Eol jarayonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Eol jarayonlar (yunonlarning shamol xudosi — Eol nomidan) — shamol ishi taʼsirida relyef hosil qiluvchi jarayonlar. Eol jarayonlar yuzaga kelishi uchun havo quruq, atmosfera yogʻinlari miqdori kam, tez-tez kuchli shamollar esib turishi, chang , qum kabi mayda zarrali yotqiziqlar keng tarqalgan va shahrik. maʼlum tabiiy sharoitlar mavjud boʻlishi kerak. Shu sababli Eol jarayonlar koʻproq arid iqlimli oʻlkalarda, ayniqsa, qumli choʻllarda faol. Shamol qattiq togʻ jinslarini yemiradi, maydalaydi, maydalangan jinslarni uchiradi va boshqalar joylarga olib borib toʻplaydi. Shamol uchirib ketayotgan qum va mayda tosh zarrachalarining togʻ jinslariga urilib, ularning mexanik yemirilish jarayoniga korraziya deyiladi. Yemirilish natijasida qattiq togʻ jinslaridan turli shakllar — tosh qoʻziqorinlar, ustunlar, odamtoshlar hosil boʻladi. Qum toʻplanib barxanlar, qum tepalari vujudga keladi (yana q. Akkumulyatsiya, deflyatsiya).