Kontent qismiga oʻtish

Fethullah Gülen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fathulloh Gulan
Asl ismi Muhammed Fethullah Gülen
Tavalludi 27-aprel 1941-yil
Vafoti 20-oktyabr 2024-yil(2024-10-20)
(83 yoshda)
Pennsilvaniya, AQSh
Taxallusi Oʻqituvchi, FETO
Ijod qilgan tillari Turk tili, Arab tili, Fors tili va Ingliz tili
Fuqaroligi Turkiya va AQSh
Yoʻnalish Yozuvchi, shoir va islomshunos
Imzosi
Veb-sayti
fgulen.com

Muhammed Fethullah Gülen (1941-yil 27-aprel – 2024-yil 20-oktyabr[1]) turkiyalik yozuvchi va islomshunosdir. Gülen jahondagi eng muhim musulmonlaridan biri hisoblanadi.[2] Fethullah Gülen Gulen oqimining asoschisidir. Gülen Islom dinini Said Nursining islom haqida yozganlariga tayanib talqin qiladi.

Gülen butun dunyoga yoyilgan maktab va universitet tarmogʻining asoschilaridan biridir. Gülenning tarafdorlari uni turkcha hocaefendi, yaʼni hoji aka deb atashadi. Gulënning tarafdorlari uni tinchlik va muloqotga chaqiradi deb aytishadi. Biroq, bir qator siyosatchilar va islomshunoslar Gülenning Turkiy va boshqa mamlakatalarda davlatni qoʻlga olishga intilayotgan radikal oqim boshchisi deb hisoblashadi.[3]

Oʻzbekiston hukumati Said Nursi va Fethullah Gulenning tarafdorlarini („nurchilar“ va „Gulenchilar“ni) milliy xavfsizlikka tahdid deb qaraydi. Shu kungacha Oʻzbekistonda „Nurchilar“ diniy oqimiga aloqador bir nechta shaxs jazolandi[4].