Toshkent xonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent xonligi
1503 — 1627



Toshkent xonligi – oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan oʻzbekqozoq va qisman qoraqalpoqlar davlati boʻlib, davlatining markazi Toshkentda joylashgan. Xonlik tarixini uch davrga boʻlib oʻrganish mumkin.

1503-yilda Toshkent dastlab Buxoro xonligi tarkibiga qoʻshib olingan va avtonom tarzda boshqarilgan. Ammo, oʻzbek sulton (xon)lar hokim sifatida tayinlangan. 1597-yilda Abdullaxon II Shayboniy vafot etgach, Qozoqlar Toshkentni egallab olgan va shahar biroz muddat qozoq xonlari boshqaruvida boʻlgan.

1613-yil Tursun Muhammad sulton oʻz mustaqilligini eʼlon qilib, mustaqil xonlikka asos solgan. U xonlikni bir muddat boshqargan boʻlsa-da, 1627-yilda Qozoq xonligi Toshkentni egallab, mustaqil xonlikka barham bergan.

Oʻzbek xonlari davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

15011525-yillar Suyunchxoʻjaxon

15241532-yillar Keldi Muhammad

15321556-yillar Navroʻz Ahmadxon

15561576-yillar Darveshxon

15761582-yillar Bobo Sulton

15821597-yillar Abdullaxon II Shayboniy

16121613-yillar Iskandar Sulton (Joniylardan)[1].

Qozoq va qoraqalpoq xonlari davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

1597—1598-yillar Tavakkal

1598—1600-yillar Ishimxon

1600—1601-yillarda Joni Muhammadxon

1602—1603-yillar Ishimxon

1603—1604-yillar Abdul Gʻafforxon (Qoraqalpoq)

1604—1611-yillar Ishimxon

1613—1627-yillar Tursun Muhammad sulton

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Davlat muassasalari tarixi“. 2024-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.