,1 Walker 2006.
  15. 15,0 15,1 Shepherd 2016.
  16. 16,0 16,1 Tucker 2005.
  17. Broszat 1981.
  18. Kershaw 2001.
  19. Kershaw 2008.
  20. Knopp 2001.
  21. 21,0 21,1 de Vabres 2008.
  22. 22,0 22,1 Darnstädt 2005.
  23. Conot 2000.
  24. Wilkes, Jr. 2002.
  25. Service. „The Strange Story Of The American Pastor Who Ministered To Nazis“ (en). HuffPost (24-avgust 2014-yil). Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  26. Railton, Nicholas M. „Henry Gerecke and the Saints of Nuremberg“. Kirchliche Zeitgeschichte, vol. 13, no. 1, 2000, pp. 112-137. JSTOR, www.jstor.org/stable/43750887. Accessed 8 Feb. 2021.
  27. 27,0 27,1 Zeller Jr. 2007.
  28. Smith 1946.
  29. Piper 2007.
  30. Keitel 1949.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Wilhelm Keitel in the German National Library catalogue