Kontent qismiga oʻtish

Vladislav Davidzon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vladislav Davidzon
Tavalludi
Vladislav Grigoryevich Davidzon

1985-yil 7-mart
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH Rossiya bayrogʻi Rossiya
Taʼlimi Nyu-York shahar universiteti, EIUC
Kasbi yozuvchi, muharrir

Vladislav Grigoryevich Davidzon (1985-yil 7-martda tugʻilgan) – sanʼatkor, yozuvchi, muharrir va noshir, kino prodyuseri. U oʻzining jurnalistika va madaniyat ishlariga eʼtibor qaratganligi bilan mashhur[1][2]. „The Odessa Review“ning sobiq noshiri va bosh muharriri. Jurnal Ukrainaning Odessa shahrining madaniy hayotiga bagʻishlangan boʻlib, ingliz tilida nashr etilgan[3]. Davidzon Yevrosiyo markazidagi Atlantika Kengashining norezident xodimi. Zamonaviy Odessa haqidagi romanning va "From Odessa with Love"ning muallifi[4]. 2022-yil mart oyida Parijdagi Rossiya elchixonasi oldida Estoniyaning sobiq prezidenti Toomas Xendrik Ilves bilan zajigalkani ushlab turgan holda Rossiya pasportini[5] yoqib yuborgan[6].

Davidzon 1985-yil 7-martda Toshkent shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. Uning bobosi respublikani liberallashtirish siyosiy maydonida faol boʻlib, oʻldirilib yuborilgan. U 1991-yilda Nyu-York shahriga ketib oilasi bilan Moskvaga koʻchib oʻtgan[7].

Davidzon Odessani tark etganidan keyin Parijda istiqomat qilgan[7]. Soʻng, Tablet jurnalida muxbir boʻlib ishlagan. U frilanser sifatida Yevropa siyosati, madaniy ishlari va ularning madaniyati haqida yozadi[8]. 2020-yilda Davidzonga prezident Donald Trampning saylovoldi kompaniyasiga aloqador ukrainalik tezkor xodimlar Xanter Baydenning noutbukiga oid yangiliklarni targʻib qilish taklifi bilan murojaat qilishadi[9].

2023-yilda uning ikkinchi kitobi Bernard Anri-Levidan soʻzboshi olgan. Soʻzboshida Levi ukrain-yahudiy munosabatlari haqida yozib, yozuvlarda Davidzon ham tilga olingan[10].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yigirma yoshdan oshgan Davidzon Parijda oʻqish davrida oʻzining boʻlajak rafiqasi Franko-Ukraina kinoprodyuseri boʻlgan Regina Maryanovska-Davidzon bilan uchrashgan[11]. U sovet bastakori Isaak Dunaevskiyning avlodi[12]. Yangi maktab va Parsons Parijda Sharqiy Yevropa siyosati va sanʼat tarixidan dars beradi.

Davidzon oʻzini yahudiy-banderit deb bilgan[13].

  • Eng yaxshi keyingi avlod jurnalistik hisoboti uchun Transatlantik yetakchilik tarmogʻi „Ommaviy axborot vositalari erkinligi“ mukofoti, 2022-yil[14]
  1. Feinberg, Alexander. „Reading for Russophiles“. The Moscow Times (2018-yil 10-iyul).
  2. Kovpak, James. „Russian Dissidents Open Office in Ukraine's Capital“. Voice of America (2017-yil 20-aprel).
  3. Grieg, Rebecca. „Odessa, the Cradle of Israeli Culture, Enjoys a Jewish Renaissance“. Haaretz (2018-yil 14-avgust).
  4. „Passover in war-torn Odesa“. UnHerd (2022-yil 19-aprel).
  5. „In Lieu of Fun, Episode 620: Vladislav Davidzon Burns His Russian Passport“. YouTube.
  6. „Leaving Kyiv“ (2022-yil 18-aprel). 2022-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
  7. 1 2 Geets, Siobhan. „Können Sie sich vorstellen, was dieser Krieg mit den Kindern anstellt?“. Profil (2022-yil 20-mart).
  8. Smith, Lee. The Plot Against the President: The True Story of How Congressman Devin Nunes Uncovered the Biggest Political Scandal in U.S. History. New York: Center Street, October 29, 2019 222-bet. ISBN 978-1546085027. 
  9. Ecarma, Caleb. „REPUBLICANS WON'T LET A PANDEMIC CURB THEIR HUNTER BIDEN OBSESSION“ (2020-yil 3-aprel).
  10. Levy, Bernard-Henri. „Ukraine's Hero President Z.“ (2022-yil 28-fevral).
  11. „Discover Ukraine from an Odesa Perspective“.
  12. „Yevgeniy Fiks' Gay, Communist, Yiddish Utopia“ (2018-yil 4-dekabr).
  13. Tsurkan. „"I see politics through a literary and poetic lens": An Interview with Vladislav Davidzon“. Apofenie (2022-yil 24-may). 2022-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
  14. „TLN Freedom of the Media Award Ceremony 2022“.