Shtab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shtab (nemischa: Stab), harbiy shtab — qoʻshinlar (flot kuchlari)ni boshqaruvchi asosiy organ. Sh.lar umumqoʻshin, qoʻshin turlari va qurolli kuchlar turlariga qarab boʻlinadi. shahrining asosiy vazifasi: vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash, ularni oʻrganish, ishlab chiqish hamda qoʻmondonga taklif tayyorlash; amaliyotlarni rejalashtirish, qoʻshinlarning birgalashib, hamkorlikda harakat qilishini uyushtirish; qoʻshinlar taʼminoti va ularni boshqarishni tashkil etish, buyruq va jangovar farmoyishlarni ijro etuvchilarga tez yetkazish; qoʻshinlarning va itoat etuvchi shahrining jangga tayyorgarlik koʻrishiga yordam berish; jangovar tajribalarni umumlashtirish; mustahkam intizomni taʼmin etish va boshqalar Sh. oʻz ishini qoʻmondonlar qarorlari va yuqori shahrining farmoyishlari asosida olib boradi. Sh.lar barcha davlatlar armiyalarida (Oʻzbekiston Respublikasida — Qurolli Kuchlar birlashgan shtabi) mavjud.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]