Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/Baholash tartibi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BOSH SAHIFA TELEGRAM YOUTUBE


Baholash tartibi
  • Hakamlar tomonidan faqatgina Fountainga kiritilgan maqolalar baholanadi.
  • Hakamlar, tashkilotchilar, sobiq hamda amaldagi administratorlar tomonidan yaratilgan va Fountainga kiritilmagan maqolalar 0 ballga baholanadi.
  • Marafon talablariga javob beradigan har bir tanlov maqolasi 1 ballga baholanadi.
  • Hakamlar maqola sifatini hisobga olib, ulardan har birini qoʻshimcha ball bilan taqdirlash huquqiga ega:
    • Mustaqil yaratilgan va nufuzli manba va adabiyotlarga tayangan maqolalar (masalan, boshqa vikilardan butunligicha yoki qisman tarjima qilingan va qoʻshimcha maʼlumot kiritilmagan maqolalar mustaqil yaratilgan hisoblanmaydi);
    • Murakkab uslubda rasmiylashtirilgan maqolalar (toʻgʻri ishlatilgan andoza, nufuzli manbalar va adabiyotlar, toʻgʻri tanlangan turkumlar, Vikimaʼlumotlar bandi, suratlar va umuman ularning murakkab kombinatsiyasini hisobga olgan holda);
    • Maqola mavzusiga bogʻliq matnning katta hajmi uchun;
    • Maqoladan umumiy ajoyib taassurot, rasmiylashtirishdagi novatorlik yoki maqolaga yaxshi/tanlangan statusiga yarasha (yoki, ularga yaqin holatda, maqola tarkibi iloji boricha toʻliq ochib berilgan holda) rasmiylashtirilgani uchun.
  • Agar uslubiy, orfografik xatolar, tarjimaning yomonligi va jiddiy qayta koʻrib chiqish/qayta koʻrib chiqishni talab qiladigan boshqa kamchiliklar boʻlsa, hakamlar hay’ati 1 ballga pasaytirish huquqiga ega.

Shunday qilib, har bir maqola 0 dan 5 ballgacha baholanishi mumkin. Agar maqola bir necha hakamlar tomonidan baholangan boʻlsa, natijada olingan baho barcha ballarning oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida aniqlanadi.

Bir maqolani kamida nechta hakam baholashi kerak? Bir maqolani kamida bir hakam baholashi kerak. Agar ikki yoki undan oshiq hakam bergan ballar oʻrtasidagi farq 1 ball boʻlsa, berilgan ballarning oʻrtachasi olinadi. Agar hakamlar bergan ballar oʻrtasida 1 balldan katta farq boʻlsa, hakamlar muhokama qilib, ballar oʻrtasidagi farqni 1 balldan oshmaydigan qilib oʻzgartiradilar.

Diqqat! Noldan yaratgan yoki tarjima qilib yaratgan maqolangizni Fountainga qoʻshishdan oldin yakuniy holatga keltiring! Fountainga kiritganingizdan keyin qilgan tahrirlaringiz hisobga olinmaydi.