Szyansu
Szyansu – Xitoyning sharkay qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi quyi oqimi havzasida. Sharqiy Xitoy va Sariq dengizlar bilan oʻralgan. Maydoni 102,6 ming km². Aholisi 71,8 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi – Nankin Szyansu Shanxay Szyansu alohida maʼmuriy birlik. Szyansu Xitoyning aholi zich yashaydigan provinsiyasi.
Szyansu, asosan, Shimoliy Xitoy tekisligida joylashgan. Iklimi tropik, mussonli iklim. Yillik yogʻin 600–1200 mm. Buyuk kanal Yanszi daryosini Szyansu hududidagi koʻllar bilan bogʻlaydi. Szyansu – iqgisodiy jihatdan rivojlangan industrialagrar rayon. Iktisodiyotida Shanxay Szyansu muhim oʻrin tutadi. Koʻmir, temir rudasi, apatit, kaolin qazib chiqariladi. Toʻqimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, sement, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Asosiy ekini – sholi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, batat, dukkaklilar, sabzavot ham ekiladi. Paxtachilik rivojlangan. Choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi.
Qadimda Szyansu hududida man va xuayi qabilalari yashagan. Szyansu mil. av. 8—4-asrlarda Si, U, Yue, Chu podshoxliklari tarkibida boʻlgan, XVII asrda Xitoyni manjurlar bosib olgandan soʻng bu yerda Szyannan viloyati tashkil topdi, keyinroq u Szyansu provinsiyasi deb ataldi.
2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Szyansu 84,748 million aholiga ega[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Communiqué of the Seventh National Population Census (No. 3)“ (en). National Bureau of Statistics of China. 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |