Viktor Mahmudov
| Viktor Vladimirovich Mahmudov | |
|---|---|
ruscha: Виктор Владимирович Махмудов | |
|
| |
| Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi | |
|
Mansab davri 2020-yil 14-avgustdan | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Otabek Umarov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi | |
|
Mansab davri 2013-yildan | |
| Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Bahodir Toshmatov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1968-yil 20-sentyabr Toshkent |
| Mukofotlari |
|
| Xizmat yillari | 1986-yildan |
| Unvoni | General-leytenant |
Viktor Vladimirovich Mahmudov (ruscha: Виктор Владимирович Махмудов) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi boʻlgan oʻzbek harbiy rahbari va xavfsizlik xizmati xodimi[1]. Bu lavozimga 2013-yil 21-sentyabrda tayinlangan[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1968-yilda harbiylar oilasida tug‘ilgan[3]. Uning otasi Vladimir Mahmudov (general) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i bo‘lgan[4]. Uning bobosi Nosir Mahmudov O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan[5][6].
Viktor Mahmudov 1990-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan. 2008-yil 9-oktyabrdan 2010-yil 9-iyungacha Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni boʻlgan[7]. 2010-2013-yillarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh shtab boshligʻi lavozimlarida ishlagan[8][9]. 2013-yilda Birinchi Prezident Islom Karimov Farmoni bilan Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan.
2015-yil 14-yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.
2020-yil 14-avgustda Otabek Umarov oʻrniga O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi etib saylandi[10][11][12].
2002-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan[13].
2026-yil 22-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Руководство“. president.uz. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „В Узбекистане назначен новый глава Совбеза“. russian.people.com.cn. 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-may.
- ↑ „Президент Узбекистана произвел ряд кадровых назначений“ (ru). Trend.Az (2013-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „Махмудов Владимир Насырович | Tsentr voenno-politicheskix issledovaniy“. eurasian-defence.ru. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ „Генерала сменили на генерала“ (ru-RU). UzMetronom.com (2013-yil 21-sentyabr). 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „МАХМУДОВ Насыр | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „Toshkent harbiy okrugi tarixi“. 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-yanvar.
- ↑ „Главный телохранитель президента Узбекистана назначен заместителем председателя Совета безопасности“. Радио Озодлик.
- ↑ „Oʻzbekistonda xavfsizlik uchun mas'ul rahbarlar oʻzgartirilgan“. BBC News Oʻzbek (2013-yil 23-sentyabr).
- ↑ „Федерацию триатлона возглавил секретарь Совбеза, Ассоциацию MMA — министр обороны“ (ru-UZ). Газета.uz (2020-yil 14-avgust). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „В Федерации триатлона и Ассоциации ММА состоялись новые назначения“. Курсив - деловые новости Узбекистана. 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-yanvar.
- ↑ „Спортивные федерации“.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўн бир йиллиги муносабати билан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари, Мудофаа ва Фавқулодда вазиятлар вазирликлари, Давлат чегараларини ҳимоя қилувчи қўмитаси ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. LexUz.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“.