Turkiyada davlat toʻntarishiga urinish (2016)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

2016-yil 15-iyuldagi davlat toʻntarishiga urinish (turkcha: 15 Temmuz darbe girişimi) Turkiyada davlat muassasalariga, jumladan hukumat va Prezident Recep Tayyip Erdoğanga qarshi amalga oshirilgan urinishdir.[1] Bu urinish Turkiya Qurolli Kuchlari tarkibida oʻzlarini en:Peace at Home Council sifatida tashkil qilgan guruh tomonidan amalga oshirilib,[2] uning aʼzolari hanuzgacha nomaʼlumdir. Ular Anqara, Istanbul, Marmaris va boshqa shu kabi bir qator joylarda, jumladan, Bosfor koʻprigining Osiyo tomon kirish qismida bir nechta joylarni egallab olishga urinishgan, biroq davlatga sodiq kuchlar ularni magʻlubiyatga uchratganidan soʻng, buni uddalay olishmagan. Kengash, dunyoviy tuzum va demokratik boshqaruvning yoʻq qilinishi,[3] inson huquqlariga beparvolik hamda Turkiyaning xalqaro maydondagi ishonchini yoʻqotishini toʻntarishga sabab oʻlaroq koʻrsatdi.[4][5] Hukumat[6][7] toʻntarish yetakchilari Turkiya Respublikasi tomonidan terroristik tashkilot deb tan olingan hamda Pennsylvaniada istiqomat qiluvchi[3][8][9][10] turkiyalik biznesmen[11][12][13][14] va olim[15][16][17] Fethullah Gülen yetakchiligidagi Gülen harakati[3][18] bilan bogʻliqligini taʼkidladi. Turkiya hukumati davlat toʻntarishiga urinish ortida Gülen turganini (buni Gülen rad etgan) hamda Qoʻshma Shtatlar unga panoh berayotganini bildirdi.[19][20][21] Toʻntarishga urinish va undan keyingi tozalashlar bilan bogʻliq hodisalar Turkiyadagi islomiy elita oʻrtasidagi murakkab hokimiyat kurashi ketayotganligini aks ettiradi.[22][23]

15-iyul sanasida davlat toʻntarishiga urinish chogʻida Anqaradagi Politsiya Bosh qarorgohi va uning atroflari bombardimon qilingan.

Manbalar[tahrir]

  1. Kinney, Drew H. (2016). "Civilian Actors in the Turkish Military Drama of July 2016". Eastern Mediterranean Policy Note 10: 1–10. http://www.emgr.unic.ac.cy/wp-content/uploads/EMPN_10.pdf. [sayt ishlamaydi]
  2. „Turkey's failed coup attempt: All you need to know“. Al Jazeera (Dekabr 2016).
  3. 3,0 3,1 3,2 Kinney, Drew Holland (2016). "Civilian Actors in the Turkish Military Drama of July 2016". Eastern Mediterranean Policy Note 10: 1–12. http://www.emgr.unic.ac.cy/wp-content/uploads/EMPN_10.pdf. [sayt ishlamaydi]
  4. „Asker TRT binasında: İşte 'darbe' bildirisi“(turk.). Haber3.com (16-Iyul 2016-yil). Qaraldi: 18-Iyul 2016-yil.
  5. „What Caused the Turkish Coup Attempt“. Politico. Qaraldi: 22-Iyul 2016-yil.
  6. „Turkish MHP leader backs Erdoğan in coup probe“ (28-Iyul 2016-yil).
  7. „Kılıçdaroğlu ilk kez 'FETÖ' dedi“ (28-Iyul 2016-yil).
  8. „Turkey's leader said the U.S. should extradite Gülen over the coup“. Qaraldi: 25-Avgust 2016-yil.
  9. „Turkey submitting request to US for Gülen's arrest“. Fox News (14-Avgust 2016-yil). Qaraldi: 25-Avgust 2016-yil.
  10. „SpyTalk – Islamic group is CIA front, ex-Turkish intel chief says“. The Washington Post. Qaraldi: 25-Avgust 2016-yil.
  11. „Closer look at empire of cleric accused in Turkey coup attempt“. USA Today (21-Iyul 2016-yil). Qaraldi: 14-Sentabr 2016-yil.
  12. Phelps, Timothy M. „From his Pa. compound, Fethullah Gülen shakes up Turkey“. Los Angeles Times (20-Yanvar 2014-yil). Qaraldi: 14-Sentabr 2016-yil.
  13. „Who Is Fethullah Gülen?“ (23-Dekabr 2015-yil). Qaraldi: 14-Sentabr 2016-yil.
  14. Park, Bill. „Gülen's shadowy network is a formidable enemy“ (17-Fevral 2014-yil).
  15. Malsin, Jared. „How Erdoğan United Turkey Against Fethullah Gülen“, TIME.com.
  16. Ganim, Sara. „Fethullah Gülen: A rare look at polarizing Turkish exile“, CNN.
  17. „Turkey Pursues Cleric Living in U.S., Blamed as Coup Mastermind“ (19-Iyul 2016-yil).
  18. „Turkey arrests 60 businessmen for alleged Gulen ties“(ingl.). Arab News. Qaraldi: 14-Mart 2021-yil.
  19. „Pentagon says no US military support for Turkey coup“ (30-Iyul 2016-yil).
  20. „Erdogan accuses West of 'writing the script' for Turkey coup“ (2-Avgust 2016-yil).
  21. Harvey, Benjamin „Turkey's Erdoğan edges closer to blaming the US for coup attempt“ (29-Iyul 2016-yil).
  22. „Turkey's clash of Islamists: Erdogan vs Gülen“ (27-Iyul 2016-yil). Qaraldi: 27-Yanvar 2017-yil.
  23. Metin Gurcan. „Power struggle erupts in Turkey's security structure“, Al-Monitor (12-Oktabr 2016-yil).

Havolalar[tahrir]