Wei Yi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Wie Yi

Wei Yi xitoyliy grossmeyster
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Jiangsu, Xitoy
Tavallud sanasi 1999-yil 2-iyun
Xitoy
Sport
Qaysi sport Shaxmat

  

Wei Yi (1999-yil 2-iyunda tugʻilgan) – xitoylik shaxmat grossmeysteri.

Wei 13 yosh 8 oy 23 kunligida grossmeysterlik unvonini qoʻlga kiritdi. Bu tarixdagi eng yosh 9-grossmeystr unvoni edi[1][2]. U 2700 reytingga erishgan eng yosh shaxmatchi boʻlib, 15 yoshida bu muvaffaqiyatga erishdi [3] [4] Vey Xitoy shaxmat ligasida Jiangsu klubini himoya qiladi va shaxmat boʻyicha uch karra Xitoy chempioni, shuningdek, shaxmat boʻyicha 2018 yilgi Osiyo chempioni hisoblanadi. [5]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolalik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Wei 8 yoshida shaxmat boʻyicha Xitoy chempionatining B guruhida qatnashib, grossmeyster Zhou Jianchaoga qarshi durang natijani qayd etgan[6].

2009-yilda Wei Yi Gretsiyaning Saloniki shahrida boʻlib oʻtgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi 5-jahon shaxmat chempionatining 11 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar bahsida gʻolib boʻldi[7].

2010-yilda u shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 12 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqada gʻolib chiqdi[8]. Shundan soʻng yoshlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ham xuddi shu toifada gʻolib chiqdi[9].

2012 yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avgust oyida u Afinada oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida grossmeystr normasini bajaradi. Ushbu turnirda Richárd Rapport ustidan gʻalaba qozondi. Yakunda turnir gʻolibi boʻlgan Alexander Ipatov bilan durang taijani qayd etadi[10].

Shu yilning oktyabr oyida u Shaxmat boʻyicha Indoneziya ochiq chempionatida Michal Krasenkow va Sergey Fedorchuk ustidan gʻalaba qozondi[11].

2013-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fevral oyida u Reykjavik ochiq chempionatida 7½/10 ballni qoʻlga kiritdi. Maxime Vachier-Lagrave ustidan gʻalaba qozongan Wei yakunda 6-oʻrinni egalladi[12].

Avgust oyida Yi Tromsøda boʻlib oʻtgan FIDE Jahon kubogida debyut qildi. Shunda u FIDE prezidenti nomzodlaridan biri edi. Wei birinchi raundda Ian Nepomniachtchi, ikkinchi raundda Alexei Shirovni, uchinchi raundda Shakhriyar Mamedyarovni nokautga uchratdi[13].

Noyabr oyidagi FIDE reytingida 14 yosh 4 oy va 30 kunlik boʻlgan Wei 2604 reytingga erishdi va shu tariqa tarixda 2600dan yuqori reytingga erishgan eng yosh shaxmatchiga aylandi. Shu tariqa Wesley Soga tegishli rekordni yangiladi[6].

2014-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iyun oyida Wei Yi finalda Francisco Vallejo Ponsni magʻlub etib, León rapid turnirida gʻolibi boʻldi[14].

Avgust oyida u Tromsødagi 41-shaxmat Olimpiadasida Xitoy sharafini himoya qildi. Yi 4/5 hisobni qayd etib, Xitoy terma jamoasining oltin medalni qoʻlga kiritishiga yordam berdi[15][16].

Oktyabr oyida Hindistonning Pune shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Lu Shangleidan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi[17].

2019-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil dekabr oyida Wei Yi FIDE Grand Prix 2019 nufuzli turnirining toʻrtinchi bosqich finaliga chiqdi (yarim finalda Devid Navarani tay-breklarda magʻlub etdi). Soʻnggi raundda Ian Nepomniachtchiga yutqazib, turnirda umumiy hisobda oltinchi oʻrinni egalladi.

2022-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wei Yi FTX Road to Miami turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi. Finalda Levon Aronianga magʻlub boʻldi[18].

Wei ishtirokidagi yirik oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talabalik hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Wei Xitoydagi nufuzli Tsinghua universitetining Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetiga talaba sifatida qabul qilindi[20].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Wei Yi has become the youngest GM in the world“. ChessBase (2013-yil 1-mart). Qaraldi: 2013-yil 13-avgust.
  2. „Certificate of Title Result (Reykjavik 2013)“. FIDE. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
  3. „March 2015 ratings: After 26 years, Yifan no.1“. ChessBase (2015-yil 28-fevral). Qaraldi: 2016-yil 18-yanvar.
  4. „Wei Yi Wins in Danzhou, Climbs to World #14“.
  5. Chinese Chess League: Wei Yi OlimpBase
  6. 6,0 6,1 „Wei Yi: youngest 2600+ GM ever“. ChessBase (2013-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
  7. 5th WORLD SCHOOL CHESS CHAMPIONSHIP OPEN UNDER 11.
  8. „Asian Youth Chess Championship 2010 U12“. Chess-Results. Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
  9. „World Youth Chess Championship 2010 Open Under 12“. Chess-Results. Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
  10. „Certificate of Title Result (Athens 2012)“. FIDE. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
  11. „Certificate of Title Result (Indonesia 2012)“. FIDE. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
  12. „Wei Yi at Reykjavik Open 2013“. Chess-Results. Qaraldi: 2015-yil 3-may.
  13. „Chess World Cup 2013: Pairings & Results“. 2013-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-avgust.
  14. „Leon Final: Wei Yi wins on tiebreaks“. ChessBase (2014-yil 10-iyun). Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.
  15. „Olympiad 2014 Open: Chinese team composition with round-results“. Chess-Results. Qaraldi: 2014-yil 7-sentyabr.
  16. „Olympiad 2014 Open: final ranking after 11 rounds“. Chess-Results. Qaraldi: 2014-yil 7-sentyabr.
  17. „World Junior Chess Championship 2014: final standing“. Chess-Results. Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
  18. Doggers (PeterDoggers). „Levon Aronian Wins FTX Road To Miami“ (en-US). Chess.com. Qaraldi: 2023-yil 1-may.
  19. Hainan Danzhou and Wei Yi’s immortal game, Chessbase, 7 April 2015
  20. „韦奕:六年超霸战对我帮助很大 祝学弟柯洁早毕业“. sports.sina.com.cn (2019-yil 2-iyul).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]