Viktor Raskov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Viktorovich Raskov
Tavalludi 1984-yil 8-may
Fuqaroligi Ukraina
Kasbi futbolchi
Boʻyi 1.82 m

Viktor Viktorovich Raskov (ukraincha: Віктор Вікторович Расков; 1984-yil 8-may, Odessa, Ukraina) — ukrainalik futbolchi va funksioner, oʻyindagi vazifasi — hujumchi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Raskov Odessaning „Chernomorets“ va Donetskning „Shaxtyor“ klublari oʻyinchisi sifatida yoshlar chempionati jamoasi safini himoya qilgan.

Raskov futboldagi karyerasini 2001-yilning yozida „Mashinostroitel“ (Drujkivka) jamoasi safida ikkinchi liga oʻyinlarida boshlagan. Keyinchalik futbolchi Odessaning ikkinchi „Chernomorets“ jamoasida, havaskor hamoa „Signal“ klubi safida (Odessa), shuningdek, ikkinchi liga oʻyinlarini Ovidiopolning „Dnestr“ va Xarkovning „Arsenal“ jamoalarida oʻynaydi. 2006-yilning yozida Raskov Dneprodzerjinskning „Stal“ klubiga koʻchib oʻtadi.

2006—2007-yilgi mavsumning qishki transfer oynasida futbolchi bitta oʻyin oʻtkazganidan soʻng, xorijga joʻnab ketadi va u yerda Litvaning „Shyaulyay“ klubi bilan shartnoma imzolaydi[1].

2009-yil boshida esa Raskov „Shyaulyay“ klubini „Kruoja“ga oʻzgartiradi[2] va oʻsha yilning yozida yana klubni Polshaning „Pogon“ (Siedlse) jamoasiga almashtiradi.

Olti oydan soʻng Raskov yana „Shyaulyay“ klubiga qaytadi va klub safida raqib darvozasiga umumiy hisobda sakkizta gol urgan holda jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylanadi[3].

2010—2011-yilgi Yevropa ligasida Raskov Krakovning „Visla“ klubiga qarshi oʻyin oʻtkazadi[4][5]. 2011-yilning yozida esa Ukrainaga qaytib keladi va Xarkovning „Gelios“ klubi bilan shartnoma imzolaydi[6].

2013-yilda futbolchi Kramatorskning „Avangard“ jamoasiga koʻchib oʻtadi[7][8].

2014-yilda esa „Andijon“ jamoasi tarkibida O‘zbekiston Oliy ligasi oʻyinlarida ishtirok etadi, biroq tez orada yana Ukrainaga qaytib, mavsumning qolgan qismini Odessaning „Real Farm“ jamoasida o‘tkazadi[9].

Raskov 2016-yil iyul oyidan 2017-yil martiga qadar „Jemchujina“ klubida adminstrator boʻlib faoliyat olib boradi.

2017-yilning bahorida mavsum davomida Kanada futbol ligasi doirasidagi oʻyinlarda[10] „Vorkuta“ (Toronto) jamoasi tarkibidan ishtirok etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Woile, Dennis Grebasch, Michael „KFK Siauliai 2007“ (en). en.eufo.de. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  2. Woile, Dennis Grebasch, Michael „FK Kruoja 2009“ (en). en.eufo.de. 2017-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  3. Woile, Dennis Grebasch, Michael „FK Siauliai 2010“ (en). en.eufo.de. 2017-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  4. uefa.com „UEFA Europa League 2010/11 - History - Šiauliai-Wisła – UEFA.com“ (en). Uefa.com. 2015-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  5. uefa.com „UEFA Europa League 2010/11 - History - Wisła-Šiauliai – UEFA.com“ (en). Uefa.com. 2017-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  6. „UA-Футбол. Склад «Геліоса» поповнили шість футболістів“. 2011-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  7. „Віктор Расков: «Ми завжди граємо на перемогу». ФК "Геліос" Харків“. www.gelios.ua. 2017-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  8. „«Авангард». Кадрові новини-2013 14. Артур Гущин, Віктор Расков — Офіційний сайт ФК "Авангард" Краматорськ“ (ru). fc-avangard.com.ua. 2017-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  9. „ГВАРДІЙЦІ «РЕАЛ ФАРМА». Офіційний сайт ФК "Реал Фарма"“ (ru). real-farma.com.ua. 2017-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  10. „FC Vorkuta  » Roster“ (en). www.fcvorkuta.com. 2017-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]