Vasiliy Degtev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Vasiliy Degtev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vasiliy Borisovich Degtev
Tavallud sanasi 1-dekabr 1967-yil (1967-12-01) (56 yosh)
Tavallud joyi SSSR
Ampluasi Yarim himoyachi, Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985 Xorazm Yangiariq 21 (1)
1987—1989 Selmeshavets 37 (2)
1990 Paxtakor 6 (0)
1990 Chirchiq 24 (2)
1991 Paxtakor 0 (0)
1991 Yoshlik 4 (2)
1991 Chirchiq 6 (0)
1991 Kosonsoy 21 (2)
1992 Saxalin 13 (0)
1993—1994 Lokomotiv (Chita) 26 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vasiliy Borisovich Degtev (1967-yil 1-dekabrda tavallud topgan) — sovet va rossiyalik sobiq futbolchi. Yarim himoyachi, shuningdek, hujumchi pozitsiyalarida toʻp surgan[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasiliy Faoliyatining asosiy qismini Oʻzbekiston jamoalarida toʻp surgan. SSSR chempionatilarida quyi ligalarning „Xorazm“ Yangiariq (1985-1986), „Selmashevets“ / „Chirchiq“ (1987-1989[2] va 1990-yillar) Toshkentning „Paxtakor“ (1990-yil SSSR birinchi ligasida, 1991-yil SSSR oliy ligasining juftlik turnirida), Toʻraqoʻrgʻonning „Yoshlik“ (1991), Kosonsoyning „Kosonsayets“ (1991) jamoalarida toʻp surgan Faoliyatini dastlab Yangiariqning „Xonqa“ jamoasida boshlagan va jamoa bilan birgalikda SSSR ikkinchi ligasida toʻp surgan edi. Ikki mavsum davomida Xorazm jamoasida toʻp surgach, 1987-yil Chirchiqning „Selmashevets“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Chichiqliklar jamoasi safida dastlab Oʻzbekiston SSR chempionatida toʻp surgan boʻlsa, 1989-yil "Chirchiq" klubi SSSR ikkinchi ligasida toʻp surish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Chirchiq jamoasidan so‘ng bir qator kuchli jamoalar safida toʻp surdi. 1990-yil Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va SSSR birinchi ligasida 6 ta oʻyinda toʻp surdi.

1992-yilgi mavsumda Rossiy chempionatiga koʻchib oʻtdi. Rossiya chempionatining birinchi ligasida dastlab Saxalin viloyatining „Yujno-Saxalinsk“ (1992-yil), Chita viloyatining „Lokomotiv“ (1993—1994) klublarida oʻynadi. 1995-yili O‘zbekiston chempionati yangi yetishib kelayotgan yetakchi jamoalaridan biri "Politotdel" klubi tarkibida O‘zbekiston Oliy ligasida o‘ynadi. Keyinchalik u Rossiyada havaskorlar musoboqalarida „Spartak Yujno-Saxalinsk“ (1999), „Neftyanik Nogliki“ (2000—2001) klublarida oʻynagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]