Usta Bahodir madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Usta Bahodir madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Usta Bahodir madrasasi Bo‘y rabofon guzarida joylashgan. Usta Bahodir ibn Bobo Ali hijriy 1292-yili (1875 — 1876) Bo‘y rabozor, Qultagiyon, Qozixona guzarlarida uchta hovlini ushbu madrasa uchun vaqf qilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujjat qozi ul-quzzot mulla Baqoxoja ibn Boqixoja muhri bilan tasdiqlangan. Usta Bahodir madrasasiga taalluqli yana uchta hujjat mavjud bo‘lib, ulardan birida quyidagi matnni o‘qish mumkin: „Jahonpanoh, tasadduqingiz bo‘lay. Oliy marhamatingiz va mehribonligingiz ila Ayoz madrasasi mudarrisi mulla Muhammad Sharif dars berish va imomlik qilish uchun Usta Bahodir guzari masjidiga jo‘natilgan edi. Ayoz madrasasidagi uning dars o‘rni bo‘sh qoldi. Ilm olishni tugallagan va dars berishga qodir duogo‘y talabalaringizdan birini bu o‘ringa qo‘ymoqchiman. Umidgohimiz, mulla Nizomiddin ismli dars olishni yakunlagan ilm tolibi o‘qitishni uddalay oladi. U bo‘sh qolgan dars o‘rniga o‘tish uchun oliy marhamatingizdan umidvor bo‘lib janobi oliyni duo qiladi. Maoshi 5 tilla“.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 421.