Vikipediya munozarasi:WikiStipendiya marafoni

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

WikiStipendiya[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum aka 2 kundan beri maqola yozman lekin hali nol bal qoyyabszlar nimaga buni orasida ozim shaxsan yozib jurnallarda chiqargan moqolalarim ham bor lekin szlardan bal berishda nol bolyabdi. yoki marafon sotilganmi halollik yoqmi Alibek Xamroyev (munozara) 09:41, 25-May 2022 (UTC)[javob berish]

Salom, birovning munozara sahifasiga yozganda yangi nom bilan matn qoʻshiladi. Nima deb yozganingizga unchalik ham tushunmadim toʻgʻrisi. Sizning qachon maqolaga 0 ball qoʻyilishidan xabaringiz bormi oʻzi? Siz halollik haqida biror gap yozishdan oldin, Vikipediyani oʻrganish boʻyicha eʼlon qilingan videodarslar bilan tanishib chiqdingizmi? Marafon qoidalari va maqolalarni baholash tartibi sahifalariga kirib, u yerda yozilgan gaplarni oʻqidingizmi? Nima sababdan 2013-yilda yaratilgan maqola nomini boshqacha yozib yangi maqola yaratyapsiz? Nima uchun Vikipediyada mustaqil tadqiqotlar qilyapsiz? Nima sababdan mualliflik huquqlarini yaqqol buzib maqola yaratyapsiz yoki umuman manbalarni koʻrsatmayapsiz? Oʻzingiz «shaxsan yozib jurnallarda chiqargan» maqolalaringiz boʻyicha telegram chatda tajribali Vikichilarga murojaat qiling. — Kagansky (munozara) 10:45, 25-May 2022 (UTC)[javob berish]

Betaraflik bo'yicha savol[manbasini tahrirlash]

Fountainda "muhtasham" so'zi borasida savol berilib, menyozgan Oʻzbekiston anjumanlar saroyi maqolam betarafligi shubha ostiga olingan ekan. Batafsil ma'lumot uchun maqola munozarasini ko'ring deyilgan. Ammo u yerda hech qanday ma'lumot yo'q. To'g'risi munozara sahifasi orqali oldin muloqot qilmaganman. Balki nimanidir tushunmagandirman. "muhtasham" so'zi "грандиозный", "ulkan" ma'nosida ishlatilgan. Va Toshkent Ensiklopediyasida shunday berilgan. Betaraflik haqidagi belgini qanday olib tashlasa bo'ladi. Oldindan rahmat!--Islomov2 (munozara) 08:29, 27-May 2022 (UTC)[javob berish]

  • Salom! Avvalambor Vikipediyadagi foydali tahriringiz uchun tashakkur. Iddao manba bilan tasdiqlanmagan edi. Ensiklopediyadan topib koʻrdim. Rahmat sizga. Andoza maqoladan olib tashlandi. Fountaindan izoh oʻchirildi. — Kagansky (munozara) 09:53, 27-May 2022 (UTC)[javob berish]

Marafon ishtirokchilari ro‘yhati haqida[manbasini tahrirlash]

Saytda keltirilgan ishtirokchilar ro‘yxatiga o‘z nomimizni qayd etishimiz kerakmi yoki "Fountain"ga maqola kiritgach avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanamizmi? Rashidova Mahliyo (munozara) 11:56, 24-May 2022 (UTC)[javob berish]

Sobiq va hozirgi administratorlar ishtiroki borasida[manbasini tahrirlash]

Hormanglar! VikiStipendiya marafonimizga ayrim tuzatishlarni kiritishni taklif qilaman. Marafonning asosiy vazifasi Vikipediyadagi kontent koʻlami va sifatini oshirish. Shu bilan birga, oʻzbekcha Vikipediyadagi faol foydalanuvchilar sonini oshirish. Bunday keng koʻlamda ilk marotaba marafon oʻtkazayotganimiz uchun ayrim masalalarni oldindan koʻrib, bila olmadik.

Bunday masalalardan biri — marafonda administratorlarning ishtiroki. Norasmiy tarzda deyarli barcha administratorimiz (birinchi navbatda hakamlik qilishga rozi boʻlishgani uchun) marafonda bellashishdan (qatnashishdan emas, aynan mukofot olish yoʻlida bellashishdan) bosh tortishdi. Ammo sobiq administratorlarimizdan biri marafonda faol qatnashib, eng yuqori uchtalikda bormoqda. Men yangilarga adolatsizlik boʻlmasligi uchun, sobiq va hozirgi administratorlar marafonda taqdirlanishini man etishni taklif qilaman. Qolaversa, marafonda oldinda borayotgan sobiq administratorimizga hakamlik qilishni taklif qilganimizda, ayni damda Vikipediyaga hissa qoʻshish imkoniyati yoʻq ekanligini aytib, bosh tortgan edi. Hozir esa faol maqola yaratmoqda. Yaʼni, hakamlik qilishni istamagan shaxs faol maqola yaratishga qaror qilgani naqadar toʻgʻri ekanligi haqida savol tugʻiladi.

Shu oʻrinda aytish joizki, hakamlar bemalol maqola yaratishlari, Fountainga kiritishlari mumkin. Shunchaki ayrim administratorlar maqolalari 0 ball olib, ayrimlariniki yuqori ball olayotganini oʻzi muammoli. Bu taklif borasida fikr va takliflaringizni kutib qolaman. Nataev munozara 11:33, 6-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

 Roziman — Taklifga toʻliq qoʻshilaman! Jamshid Nurqul (munozara) 11:49, 6-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
 Roziman — taklifga qoʻshilaman. Agar qatnashishim kimgadir (yangi foydalanuvchilarga) noqulayliklar keltirib chiqarayotgan boʻlsa, adolatsizlik deb oʻylasangiz, beriladigan pul mukofotidan voz kechaman. :) FreetimeeditorII (munozara) 06:36, 7-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
 Roziman — Taklifga toʻliq qoʻshilaman! Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:40, 7-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
 Roziman — Taklifga qoʻshilaman. Adminlar hakamlik qilish yoki qilmaslikni tanlashlari mumkin. Boshqa tarafdan ular yangi foydalanuvchi boʻlib kirib ham qatnashishlari mumkin edi, bunga hech kim etiroz bildirolmagan boʻlardi. Xozirgi top 3talikdaxam adminlar boʻlsa ham qarshi boʻlmas edim, ular hohlashsa mukofot pulidan voz kechishlari mumkin, yangi foydalanuvchilar ularni oʻrnilariga koʻtarilishi uchun. Shuningdek yangi foydalanuvchilar kamida vikipediyaga maʼlumot qoʻshib insoniyatga begʻaraz hissalarini qoʻshishgani uchun oʻzlaridan faxrlanishlari mumkin boʻladi. ;) VikiYoz (munozara) 08:17, 7-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
 Roziman — Geolog07 (munozara) 07:47, 7-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
 Roziman — Umarxon III (munozara) 10:36, 7-Iyun 2022 (UTC).[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

 Qarshiman. Nodirbek Yo'lchiyev1987 (munozara) 07:41, 7-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Betarflar[manbasini tahrirlash]

 Betarafman Begimgul (munozara) 08:00, 7-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Koʻrib turganingizdek, koʻpchilik qoʻlladi. Demak, marafonda sobiq hamda amaldagi administratorlar mukofot uchun bellasha olmaydi, yangi hisob yaratgan boʻlsa ham. Nataev munozara 12:06, 7-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Fountainga kiritilgan maqolaning manbalariga qo'yilgan talab bo'yicha savol[manbasini tahrirlash]

Assalomu aleykum hurmatli @Kagansky!

Fountainga kiritilgan Parseval ayniyati va Matematik obyekt maqolalariga "Maqolada kamida 2 ta nufuzli manba bo'lishi shart" izohi bilan 0 ball qo'yilgan. Har ikkala maqolada Oxford va Cambridge kabi Universitetlarning nashriyotlarida chiqarilgan adabiyotlardan manbalar keltirilgan. Shuning uchun bu izohni tushunmadim.

Manbalarida kamchiliklar mavjud bo'lgan (tarjima) maqolalar ham bor. Ularga nega 0 ball qo'yilganligini tushundim. Lekin yuqoridagi ikki maqolada nufuzli manbalar yetarlicha keltirilgan. Balki anglashilmovchilik bo'lgandir.

Bu masalaga qisqacha izoh bersangiz xursand bo'lardim.

Ehtirom bilan, Safar Uzb Safar uzb (munozara) 21:22, 10-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Salom! @Safar uzb:, manbalar bu tarzda koʻrsatilmaydi. Ular iddaolardan keyin koʻrsatiladi. mana bu videodars bilan tanishib chiqishingiz mumkin. — Kagansky (munozara) 06:12, 11-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Maqolani baholash[manbasini tahrirlash]

Assalomu aleykum Kagansky maqollaga nega past ball qoyganizni kichik bolsada sharh yozib ketsay yaxshi bolardi Geolog07 (munozara) 09:52, 11-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Vaalaykum assalom! @Geolog07:, birinchidan, hakamlar har bir ballagan maqolasiga izoh yozishga majbur emas. Ikkinchidan, maqolalaringizga berilgan ballar Baholash tartibiga asosan qoʻyilgan. Bu yerdagi eʼtirozingiz oʻrinsiz. — Kagansky (munozara) 10:21, 11-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Manbalar va ref andozasi[manbasini tahrirlash]

Assalomu aleykum hurmatli @Kagansky. Manbalar boʻlimida ref andozali manbalar qoldirmaslik haqida qisqa boʻlsa ham maʼlumot bera olasizmi? Klis qamali va Krbava maydon jangi maqolalari uchun shunday izoh qoldirgan ekansiz. Qaytadan tekshirib chiqdim va aynan nimani nazarda tutganingizni tushunmadim. Keyingi maqolalarda bu xatoni qilmaslik uchun foydali boʻlar edi. Oldindan rahmat! Hurmat bilan, Safar uzb (munozara) 14:18, 18-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Salom, @Safar uzb:. Siz iddaolardan soʻng koʻrsatiladigan ref andozalarini Manbalar boʻlimida ham koʻrsatyapsiz. Bunday qilinmaydi. Batafsil maʼlumot olish uchun https://t.me/uzwikichat telegram chatiga murojaat qilishingiz mumkin. — Kagansky (munozara) 15:12, 18-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum aka. Luis Advíncula maqolamda yillardan oldin tire qoʻyiladi debsiz. Man qoʻyib chiqqan edim. Siz shu sabab ikkita maqolamga 1 ball beribsiz. Shuni qayta koʻrib chiqing iltimos aka...@Kagansky Gaffarov737 (munozara) 17:50, 30-Oktabr 2022 (UTC)

@Gaffarov737:, baholashga doir munozarani foydalanuvchiga ping qilib mana shu yerda yozing. — Kagansky (munozarasi) 17:53, 30-Oktabr 2022 (UTC)
Ballagan maqolalarimni qayta koʻrib chiqishimga haqqim yoʻq. Yillar orasiga qoʻyilishi kerak boʻlgan bir dunyo tirelarga kelsak, ularni hali ham koʻrsatmagansiz. — Kagansky (munozarasi) 18:01, 30-Oktabr 2022 (UTC)
@Kagansky toʻgʻirlab chiqilgan aka. Enzo Roco maqolasiga ham xuddi shunaqa degansiz. Yana bir koʻrib shunga munosabat bildiring aka. Qayta ball bermasez ham xato yoʻq ekanligini bir marta koʻrib bering. Gaffarov737 (munozara) 18:09, 30-Oktabr 2022 (UTC)
Men koʻrib chiqmasdan foydalanuvchiga javob qaytarmayman. Yana qaytaraman, yillar orasiga tire (—) qoʻyiladi. Xoh u bilgiqutida boʻlsin, xoh u jadval ichida boʻlsin. Sizdan keyin kim bularni tuzatib chiqadi? — Kagansky (munozarasi) 18:16, 30-Oktabr 2022 (UTC)
Manga nisbatan qandaydir shaxsiy adovatingiz bormi aka? Tire qoʻyish kerak deb uslubiy orfografik xato deb ballni pastlatib tashlayabsiz. @Kagansky Gaffarov737 (munozara) 18:35, 30-Oktabr 2022 (UTC)
Qiziq gap boʻldi-ku. Hammasi joyidami? Tinchlikmi? Sizning ishingiz jiddiy qayta koʻrib chiqish/qayta koʻrib chiqishni talab qiladigan boshqa kamchiliklar degan bandga sip-silliq toʻgʻri keladi. Yillar orasiga tire qoʻyiladi. Sizdan keyin bularni kimdir tuzatib chiqishi kerakmi? — Kagansky (munozarasi) 19:14, 30-Oktabr 2022 (UTC)
Xop uzr aka unaqada, faqat unda manga xatolarimni tuzatib chiqish uchun vaqt berib, baholamey turin aka iltimos.@Kagansky :::Gaffarov737 (munozara) 18:23, 30-Oktabr 2022 (UTC)
Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/Baholash tartibi. Shu yerda Diqqat degan joyidan boshlab oʻqib koʻringda. — Kagansky (munozarasi) 22:42, 30-Oktabr 2022 (UTC)