Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Mahmudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Nosirovich Mahmudov
ruscha: Владимир Насырович Махмудов
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshligʻi
Mansab davri
1995-yildan – 2000-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-oktyabr 1944-yil
Samarqand
Vafoti 26-fevral 2005-yil(2005-02-26)
(60 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1963-2000
Unvoni General-leytenant

Vladimir Nosirovich Mahmudov (ruscha: Владимир Насырович Махмудов) — 1995-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshligʻi[1][2]. General-leytenant.

Uning otasi Nosir Mahmudov O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan[3][4][5][6][7]. Uning oʻgʻli Viktor Mahmudov 2013-yilda Birinchi Prezident Islom Karimov Farmoni bilan Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan[8][9].

1944-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan.

1963-yildan SSRI Qurolli Kuchlarida.

1967-yilda V. I. Lenin nomidagi Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan.

1967-1970-yillarda kursant vzvodi komandiri.

1970-yildan 1975-yilgacha — Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtida kadetlar rotasi komandiri.

1978-yilda M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan.

1979-yil dekabr oyida Sovet qoʻshinlarining Afgʻoniston hududiga bostirib kirishida ishtirok etgan. 1979-yil dekabrdan 1981-yil dekabrigacha 51932-harbiy qism (108-motooʻqchi diviziyasining 181-motooʻqchi polki) komandiri lavozimida xizmat qilgan.

Ashxobod shahridagi korpus komandirining oʻrinbosari boʻlgan.

1989-1992-yillarda O‘zbekiston SSR harbiy komissari boʻlgan.

1992-yildan 1995-yil yanvarigacha — Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti boshligʻi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshligʻi, mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2005-yil 26-fevralda vafot etgan.

  1. „Руководство“. president.uz. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  2. „В Узбекистане назначен новый глава Совбеза“. russian.people.com.cn. Qaraldi: 2020-yil 25-may.
  3. „Генерала сменили на генерала“ (ru-RU). UzMetronom.com (2013-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  4. „МАХМУДОВ Насыр | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  5. „Президент Узбекистана произвел ряд кадровых назначений“ (ru). Trend.Az (2013-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  6. „Махмудов Владимир Насырович | Tsentr voenno-politicheskix issledovaniy“. eurasian-defence.ru. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
  7. „O'zbekistonda xavfsizlik uchun mas'ul rahbarlar o'zgartirilgan“. BBC News O'zbek (2013-yil 23-sentyabr).
  8. „Генерала сменили на генерала“ (ru-RU). UzMetronom.com (2013-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  9. „МАХМУДОВ Насыр | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.