Toshkent xalqaro film festivali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toshkent xalqaro kinofestivalidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toshkent xalqaro kinofestivali — film va ishtirokchilar soni jihatidan eng yirik kinofestivallardan. Filmlar rasmiy va informatsion dastur asosi" da namoyish etiladi. 1968 yildan "Tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va xalqlar ozodligi uchun" shiori ostida oʻtkaziladi. Dastlab konkurssiz, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining kino sohasidagi yutuqlarini namoyish qilinishi bilan boshqa kinofestivallardan farq qilgan. Festival doirasi kinosi rivojlangan Yaponiya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar bilan bir katorda milliy kinosi endi shakllanayotgan davlatlarga ham moʻljallangan. Senegallik rej. Semben Usmon, marokashlik Suxayl Ben Barkalarning filmlarining koʻrigi ilk bor Toshkent xalqaro kinofestivalik.da namoyish etildi. Festival davomida matbuot konferensiyalari, ijodiy bahslar oʻtkaziladi. Kundalik matbuot byulletenlari va "Kinofestival yoʻldoshi" gaz.jurnalilari festivalning kundalik faoliyatini yoritib boradi. Kinofestival 1988 y. (10festivaldan boshlab)dan konkursli boʻldi va 5 xil mukofot taʼsis etildi: eng yaxshi film uchun bosh sovrin "Oltin semurgʻ"; eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun "Kumush semurgʻ"; eng yaxshi ayol roli uchun "Oltin lola"; eng yaxshi erkak roli uchun "Oltin archa"; milliy anʼanalar saqlangan filmlar uchun "Xoʻja Nasriddin" sovrinlari. Birinchi bosh sovringa "Hech qayerga sayohat" nomli hind filmi sazovor boʻldi. Mustaqil boʻlgan Toshkent xalqaro kinofestivalik. "xalqaro" maqomiga ega boʻlib, barcha xohlovchi davlatlar qatnashishi fcmumkin. 1992 y. 11 Toshkent xalqaro kinofestivalik. "Assalomu alaykum" shiori ostida oʻtkazildi. Bosh sovrin avstraliya rej.i Mark Noferin filmi ("Spotvud") ga berildi. 12T.x.k. 1997 y. Chingiz Aytmatov raisligida oʻtkazilib, bosh sovrin "Alvido, azizim" (Jan. Koreya) filmiga berildi.