Isaak Dunayevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Isaak Osipovich Dunayevskiy [1900.18(30). 1, Loxvitsa, hozirgi Poltava viloyati — 1955.25.7, Moskva] — kompozitor, dirijyor, Rossiya xalq artisti (1950). Zamonaviy rus operetta hamda musiqali kinokomediya asoschilaridan, qoʻshiq janrining yirik ustasi. 12 ta operetta, 3 balet, kantatalar, dramatik spektakllarga musiqalar yozgan. Ayniqsa, "Quvnoq yigit-qizlar", "Darvozabon", "Sirk", "Kapitan Grant bolalari", "Boy kelin", "Volga-Volga", "Kuban kazaklari" kabi filmlar uchun yaratgan, simfonizm bilan yoʻgʻrilgan musiqalari va qoʻshiqlari ommaviylashgan. Ijodiy uslubi kuychanlik va xatto garmoniyalari ohangdorligi, xilma-xilligi, jaz ritmlaridan unumli foydalanilganligi bilan ajralib turadi. Ommabop qoʻshiq janrining yangi turlarini kashf etgan: qoʻshiq — marsh ("Sport marshi", "Entuziastlar marshi", "Quvnoq sha-mol haqida qoʻshiq" va boshqalar), qoʻshiq — vals ("Maktab valsi", "Vals kechasi") va boshqalar D. ga bagʻishlangan "Dunayevskiy ohanglari" nomli film ishlangan (1963). Oʻgʻli Maksim D. (1945, Moskva) — otasi anʼanalari davomchisi, "Yemelyaning baxti" (1975), "Kapitan Grant bolalari" (1987) kabi myuzikllar, 30 dan ortik, filmlar ("Xayr, Meri Poppinz", "Uch mushketyor" va boshqalar)ga esda qolarli musiqalar yaratgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil