Kontent qismiga oʻtish

Umar Sulaymon (imom)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Umar Sulaymon
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1986 (yoshi 3940)
Dini Islom
Millati Amerikalik
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Hanbali[1]
Tanilgan sohasi Islom tadqiqotlari, ijtimoiy adolat
Kasbi Imom, yozuvchi

Umar Sulaymon (arabcha: عمر سليمان; 1986-yilda tug’ilgan) – amerikalik musulmon olimi, fuqarolik huquqlari yoʻnalishida yetakchi, yozuvchi va notiq . U Yaqeen islom tadqiqotlari instituti asoschisi va prezidenti , islomshunoslik kafedrasi professori va Janubiy Metodist universiteti qoshidagi Etika markazi maslahat kengashi aʼzosi hisoblanadi. Hozirda u Valley Ranch islom markazining doimiy stipendiati va tinchlik va adolat uchun koʻp konfessiyali ruhoniylar koalitsiyasi – Thanks-Giving maydonidagi Faith Forward Dallasning faxriy hamraisi sifatida faoliyat olib boradi[2].

Sulaymon 1986-yilda Yangi Orleanda falastinlik oilada tugʻilgan[3].

Sulaymon buxgalteriya hisobi va islom huquqi yoʻnalishida bakalavr, islom moliyasi va siyosat tarixi yoʻnalishida esa magistr darajalariga ega. Malayziya xalqaro islom universitetida islom tafakkuri va sivilizatsiyasi boʻyicha doktorantura bosqichini tamomlagan[4] [5] [6].

Nyu-Orleanga qaytib borganidan soʻng, u olti yil Jefferson musulmonlari uyushmasining imomi hamda 2005-yil oxirida „Musulmonlar insoniyat uchun“ Katrina toʻfoni oqibatlarini bartaraf etish borasida direktor lavozimida oʻz faoliyatini oliv bordi. U Sharqiy Jefferson dinlararo ruhoniylar assotsiatsiyasiga asos solgan va 2010-yilda Nyu-Orlean hokimi va shahar kengashi tomonidan ajoyib fuqarolik yutugʻi uchun mukofotlangan[7].

2016-yilda u musulmon tadqiqot markazi, Yaqeen islom tadqiqotlari institutiga asos solgan[8] [9] U, shuningdek, MUHSEN (Musulmonlar uchun maxsus taʼlim ehtiyojlarini aniqlash va ularga koʻmak berish) – nodavlat-notijorat tashkilotining asoschisi boʻlib, u nogironlar va ularning oilalariga yaxshiroq xizmat koʻrsatadigan yanada inklyuziv musulmon jamoalarini yaratishga qaratilgan mavzularda edi[10].

  1. El Masry, Shadee [@DrShadeeElmasry]. „Hanbali in fiqh & aqida“.
  2. „Religious Leadership“ (en-US). Valley Ranch Islamic Center. 2022-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-sentyabr.
  3. Abdelaziz. „Google Search Is Doing Irreparable Harm To Muslims“. The Huffington Post (2017-yil 24-iyun). Qaraldi: 2017-yil 27-iyun.
  4. „Dr. Omar Suleiman“. AlMaghrib Institute. 2023-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-dekabr.
  5. „Meet Our Banquet Keynote Speaker, Sheikh Omar Suleiman“. Council on American–Islamic Relations. 2023-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-dekabr.
  6. Suleiman. „A Hermeneutical Understanding of Jihād through Its Historical Contingencies“. International Islamic University Malaysia (2020-yil sentyabr). 2021-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
  7. „The Preacher“. www.dmagazine.com (2017-yil iyun). Qaraldi: 2018-yil 26-may.
  8. „2017–2018“. Yaqeen Institute. 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-may.
  9. „Sh. Omar Suleiman“. Yaqeen Institute. Qaraldi: 2017-yil 2-mart.
  10. „Founder of Muhsen“. www.muhsen.org. Qaraldi: 2018-yil 26-may.

Qoʻshimcha maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]