Uzoq Joʻraqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jo'raqulov Uzoq Haydarovich
Tavalludi 1-yanvar 1967-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy universiteti
Kasbi Adabiyotshunos, tarjimon
Faoliyat yillari 1998- yildan hozirga qadar
Millati Oʻzbek
Unvoni Filologiya fanlari doktori, professor

Uzoq Joʻraqulov — adabiyotshunos olim, tarjimon, filologiya fanlari doktori, professor[1]. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzoq Joʻraqulov 1967-yil 1-yanvarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani hududiga qarashli Maymanoq qishlogʻida tugʻilgan[3]. 1974-1984-yillar oʻrta maktabda oʻqigan[3]. 1985-1987-yillarda Germaniya (oldingi Germaniya demokratik respublikasi) hududida harbiy xizmatni oʻtagan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (oldingi Toshkent davlat universiteti) oʻzbek filologiyasi fakulteti kechki boʻlimiga oʻqishga kirgan. Universitetni 1994-yilda tamomlagan va 1997-yilgacha Oʻzbekiston Milliy universiteti aspiranturasida tahsil olgan. 1998-yil Begali Qosimov rahbarligida „Fitratning tadqiqotchilik mahorati“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2017-yilda "Alisher Navoiy „Xamsa“sida xronotop poetikasi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[4].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1998-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti kafedrasida ilmiy xodim lavozimida ishlay boshlagan[5].
  • 1999-2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti (hozirgi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti) Adabiyot nazariyasi, Adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalar boʻlimlarida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.
  • 2000-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va nazariya kafedrasiga katta oʻqituvchi lavozimiga ishga kirgan.
  • 2014-2016-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti Oʻzbek adabiyotshunosligi va adabiy aloqalar (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon) kafedrasi doktoranti boʻlgan.
  • Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Ilmiy va tarjima asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Fitratning tadqiqotchilik mahorati“ (2004-yil)
  • „Hududsiz jilva“ (2006-yil, „Fan“ nashriyoti)
  • „Nazariy poetika masalalari:muallif, janr, xronotop“ (2015-yil, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti)
  • „Qiyosiy adabiyotshunoslik“ (2021-yil, Komiljon Hamroyev bilan hammualliflikda, „Lesson press“ nashriyoti)

Tarjima asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Yuzini yoʻqotgan odam“ [yapon novellalari] (2008-yil, „Muharrir“ nashriyoti)
  • „Romanda zamon va xronotop shakllari“ [muallif Mixail Baxtin] (2015-yil, „Akademnashr“ nashriyoti)
  • „Eynshteyn bilan iblisvachcha“ [hikoyalar] (2020-yil, „Ziyonashr“ nashriyoti)

Monografiya va tadqiqotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Telbaga yoʻqtur qalam…“ (2010)
  • „Lison ut-tayr“da xronotop shakllari" (2010)
  • „Mixail Baxtin kashfiyotlari“ (2014)
  • „Romanning beshinchi tipi“ (2015)
  • „Xamsa“ va qissa" (2016)
  • „Janr xronotopi tipologiyasi: Xamsa. Epos. Roman“ (2016)
  • „Xamsa“da „bilig“ konsepsiyasi" (2016)
  • "Navoiyda „abror“ istilohi" (2016)
  • "Navoiyda „hayrat“ tushunchasi" (2016)
  • "Ali Şir Nevâî‘nin „Sedd-i Iskehderi“ Destani Kronotopinda Yol ve Tesadif Kategorileri" (2016, Turkiya)
  • „Hayrat ul-abror“da poetik diskurs" (2016)
  • "Xronotop v janre „Xamsa“ (2016, Volgagrad)
  • „Xamsa“da Xizr va Iskandar obrazlari" (2017)
  • "Ali Şir Nevâî‘nin Hamsesinde „AŞik-MaŞuk-Rekip“ üclusü" (2017,Turkiya)
  • „Sabʼai sayyor“da tog‘-g‘or xronotopi" (2017)
  • „Layli va Majnun“da tragik vaziyat xronotopi" (2012)
  • „Saddi Iskandariy“ dostonida „yo‘l“ va „tasodif“ xronotopi" (2014)
  • „Xamsa janri muammosiga doir“ (2015)
  • „Badiiy xronotop janr mezoni sifatida“ (2016)
  • „Xamsa“da „oshiq — maʼshuqa-raqib“ uchligi" (2016)
  • „Xamsa va roman janri tipologiyasi xususida“ (2017)
  • „Qodiriy va roman tafakkuri“ (2021, monografiya)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Uzoq Haydarovich Joʻraqulov“. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  2. „JO‘RAQULOV UZOQ HAYDAROVICH“. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  3. 3,0 3,1 „Uzoq Joʻraqulov (1967)“ (2017-yil 19-iyul). 2022-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  4. „Uzoq Jo'raqulov haqida batafsil ma'lumotlar, tarjimai hol“ (2021-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  5. „Uzoq Jo‘raqulov“. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.