Kontent qismiga oʻtish

Uber Eats

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uber Eats
Turi Shoʻba
Tarmogʻi Onlayn ovqat buyurtma qilish
Egasi Uber
Qachon asos solingan 26-avgust, 2014-yil (9 yil avval) (2014-08-26)[1] (UberFRESH nomi ostida)
Joylashuvi San Francisco, Kaliforniya, AQSh
Hududiy xizmati 45 davlat va 6,000+ shaharlarda
Asoschi(lari) Travis Kalanick
Garrett Camp
Rahbariyat Dara Khosrowshahi (CEO)[2]
Aylanma daromadi $8.30 milliard (2021)[3]
Vebsayti ubereats.com

Uber Eats — Uber kompaniyasi tomonidan 2014-yilda ishga tushirilgan oziq-ovqatlarga onlayn buyurtma orqali yetkazib berish hizmati[4]. Ovqatlar kuryerlar tomonidan turli usullar, jumladan, avtomobillar, skuterlar, velosipedlar orqali yoki piyoda yetkazib beriladi[5]. U 2021-yil hisobiga koʻra, 45 mamlakatning 6000 dan ortiq shaharlarida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[6].

Oziq-ovqatlarni yetkazib berish jarayoni Uber haydovchilari tomonidan amalga oshiriladi. Uber Eats har kuni hizmatlari mavjud boʻlgan shaharlarda hamkorligi bor restoranlardan taomlarni yetkazib beradi[7]. 2020-yilda kompaniya restoranlarga Uber Eats bilan hamkorlik qilish uchun kechki payt yetkazib berish hizmatidan foydalangan mijozlar uchun 13-40% miqdorida chegirma qilish sharti qoʻyilgani bois, monopoliyaga qilish maqsadida narxlarni manipulyatsiya qilganlikda ayblanib, sudga tortilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uber Eats kuryeri Amsterdam (Niderlandiya) koʻchalarida
Uber Eatsning mototsikl orqali yetkazib beruvchi kuryeri Panama koʻchalarida
Subway restoranidagi Uber Eats logotipi

Uber Eatsga egalik qiluvchi Uber kompaniyasiga 2009-yilda Garrett Camp va Travis Kalanick tomonidan asos solingan[8][9]. Kompaniya oziq-ovqat yetkazib berishni 2014-yil avgust oyida Kaliforniyaning Santa Monica shahrida UberFRESH nomi ostida boshladi[10]. 2015-yilda platforma UberEats deb oʻzgartirildi[11] va hizmatga buyurtma berish alohida ilovaga oʻtkazildi[12][13][14]. 2016-yilda u London[15] va Parijda[16] ham faoliyatini boshladi.

2018-yil noyabr oyida kompaniya Yevropa bozorlarida ishchi kuchini uch baravar oshirish boʻyicha rejalarini eʼlon qildi. 2018-yil noyabr oyi holatiga koʻra, kompaniya Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bozorlaridagi 20 mamlakatning 200 ta shahrida oziq-ovqat yetkazish hizmatini amalga oshirgan[15].

2019-yil yozda Uber Eats Shimoliy yarimsharda dronlar orqali oziq-ovqat yetkazib berishni boshlashini maʼlum qildi[17]. Iyul oyida Uber Eats baʼzi shaharlarda restoranlarda oldindan stol buyurtma qilish imkoniyatini taklif qila boshladi, bu esa mijozlarga oldindan ovqat buyurtma qilib, keyin restoranda ovqatlanish imkonini berdi[18].

2019-yil sentabrida Uber Eats Janubiy Koreya bozorini tark etishi haqida xabar berdi, Reuters buni Koreyadagi oziq-ovqat yetkazib berishdagi kuchli raqobat sabab deb izohladi[19]. Shu yilning oktyabr oyida kompaniya ilova orqali zakaz berib, restoranlardan olib ketish hizmatini ishga tushirdi[20]. 2019-yil 15-oktabrda esa Burger King fast-fudlarini butun Qo‘shma Shtatlar boʻylab yetkazib berish boʻyicha muvaffaqqiyatli shartnoma imzolagani eʼlon qildi[21].

2020-yil 21-yanvarda Zomato Hindistondagi Uber Eatsning barcha aksiyalarini sotib olishini elon qildi[22]. Shartnomaning bir qismi sifatida Uber Zomatoning 10% ulushiga ega boʻldi va Zomato Hindistondagi Uber Eatsning barcha mijozlariga hizmat koʻrsata boshladi. Kelishuv vaqtida Zomato taxminan 3,55 milliard dollarga baholangan[23].

2020-yilning 28-yanvarida Uber Eats McDonald's Buyuk Britaniyada hizmat koʻrsatuvchi Just Eat oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyasi bilan hamkorlik qilganligi sababli tarmoq mahsulotlarini Britaniya boʻylab yetkazib berish huquqiga ega emasligi xabar qildi[24]. Kompaniya bir yil avval McDonald’s mahsulotlarini AQSh boʻylab yetkazib berish huquqidan mahrum boʻlgan edi[25].

2020-yil mart oyida, COVID-19 pandemiyasi davrida Uber Eats yangi mijozlari soni 30 foizga oshganini qayd etdi[26]. Shuningdek, ushbu davrda kompaniya restoranlardan 30% dan 35% gacha komissiya undirgani uchun tanqid qilindi[27][28].

2022-yil aprel oyida Uber Eats Buyuk Britaniyadagi eng yirik supermarketlar tarmogʻi Tesco bilan hamkorlik qilib, 20 ta doʻkonda buyurtma bir soat ichida yetkazib berilishi kafolatlangan hizmatlarini boshladi[29].

2022-yil 16-mayda Uber Eats Los-Anjelesda Serve Robotics va Motional bilan hamkorlikda ikkita inson omilisiz yetkazib beruvchi uchuvchilarni ishga tushirdi[30].

2024-yil yanvarida Uber oʻz brendini Uber Eatsda birlashtirish maqsadida 2024-yil martigacha Drizly spirtli ichimliklar yetkazib berish xizmatini yopishini eʼlon qildi. Kompaniya toʻxtatilgan ilovalarni Uber Eats bilan birlashtirishni rejalashtirmoqda[31].

Moliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Daromad

(milliard USD)[32]

2017 0.6
2018 1.5
2019 1.9
2020 4.8
2021 8.3

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Uber Begins Testing Lunch Delivery with UberFRESH“ (2014-yil 26-avgust).
  2. Bhuiyan, Johana. „Uber CEO Dara Khosrowshahi says UberEats has a $6 billion bookings run rate“. Recode (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
  3. „Uber Eats Revenue and Usage Statistics (2022)“ (en-US). Business of Apps (2020-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  4. Wright, Johnathan L.. „Uber Eats debuts Wednesday in Reno“. Reno Gazette Journal (2017-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.
  5. Said, Carolyn „UberEats comes to S.F., offering meal deliveries“. SF Gate (2015-yil 18-avgust). Qaraldi: 2015-yil 19-sentyabr.
  6. „Uber Help“ (en). Uber. 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.
  7. Chen McCain, Shiang-Lih; Lolli, Jeffrey; Liu, Emma; Lin, Li-Chun (2022-08-25). "An analysis of a third-party food delivery app during the COVID-19 pandemic" (en). British Food Journal 124 (10): 3032–3052. doi:10.1108/BFJ-03-2021-0332. ISSN 0007-070X. https://www.emerald.com/insight/content/doi/10.1108/BFJ-03-2021-0332/full/html. 
  8. Lagorio-Chafkin, Christine „Resistance is Futile“. Inc (2013-yil avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-mart.
  9. Bacon, James „Innovation Uber alles“. The Washington Times (2012-yil 2-fevral). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  10. Etherington, Darrell „Uber Begins Testing Lunch Delivery With UberFRESH“. Tech Crunch (2014-yil 26-avgust). Qaraldi: 2015-yil 2-iyun.
  11. Elliott, Farley „UberFRESH Rebrands to UberEATS Just in Time to Expand Like Crazy“. Eater (2015-yil 4-may). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  12. „Uber's first spinoff app is a food delivery service in Toronto“ (2015-yil 9-dekabr).
  13. Kosoff, Maya „How Uber's latest update could pose a major threat to GrubHub“. Business Insider (2015-yil 17-avgust). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  14. Tepper, Fitz „Uber's New Update Gives Food Delivery As Much Attention As Transportation“. TechCrunch (2015-yil 17-avgust). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  15. 15,0 15,1 Turner, Gilles. „Uber Plans to Triple Headcount on Food Delivery in Europe Region“. Bloomberg News (2018-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  16. Fresne, Patrick. „French Revolution 2020:Food wars down the virus haunted streets of France“. Gold and Revolution (2021-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  17. Jeremy, Bogaisky. „Uber Eats To Test Flying Food To Customers By Drone In San Diego“ (2018-yil 12-iyun). Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
  18. Constine, Josh. „Uber Eats invades restaurants with Dine-In option“ (en-US). TechCrunch. San Francisco: Yahoo! Inc. (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  19. Park, Ju-Min. „Uber Eats to pull out of South Korea amid tough competition“ (en). Reuters (2019-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  20. Tyko, Kelly. „Uber Eats launches delivery alternative with new pickup feature“ (en-US). Washington: Gannett (2019-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  21. Albrecht, Chris. „Amid Layoffs, Uber Eats Partners with Burger King“ (en-US). The Spoon (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  22. Singh, Manish. „Uber sells food delivery business in India to Zomato“ (en-US). TechCrunch. Mumbai: Yahoo! Inc. (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  23. Goel, Vindu; Conger, Kate. „Uber Sells Food Delivery Business in India“ (en-US) (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  24. Ziady, Hanna. „Uber suffers another blow as it loses McDonald's delivery monopoly in the UK“. CNN. London: Warner Bros. Discovery (2020-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  25. Kelso, Alicia. „McDonald's UK taps Just Eat for delivery, ends Uber Eats exclusivity“ (en-US). Restaurant Dive. Washington: Industry Dive (2020-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  26. Chiappetta, Marco „Uber Eats Demand Soars Due To COVID-19 Crisis“ (en). Forbes (2020-yil 25-mart). Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  27. Batey, Eve. „Delivery Apps Refuse to Temporarily Decrease the Fees They Charge Restaurants“ (en). Eater SF. San Francisco: Vox Media (2020-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  28. Fickenscher, Lisa; Manskar, Noah. „Uber Eats cuts fees for NYC restaurants as Grubhub rivalry heats up“ (en-US). New York: News Corp (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  29. Linsell, Katie. „Uber Partners With Tesco for Fast Grocery Delivery in the U.K.“. Bloomberg News (2022-yil 3-may). Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  30. Bellan, Rebecca. „Uber Eats pilots autonomous delivery with Serve Robotics, Motional“ (en-US). TechCrunch. San Francisco: Yahoo! Inc. (2022-yil 15-may). Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  31. Delouya, Samantha. „Uber is shutting down alcohol delivery app Drizly“ (en). CNN. Atlanta: Warner Bros. Discovery (2024-yil 15-yanvar).
  32. Newcomer, Eric „Uber Has a New Growth Story“. Bloomberg (2019-yil 12-aprel).