Sevilla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sevilla
Shahar
Skyline of Sevilla
Sevilla
Bayroq
Sevilla
Gerb
37°23′0″N 5°59′0″W / 37.38333°N 5.98333°W / 37.38333; -5.98333Koordinatalari: 37°23′0″N 5°59′0″W / 37.38333°N 5.98333°W / 37.38333; -5.98333
Mamlakat Ispaniya
Avtonom jamoat Andalusiya
Provinsiya Sevilla
komarka Metropolitana de Sevilla
Hukumat
Maydon 14,131 km2 (5,456 mi²)
Markazi balandligi 12 m
Aholisi
 (2009)
703 206
Zichligi 4984,88 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi (+34) 95*
Pochta indeks(lar)i 410**
Sevilla xaritada
Sevilla
Sevilla

Sevilya — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyati va Sevilya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 702 ming kishi (1998). Gvadalkvivir daryosi boʻyidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, kemasozlik va aviasozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo va neft kimyosi sanoatlari korxonalari mavjud. Arxeologiya, nafis sanʼat muzeylari, universitet (1502) bor.

Sevilla qadimda Gispalis deb atalgan. 3-asrda rimliklar, 712 yilda arablar bosib olgan. 1248 yilda Kastiliya va Leon qirolligiga qoʻshilgan. 15-asrda Sdan Kolumbning 1ekspeditsiyasi yoʻlga chiqqan. 15—17-asrlarda S. Yevropada eng yirik savdo shaharlaridan edi. Meʼmoriy yodgorliklaridan AlQasr saroyi (12-asr oxiri), gotika cherkovi (13—14-asrlar), kafedrali sobor (sobiq Jome masjidi), "La Xiralda" qoʻngʻiroqxonasi (12, 16-asrlar) va boshqa saqlangan.[1]

Sevilla Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Sevilla provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 141,31 km2. Aholisi – 703 206 kishi (2009).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil