Van (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VanTurkiyadagi shahar, Van elining maʼmuriy markazi. Van koʻlining jan.-sharqiy sohilida joylashgan. Aholisi 153 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Temir yoʻl stansiyasi. Q.x. rayoni markazi. Oziq-ovqat, sement sanoati korxonalari bor. Mil. av. 9—6-a.larda V. oʻrnida Urartu davlatining poytaxtiTushpa joylashgan edi. Mil. av. 6—4-a.larda Tushpa Axomaniylar, 4—2a.larda esa Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan. Oʻsha davrdan shahar V. deb atalgan. Mil. av. 1-a.da V. ancha katta va mashhur shahar boʻlgan. 364 y.da Sosoniylar shohi Shopyp II ning qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan. 10-a.da Vaspurakan podsholigi tarkibidagi yirik shaharga aylandi. V.ni 1022 y.da Vizantiya, 1071 y.da Saljuqiylar davlati sultoni Alp Arslon qoʻshinlari, 14-a.ning 2-yarmida Temur qoʻshinlari egalladi. 17-a.dan turklar qoʻliga oʻtdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil