Kontent qismiga oʻtish

Mumbay

(Mumbaidan yoʻnaltirildi)
Mumbay
Skyline of Mumbay
19°4′33″N 72°52′39″E / 19.07583°N 72.87750°E / 19.07583; 72.87750
Mamlakat Hindiston
Hukumat
  mer Sunil Prabhu
Zichligi 20.694 kishi/km2
Mumbay xaritada

Mumbay (avvalgi nomi: Bombay) — Hindistonning sobiq poytaxti, hozir Maharashtra shtatining markazi.

Bombay, Mumbay (Mumba maʼbudasi nomidan) — Hindistondagi shahar. Maharashtra shtatining maʼmuriy markazi (1960-yildan). Hindistonning gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinidagi Bombay va Solsett orollarida joylashgan, koʻprik va koʻtarmalar bilan materikka tutashgan. Aholisi 21.6 mln. kishi (2024).

Bombayni 1532-yilda Portugaliya mustamlakachilari bosib olgan. 1661-yildan Angliya ixtiyoriga oʻtdi. 1668-yildan inglizlarning OstIndiya kompaniyasi Bombayda harbiy va savdo bazalar qura boshladi. XIX asrda Hindistonning muhim iqtisodiy va ijtimoiy markaziga aylandi. Bombayda hindistonliklarning ingliz mustamlakachilariga qarshi siyosiy chiqishlari boʻlib oʻtgan (1908—1946). Bombay mamlakat shaharlari orasida aholisining soni boʻyicha birinchi, iqtisodiy va madaniy mavqei jihatidan ikkinchi oʻrinda. Shaharda turli dindagi har xil millat vakillari (marathlar, gujoratlar, sekxlar, balujlar, otashparast forelar) yashaydi[1].

Bombay Hindistonning Arabiston dengizi sohilidagi eng katta porti. Bir yillik yuk ortib tushirish 30 mln tonna Bombayda yirik tovar, fond, paxta birjalari, milliy va chet el banklari, sugʻurta kompaniyalari joylashgan. Ichki va xalqaro aviatsiya yoʻllari bor. Mamlakatning asosiy eksport va importi Bombay orqali oʻtadi. Chetga marganes va boshqa rudalar, paxta, ip gazlama, teri va charm, moyli oʻsimlik urugʻlari chiqariladi. Chetdan mashina va uskunalar, koʻmir, neft, gʻalla keltiriladi. Sanoati yetarlicha rivojlangan. Bombay mamlakatning asosiy sanoati xususan, toʻqimachilik markazlaridan biri (mamlakat ip gazlama sanoatining qariyb 3/4 qismi Bombayda), shuningdek bank moliya markazi; Bombayda neftni qayta ishlash, mashinasozlik, yogʻochsozlik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari mavjud.

Bombay binolari yevropacha va hindcha uslub bilan asosan XIX-XX asrlarda qurilgan. Bombay orolidagi fort (qalʼa) shaharning markazi hisoblanadi. Bu yerda davlat muassasalari, banklar, universitet (18S7) va boshqa bor. Bombay markazida katta Kroford bozori (1871) joylashgan. Bombay yaqinida Tarapur AES bor.

  1. „Bombay“ (avgust 2022).
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil