Ishtvan I Avliyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ISHTVAN I (Jstvan) Avliyo (taxminan 970-1038) — knyaz (997 y. dan), Vengriya qirolligining 1-qiroli (1000 y. dan). Arpadlar sulolasidan. Mamlakatni qabilaviy boʻlinishini tugatib, maʼmuriyhududiy okruglar — qirollik komitatlari (ishpanlar boshchiligida) ni joriy etgan. 997 y. da Vengriya qirolligida xristianlikni joriy qilgan. 1030 y. da nemis mulkdorlarining bosqinini qaytargan. I. I saroy amaldorlari, jangda mardlik koʻrsatgan harbiy boshliqlar va cherkovga yerlarni boʻlib berib, bu bilan yirik yer egalarining sonini koʻpaytirgan. 1083 y. da I. I cherkov tomonidan avliyolar qatoriga qoʻshilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil