Kontent qismiga oʻtish

Ulug‘bek Muhammadiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulug‘bek Muhammadiyev
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari — Prezident Xalq qabulxonasi rahbari
Mansab davri
2023-yil 30-oktyabr – hozirgi vaqtgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori
Mansab davri
2020-yil 30-iyul – 2022-yil yanvar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1977-yil 23-fevral
Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani
Taʼlim O‘zbekiston Milliy universiteti
Dini islom

Ulugʻbek Muhammadiyev (1977-yil 23-fevral, Yakkabogʻ tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston)- oʻzbek davlat va jamoat arbobi. 2020-2022-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori vazifasida ishlagan. 2023-yil 17-avgustdan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari[1].

Ulugʻbek Muhammadiyev 1977-yil 23-fevralda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. 1999-yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2003-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti (sirtqi)ni tamomlagan. Mutaxassisligi matematik, huquqshunos. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (xalqaro munosabatlar yoʻnalishi)ni tamomlagan.

U ilk mehnat faoliyatini 1999-yili Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻquv boʻlimi inspektori vazifasidan boshlagan. 2001-2008 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi kotibiyatida mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan. 2008-2017 yillarda jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining sudyasi sifatida faoliyat yuritgan.

2017-2018 yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti devoni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati yetakchi inspektori, shoʻ'ba mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi oʻrinbosari lavozimlarida mehnat qilgan. 2018-2020-yillar hamda 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari[2], 2020-2022-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori[3] vazifasida ishlagan.

2023-yilning 30-oktyabridan buyon rezidentning kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.