Tres

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Tres

Tres (ispancha: tres, three) — Kuba va Puerto-Rikoda keng tarqalgan gitara turi. Kelib chiqishi va nomi bir xilligiga qaramay, tresning Kuba va Puerto-Riko versiyalarida sezilarli farqlar bor. Dastlabki versiyalarda tres uchta torga ega edi; Tresning zamonaviy kubacha versiyasida juft-juft guruhlangan oltita tor bor, Puerto-Rikonikida esa uchlikga guruhlangan toʻqqizta tor bor. Tres oʻziga xos, biroz metall tovushiga ega. Plektr bilan chalinadi, tres chaladigan kubaliklar „tresero“ (tresero), Puerto-Rikaliklar esa „tresista“ (tresista) deb ataydi.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispanlar Karib havzasi orollarini mustamlaka qilgani orqasidan ular bilan birga koʻplab ispan musiqa asboblari ham Karibga kelib qolgan. Ulardan biri orollarda juda mashhur boʻlgan va koʻplab turlari tarqalgan gitara edi. Ispan olti torli gitarasidan eng kamida toʻrtta karibcha cholgʻu asbobi kelib chiqqan: rekinto, bordonua, kuatro va tres. Ispaniyada gitara yasashda ishlatiladigan materiallardan farqli boʻlgani, shuningdek, Lotin Amerikasi gitaralarining klassik gitaralarga nisbatan boshqacha sozlanishi sababli ularning har biri oʻziga xos ovozga egadir.

Kuba tresi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kubaning milliy cholgʻu asbobi hisoblangan tres shu kungacha mashhurligini saqlab qolgan. Bir oz kichikroq oʻlchami va balandroq, yengil metall ovozi bilan klassik gitaradan osongina ajratish mumkin. Tresning dastlabki versiyalarida re minorga sozlangan uchta bir qavat tor bor edi: „D“ (" re "), „F“ (" fa ") va „A“ (" lya "). Zamonaviy tresda do majorda juft-juft sozlangan olti tor bor: „G“ („sol“) oktavaga, „C“ („do“) unisonga va „E“ („mi“) oktavaga[1]. Tres kuba sonining (musiqiy uslub) asosiy cholgʻularidan biri hisoblanadi.

Lotin Amerikasi gitaralarining koʻp turlaridan farqli oʻlaroq, bizning davrimizda anaxronistik boʻlib qolgan va faqat folklor ansambllari tomonidan qoʻllaniladi, tres hozirgi kungacha Lotin Amerikasi zamonaviy musiqasida oʻz oʻrnini saqlab qolgan. Bunda asosiy xizmat afsonaviy kubalik musiqachi — Arsenio Rodrigesga tegishli boʻlib, u boshqa narsalar qatori tresning zamonaviy musiqiy tartibini yaratganligi bilan ham tanilgan. Aynan u tufayli tres bugungi kunda Lotin Amerikasi zamonaviy musiqasini, xususan, salsani ijro etuvchi koʻplab ansambllarning bir boʻlagidir[2].

Puerto-Riko[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tres Kubadan tashqari Puerto-Rikoda ham uchraydi, ammo u yerda korpusi boshqacha shaklda, torlari soni ham boshqacha. Biroq bu mamlakatdagi tres Kubadagidek mashhur emas, chunki Puerto-Rikoliklarning kuatro deb ataladigan oʻziga xos gitarasi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mauleón, Rebeca. Salsa guidebook for piano and ensemble. — Petaluma, California: Sher Music Co., 1993. P. 29.
  2. Figueroa, Frank M. Encyclopedia of Latin Music in New York. — St. Petersburg, Florida: Pillar Publications, 1994. P. 171.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gonzalez N., Casanella L. Tres // Encyclopedia of Latin American Popular Music / Edited by G. Torres. — ABC-CLIO, 2013. — С. 410—412. — 484 с.
  • Coopat C.M. Tres // Instrumentos de la música folclórico-popular de Cuba. Vol. 2 / Centro de Investigación y Desarrollo de la Música Cubana. — Habana: Editorial de Ciencias Sociales, 1997. — С. 467—477. — 634 с.
  • Sublette N. Tres and Bongo // Cuba and its Music. From the First Drums to the Mambo. — Chicago Review Press, 2004. — С. 333—338. — 672 с.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]