Elista

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shaxmaty2.jpg

Elista (1944-1957 yillarda Stepnoy) — Rossiya Federatsiyasi Qalmoq Respublikasidagi shahar, respublika poytaxti, temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 103,9 ming kishi (2002). Elistaga 1865 yilda asos solingan. Qurilish materiallari (temirbeton buyumlar, keramzit zavodlari, qurilish materiallari kti), yengil (tikuvchilik va trikotaj fabrikalari), yogʻochsozlik (mebel fabrikasi va boshqalar), oziq-ovqat (goʻsht kombinati va boshqalar) sanoatlari korxonalari ishlab turibdi. "Xolodilnik" zavodi faoliyat koʻrsatadi. Universitet, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi, kartinalar galereyasi bor.