Vengriya parlamenti binosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vengriya Parlamenti binosi
Országház
Umumiy maʼlumot
Turi Parlament
Meʼmoriy uslubi Neogotika, Barokko, Uyg'onish davri arxitekturasi
Joylashuvi Budapesht, Vengriya
Koordinatalar 47°30′25″N 19°02′44″E / 47.50694°N 19.04556°E / 47.50694; 19.04556 G OKoordinatalari: 47°30′25″N 19°02′44″E / 47.50694°N 19.04556°E / 47.50694; 19.04556 G O
Qurilishi boshlangan 1885
Qurilishi tugagan 1904
Balandligi 96 m (315 ft)
Oʻlchamlari
Boshqa oʻlchamlari Width: 123 m (404 ft)
Length: 268 m (879 ft)
Texnik holati
Qavatlar soni 4
Binoning ichki maydoni 18,000 m2 (193,800 kv. ft)
Liftlar soni 13
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Imre Steindl
Vebsayt
www.latogatokozpont.parlament.hu
Manbalar
[1][2][3][4]
Vengriya parlamenti binosi

Vengriya parlament binosi (veng.: Országház [ˈorsaːkhaːz], lugʻaviy maʼnosi „Mamlakat uyi“ yoki „Millat uyi“) – Budapesht parlamenti sifatida ham tanilgan. Bino Vengriya Milliy Assambleyasining qarorgohi, Vengriyaning diqqatga sazovor joylaridan biri va Budapeshtdagi mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi. U Dunayning sharqiy qirgʻogʻida, shaharning Pest tomonidagi Kossuth maydonida joylashgan. Parlament binosi vengriyalik meʼmor Imre Steindl tomonidan neogotik uslubda loyihalashtirilgan va 1902-yilda ishga tushirilgan[5]. Qurib bitkazilganidan buyon bu bino Vengriyadagi eng katta bino boʻlib kelmoqda[6].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parlament binosi 1905-yilda

Budapesht shahri 1873-yilda uchta shahar: Buda, Obuda va Peshtning birlashuvidan hosil boʻldi[7]. Oradan yetti yil oʻtgach, Vengriya Parlamenti xalq suverenitetini ifodalovchi yangi, vakillik parlamenti binosini tashkil etishga qaror qildi. Bino Dunay daryosiga qaragan boʻlishi rejalashtirilgan edi. Bino loyihasini shakllantirish uchun meʼmorlar oʻrtasida xalqaro musobaqa oʻtkazildi va bunda Imre Steindl gʻolib boʻldi[8]; musobaqadagi yana ikkita raqobatchining loyihalari keyinchalik Budapesht Etnografiya muzeyi va Vengriya Qishloq xoʻjaligi vazirligi koʻrinishida amalga oshirildi va bu ikkala bino ham parlament binosiga qaratib qurildi. Steindlning taklifi tanlanganining sabablaridan biri shunda ediki, uning neo-gotik uslubdagi rejalari Londondagi Westminster saroyiga juda oʻxshash edi. 19-asrdagi vengriyaning yetakchi siyosatchilari mamlakatning yangi parlament binosi Gʻarbiy Yevropaga, xususan, Vengriya islohotchilari siyosiy namuna sifatida qaraydigan Buyuk Britaniyaga boʻlgan sadoqatini ifodalashini juda muhim deb topdilar. Musobaqada gʻalaba qozongan bino loyihasi boʻyicha qurilish 1885-yilda boshlangan va bino 1896-yilda mamlakatning taxminiy 1000 yilligida ochilgan. Binoning kalitlari 1902-yilda topshirildi[9], Biroq, u 1904-yilga qadar toʻliq qurib bitkazilmagan edi[10]. Binoning meʼmori dastlab koʻr boʻlib qoldi, keyin esa bino qurilishi tugamasdan vafot etdi.

40 million gʻisht, yarim million qimmatbaho toshlar va 40 kg (88 lb) oltin ishlatilgan bino qurilishida 100 mingga yaqin odam qatnashdi. Ikkinchi jahon urushi davrida qonun chiqaruvchi organ bir palatali boʻldi va bugungi kunda hukumat binoning faqat kichik bir qismidan foydalanadi. Vengriya Xalq Respublikasi davrida bino gumbazi tepasida qizil yulduz joylashgan edi, ammo u 1990-yilda kommunizm qulagandan keyin olib tashlandi. Mátyás Szűrös 1989-yil 23-oktyabrda binoning Kossuth Lajos maydoniga qaragan balkonidan Vengriya Respublikasi tashkil topganligini eʼlon qildi[11].

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vengriya parlament binosi hovli tomonining tungi koʻrinishi.

Parlament binosi neogotika uslubida qurilgan; nosimmetrik fasad va markaziy gumbazga ega. Bino gumbazi Uygʻonish davri arxitekturasi] namunasidir[12]. Parlament ham asosan ichki tomondan simmetrik boʻlib, binoning qarama-qarshi tomonlarida ikkita bir xil parlament zallari joylashgan. Ikki zaldan biri bugungi kunda Vengriya Milliy Assambleyasi sessiyalari uchun, ikkinchisi marosimlar, konferensiyalar va ekskursiyalar uchun ishlatiladi. Binoning uzunligi 268 m (879 ft), kengligi esa 123 m (404 ft) ni tashkil qiladi. Uning ichki qismi 10 ta hovli, 13 ta yoʻlovchi va yuk liftlari, 27 ta darvoza, 29 ta zinapoya va 691 ta xonalarni (200 dan ortigʻi ofislar) oʻz ichiga oladi. 96 m (315 ft) balandligi bilan, parlament binosi 2021-yilda MOL kampusi qurib bitkazilgunga qadar Avliyo Stephen cherkovi bilan birga Budapeshtdagi ikkita eng baland binolardan biri boʻlgan. Bino balandligining 96 boʻlishi, 896-yilda Vengriya Qirolligining soʻnggi gʻalabasi va 1896-yilgi milliy ming yillikni anglatadi.

Binoni asosiy fasadi Dunay daryosiga qaraydi, lekin rasmiy asosiy kirish binoning sharqiy tomonidagi maydondan. Ichki va tashqi devorlarida jami 242 ta haykal mavjud. Fasadda Vengriya hukmdorlari, Transilvaniya rahbarlari va mashhur harbiy arboblarning haykallari oʻrnatilgan. Derazalarda qirol va gersoglarning gerblari tasvirlangan. Sharqiy zinapoyaning ikki yon tomonida ikki sher haykallari oʻrnatilgan. Parlamentga kirishda mehmonlar ajoyib bezakli zinapoyalardan koʻtarilishlari, shiftdagi freskalarni koʻrishlari va devor tokchasidagi meʼmor Imre Steindl byusti yonidan oʻtishlari mumkin. Boshqa haykallar orasida Arpad, Stephen I va Jon Hunyadi haykallarini taʼkidlash mumkin. Binoda Miksa Roth tomonidan ishlangan vitraj va shisha mozaikalar mavjud.

Binoning mashhur qismlaridan biri olti burchakli (oʻn olti qirrali) markaziy zal boʻlib, unga yirik palatalar: Quyi va Yuqori palata tutashgan. Hozirgi Milliy Assambleya bir palatali boʻlib, Quyi palatada yigʻiladi, yuqori palata esa konferensiya va majlislar zali sifatida ishlatiladi. Vengriya gerbida ham tasvirlangan Muqaddas Vengriya toji 2000-yildan beri markaziy zalda namoyish etib kelinmoqda. Katta yuzasi va toʻliq qoʻl mehnati tufayli bino deyarli har doim taʼmirlab turiladi.

Kirish yoʻli va qoʻshni binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parlamentga Budapesht metrosining 2-liniyasi va Kossuth Lajos maydoni stantsiyasidan 2-tramvay liniyasi orqali kirish yoʻli mavjud. Binoning sharqiy old tomonida 1956-yilgi Vengriya inqilobiga bagʻishlangan yodgorlik, shuningdek, haybatli Kossuth yodgorligi va Frensis II Rakoczi otliq haykali joylashgan. Attila JozsefningDunay boʻyida“ sheʼrida tasvirlangan oʻtirgan haykali janubiy maysazorda joylashgan. Imre Nagy haykali bilan Kossuth maydoniga yaqin joyda shahidlar maydoni (Vértanúk tere) joylashgan.

Pochta markalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino 1917-1921-yillarda Vengriya tomonidan chiqarilgan 50 dan ortiq pochta markalarida aks ettirilgan. Ulardan baʼzilari: 1917[13], 1919[14], 1920-yil 15-aprel[15] va 1921[16].

Tasvirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pochta markalari tasvirlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Béni, Alexandra. „10+1 things you didn't know about the Hungarian Parliament“. Daily News Hungary (2017-yil 13-iyun). 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  2. „Parliament“. Budapest Info (2024-yil 6-aprel). 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  3. Kay, Nathan. „The secrets and symbols of Hungary's Parliament building“. CNN Travel. CNN (2019-yil 3-yanvar). 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  4. „The House of Parliament“. House of Parliament Visitor Center. Hungarian National Assembly (2024-yil 6-aprel). 2019-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  5. Craig Turp. DK Eyewitness Top 10 Travel Guide: Budapest. Dorling Kindersley Ltd, 2010 — 8–9 bet. ISBN 9781405353076. 2020-yil 24-sentyabrda qaraldi. 
  6. „Parliament“. Budapest Info (2015-yil 4-mart). 2015-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
  7. Buda, Obuda, and Pest (XML), Brill, January 2016. DOI:10.1163/9789004307674_005. ISBN 9789004307674. 2019-yil 22-aprelda qaraldi. 
  8. Craig Turp. DK Eyewitness Top 10 Travel Guide: Budapest. Dorling Kindersley Ltd, 2010 — 8–9 bet. ISBN 9781405353076. 2020-yil 24-sentyabrda qaraldi. 
  9. „Electing Members of the National Assembly - House of the National Assembly - Országgyűlés“ (en-GB). House of the National Assembly. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  10. „Országház építése | egykor.hu“. egykor.hu. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  11. "30 Years of Freedom - Third Time's a Charm: The Hungarian Republic Reborn". Budapest Business Journal. 8 May 2020. Archived from the original on 9 July 2021. https://web.archive.org/web/20210709185139/https://bbj.hu/budapest/culture/history/30-years-of-freedom-third-times-a-charm-the-hungarian-republic-reborn. Qaraldi: 3 August 2021. Vengriya parlamenti binosi]]
  12. Steves, Rick. Rick Steves' Budapest. Avalon Travel Publishing, 2009. ISBN 978-1-59880-217-7. 
  13. „Stamp: Parliament building (Hungary) (Parliament building) Mi:HU 200,Sn:HU 119,Yt:HU 175,AFA:HU 175“. Colnect.com. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.
  14. „Stamp: Parliament building (Hungary) (Parliament building) Mi:HU 253b,Sn:HU 189,Yt:HU 231,AFA:HU 231B“. Colnect.com. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.
  15. „Stamp: Parliament building (Hungary) (Parliament building) Mi:HU 317,Sn:HU 188,Yt:HU 230,AFA:HU 230“. Colnect.com. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.
  16. „Stamp: Parliament Building, triangular punching (Hungary) (Parliament building) Mi:HU 203L“. Colnect.com. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]