Kontent qismiga oʻtish

Vengriya oʻtloq iloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hungarian meadow viper
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Sinf: Sudralib yuruvchilar
Urugʻ: Vipera
Turlari: ursinii
Binar nomi

(Méhelÿ, 1893)

Vengriya oʻtloq iloni[1][2] (Vipera ursinii rakosiensis ; venger nomi: rákosi vipera), Duna oʻtloqi iloni[3] deb ham ataladi. Bu juda kam uchraydigan zaharli ilon boʻlib, uni asosan Vengriyada uchratish mumkin. Vengriya oʻtloq ilonlari butun Vengriya tekisliklaridagi eng kamyob tur hisoblanadi. Ilk marta 1893-yilda vengriyalik zoolog Lajos Mehelya tomonidan qayd etilgan[4]. 2004-yilda butun Vengriya boʻylab 500 tadan kam tur topilgan[5].

Voyaga yetgan venger oʻtloq ilonlarining uzunligi 50 santimetrdan oshmaydi. Zahar bezlari tanglayda joylashganligi sababli ularning boshlari uchburchak shaklda. Tanasining orqa qism asosan och kulrang yoki somon rangli boʻlishi mumkin. Ilonlar tanasining yon tomonlarida dumaloq belgilar bor. Dumlari qisqa, urgʻochilarda esa oʻtkir ingichka boʻladi[6].

Oʻtloq ilonlari tashqi koʻrinish jihatdan dasht zaharli qora iloniga (Vipera berus), oʻxshaydi, lekin qisqaroq. Erkak va urgʻochi ilonlarning ranglari oʻrtasida hech qanday farq kuzatilmaydi[7].

Ular kunduzgi hayvonlardir. Asosan kaltakesak va chigirtka kabi hashorotlar bilan oziqlanadi. Oktabrdan martgacha yer osti inlarida yashaydilar. Juftlash mavsumi mart oyining oxiridan aprel oyining boshigacha davom etadi. Erkaklar odatda urgʻochilar uchun bir-biri bilan kurashadilar. Urgʻochilar taxminan 4-16 tuxum qoʻyadi, tuxumlar iyul oyining oxirida yorib chiqadi. Tugʻilganda ilonning uzunligi 100-160 millimetr boʻlib, tuxumdan chiqqandan keyin bir necha daqiqada terisini tashlaydi. Birinchi yilida har 4-6 haftada terisi toʻkiladi. Kattalar terisini yiliga uch marta tullaydi[8].

Tarqalishi va yashash joyi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Venger oʻtloq ilonlari odatda tekisliklarda uchraydi. Ilgari Avstriya, Vengriya va Ruminiyaning baʼzi qismlarida ham ichrab turgan. Bugungi kunda ularni Hansag va Dunay-Tissa daryosi oraligʻida, xususan Kiskunsagda kichik guruhlar hosil qilib yashashi mumkin. Kiskunsagda oʻndan kam populyatsiya, Hansagda esa ikkitasi maʼlum[9].

Tabiatda muhofaza qilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vengriya oʻtloq ilonlari populyatsiyasining kamayishi taxminan 300 yil oldin boshlangan deb taxmin qilinadi. Dunay-Tissa oraliqlari ilgari muntazam suv bilan taʼminlangan va kattaroq maydonlar yaylovlar bilan qoplangan. XX asrning oxiriga kelib, bu hududlarda chorva mollari soni kamaydi va ularning oʻrniga ekinlarni etishtirish uchun yaylovlarning katta qismi oʻzlashtirildi. Aytishlaricha, bu jarayon tekislik manzarasini tanib boʻlmas holga keltirgan. Taxminan bir vaqtning oʻzida daryo oraligʻida intensiv suv boshqaruvi amalga oshirildi. Ushbu ekologik oʻzgarishlar turlarning yashash joylarini sezilarli darajada kamaytirdi[10]. XX asrning ikkinchi yarmigacha bu ilonlar qora bozorda sotish uchun ovlangan yoki noqonuniy ravishda yigʻilgan[11].

Bu tur Vengriyada 1974-yildan beri muhofaza qilinadi[12]. Mamlakatning eng katta xavf ostida turgan umurtqali hayvoni boʻlganligi sababli, turga zarar yetkazganlik uchun jarima 1 million vengriya forinti[13].

CONVIPURSRAK loyihasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda Yevropa Komissiyasi LIFE dasturi doirasida CONVIPURSRAK (Karpat havzasida Vengriya oʻtloq ilonini (Vipera ursinii rakosiensis) saqlash) loyihasini boshladi. Loyiha 2012-yilda yakunlandi. Turlar himoya ostida boʻlsa ham, kuzatishlar populyatsiyalar hali ham kamayib borayotganini koʻrsatdi. Loyihaning maqsadi oʻtloqlarni rekonstruksiya qilish va ilonlarni tabiiy yashash joylariga qoʻyib yuborish orqali yashash joylari hajmini oshirish edi[14].

Xabar qilinishicha, loyiha ilon populyatsiyasini va uning yashash muhitini qariyb 400 gektarga oshirishda muvaffaqiyatli natijalarga erishgan. Ilonlarni tutqunlikda koʻpaytirish dasturi ham loyiha tomonidan ilgari surildi[15].

  1. "Member News". Journal of Zoo and Wildlife Medicine 37 (4): 580. December 2006. https://www.jstor.org/stable/20096654. Qaraldi: 19 November 2020. Vengriya oʻtloq iloni]]
  2. Újvári, Beáta; Madsen, Thomas; Kotenko, Tatiana; Olsson, Mats; Shine, Richard; Wittzell, Håkan (May 2002). "Low genetic diversity threatens imminent extinction for the Hungarian meadow viper (Vipera ursinii rakosiensis)". Biological Conservation 105 (1): 127–130. doi:10.1016/S0006-3207(01)00176-8. https://www.researchgate.net/publication/240370306. Qaraldi: 19 November 2020. Vengriya oʻtloq iloni]]
  3. Steward JW (1971). The Snakes of Europe. Cranbury, New Jersey: Associated University Press (Fairleigh Dickinson University Press). ISBN 0-8386-1023-4.
  4. Péchy, Tamás; Vetlényi, Dávid (8 May 1998). "Végveszélyben a rákosi vipera". Élet és Tudomány 53 (19): 595–597. 
  5. Dankovics. „Fajmegőrzési tervek – Rákosi vipera (Vipera ursinii rakosiensis)“. www.termeszetvedelem.hu. Környezetvédelmi és Vízügyi Minisztérium, Természetvédelmi Hivatal. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  6. „Rákosi Vipera“. Magyar Madártani és Természetvédelmi Egyesület (2016-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  7. Fazekas, György. Biológia 1., 3, Budapest: Scolar kiadó, 2015 — 479–480 bet. ISBN 9789632445687. 
  8. „Rákosi Vipera“. Magyar Madártani és Természetvédelmi Egyesület (2016-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  9. Dankovics. „Fajmegőrzési tervek – Rákosi vipera (Vipera ursinii rakosiensis)“. www.termeszetvedelem.hu. Környezetvédelmi és Vízügyi Minisztérium, Természetvédelmi Hivatal. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  10. Dankovics. „Fajmegőrzési tervek – Rákosi vipera (Vipera ursinii rakosiensis)“. www.termeszetvedelem.hu. Környezetvédelmi és Vízügyi Minisztérium, Természetvédelmi Hivatal. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.Dankovics, Róbert; Halpern, Bálint; Pellinger, Attila; Péchy, Tamás; Somlai, Tibor; Sós, Endre; Szövényi, Gergely; Takács, Gábor. „Fajmegőrzési tervek — Rákosi vipera (Vipera ursinii rakosiensis)“ (PDF). www.termeszetvedelem.hu. Környezetvédelmi és Vízügyi Minisztérium, Természetvédelmi Hivatal. Retrieved 8 November 2020.
  11. Kovács, Tibor (2004). "A rákosi vipera védelmének problémás kérdései". Természetvédelmi Közlemények 11: 419–427. https://adtplus.arcanum.hu/hu/view/TermeszetvedelmiKozlemenyek_11/?pg=420&layout=s. Qaraldi: 19 November 2020. Vengriya oʻtloq iloni]]
  12. „CONVIPURSRAK – Conservation of Hungarian meadow viper (Vipera ursinii rakosiensis) in the Carpathian-basin“. European Commission. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
  13. „Rákosi vipera“. Természetvédelmi kezelés. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
  14. „CONVIPURSRAK – Conservation of Hungarian meadow viper (Vipera ursinii rakosiensis) in the Carpathian-basin“. European Commission. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
  15. „CONVIPURSRAK – Conservation of Hungarian meadow viper (Vipera ursinii rakosiensis) in the Carpathian-basin“. European Commission. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.