Vitaliy Zaxarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitaliy Georgiyevich Zaxarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Tavallud sanasi 1967-yil 18-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona viloyati
Boʻyi 180 sm
Vazni 70 kg
Sport
Qaysi sport qilichbozlik
Klubi (qaysi klub)
Murabbiy(lar)i Aleksand Goppe, Anatoliy Novikov
Medallar
2002-yilgi jahon chempionatida bronza medal, Lissabon
2003-yilgi jahon chempionatida bronza medal, Gavana
1998-yilgi Yevropa chempionatida bronza medal Plovdiv
2001-yilgi Yevropa chempionatida oltin medal Koblenz

Vitaliy Georgiyevich Zaxarov (belaruscha: Віталь Георгіевіч Захараў) — belaruslik qilichboz, Yevropa chempioni (2001), ikki karra jahon chempionati sovrindori (2002, 2003), ikki karra Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (1996, 2000)[1]. Belarusiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2003).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vitaliy Zaxarov 1967-yil 18-dekabrda Farg‘onada tavallud topgan. 1987-yilda Minskka koʻchib oʻtgan.

Sportchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

16 yoshida qilichbozlik bilan shugʻullanishni boshlaydi[2]. Birinchi murabbiyi — Aleksandr Goppe. Jahon Kubrasi finalchisi[2], 1996-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori[2]. 1999-yildan boshlab Anatoliy Novikov rahbarligida sport faoliyatini davom ettiradi.

Vitaliy Zaxarov oʻzining eng muhim yutuqlariga 2000-yillarning boshlarida erishgan. 2001-yilda Koblenz shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi va finalda italiyalik Paolo Milanolini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritadi. Ushbu muvaffaqiyati tufayli Zaxarov Yevropa chempioni boʻlgan birinchi belarus qilichbozi sifatida oʻz nomini tarixga muxrlaydi. 2002 va 2003-yillarda oʻtkazilgan jahon chempionatlarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sport faoliyatini yakunlagandan soʻng, Vitaliy Zaxarov murabbiylik faoliyatini boshlaydi. Hozirda Respublika olimpiya zaxiralari tayyorlash markazida zamonaviy beshkurash bo‘yicha murabbiy sifatida ish olib boradi.

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaxarovning soʻzlariga koʻra qilishbozlikda sportchi koʻp qirrali boʻlishi, raqib tomondan beriladigan barcha zarbalarga tayyor turishi kerak. Vitaliy Zaxarov oʻyinda eng koʻp amalga oshiradigan oʻziga xos uslublardan biri — „flesh“ zarbasidir. Bunda sportchi qilichi bilan toʻsatdan oldinga intiladi va raqibiga tezkor zarba berib, uni noqulay ahvolga solib qoʻyadi. Bu zarbaga qarshi raqib qanday yoʻl tutishidan qatʼi nazar, aksariyat hollarda Zaxarovning ushbu uslubi hamisha unga ochko olib kelgan.

Sport faoliyati davomida Zaxarovning eng kuchli jangi jahon chempionatining bronza medali uchun vengriyalik sportchi bilan kechgan bahslarda boʻlgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Vitaly Zakharov Olympic Results“. sports-reference.com. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 Кислицына Т. Виталий Захаров: Один за всех и все на одного // Спортивная панорама. — 1996. — 19 noyabr (Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.
  3. [https://www.pressball.by/articles/summer/fencing/7315 „Стрела Виталия Захарова Читать полностью: https://www.pressball.by/articles/summer/fencing/7315“]. 2021-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]