Tomasz Kędziora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tomas Kedziora (polyakcha: Tomasz Kędziora) 1994-yil 11-iyunda Polshaning Sulexov shahrida tugʻilgan. Polshalik futbolchi Ukrainaning „Dinamo(Kiyev) klubi va Polsha terma jamoasi himoyachisi.

Tomasz Kędziora Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 11-iyun 1994-yil(1994-06-11)(28 yosh)
Polsha[1]
Fuqaroligi Flag Polshi Polsha
Boʻyi 183 sm
Vazni 78 kg
Pozitsiyasi himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Ukraini Dinamo (Kiev)
Raqami 94
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kendziora yoshligidan futbol o‘ynay boshlagan, olti yoshidan muntazam shug‘ullana boshlagan va o‘n yoshida „Zielona Gora“dan „Lechiya“ futbol klubi maktabiga o‘qishga kirgan[2]. 2010-yilda u Lexga koʻchib oʻtdi va u yerda dastlabki ikki mavsumni ikkinchi jamoada oʻtkazgan. 2012/2013-yilgi mavsumdan boshlab Kendzyora „Lex“ning asosiy jamoasida oʻynay boshladi. 2012-yilning 12-iyulida Qozog‘istonning „Jetisu“ jamoasiga qarshi Yevropa ligasi saralash o‘yinida Tomash asosiy tarkibda debyut qildi[3]. 27-oktabr kuni „Yagelloniya“ga qarshi oʻyinda u Polshaning „Ekstraklasa“ klubi safida debyut qildi[4]. 2014-yil 5-may kuni „Zavissa“ga qarshi kechgan duelda Kenziora „Lex“ safida ilk golini urdi[5]. 2015-yilda u klubga chempionlik va Polsha Superkubogini yutishda yordam berdi.

2017-yilning yozida u UkrainaningDinamo(Kiyev) klubiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzoladi[6]. 29-iyul kuni „Karpaty Lvov“ga qarshi oʻyinda u Ukraina chempionatida debyut qildi[7]. 2018-yil 4-mart kuni Ukraina chempionati doirasidagi „Zorya Lugansk“ga qarshi o‘yinda u „Dinamo“ safidagi ilk golini kiritib, 92-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi.

2022-yilda Ukrainadagi voqealar tufayli u ketishga majbur boʻldi va Polshaning Lexida mashgʻulotlarni boshladi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Polsha yoshlar terma jamoasi tarkibida Kenziora oʻz uyidagi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u terma jamoa sardori boʻlgan va Slovakiya, Shvetsiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[8][9][10].

2017-yil 13-noyabr kuni Meksika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Kenziora Polsha terma jamoasi safida debyut qildi va 90 daqiqa maydonda toʻp surgan[11].

2021-yil 17-may kuni u bosh murabbiy Paulo Souza tomonidan Polsha terma jamoasining 2020-yilgi Yevropa chempionati o‘yinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibiga kiritilgan[12]. Ammo futbolchi turnirda maydonga tushirilmagan.

2021-yil 9-oktabrda u Polsha terma jamoasi uchun 2022-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida San-Marinoga qarshi o‘yinda maydonda faol toʻp surgan[13][14].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 15-noyabr holatida [15]
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Polsha terma jamoasi 2017 1 0
2018 6 0
2019 9 0
2020 5 0
2021 5 1
Jami 26 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 90minut.pl
  2. Полякова, Светлана. „Томаш КЕНДЗЕРА: «Я очень спокойный и неконфликтный человек»“. dynamo.kiev.ua (2017-yil 28-avgust). 2018-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-may.
  3. „Жетысу VS. Лех 1:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-iyul). 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyun.
  4. „Лех VS. Ягеллония 0:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 27-oktyabr). 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyun.
  5. „Завиша VS. Лех 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 10-avgust). 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyun.
  6. „В киевское «Динамо» перешёл польский защитник Кедзиора“ (ru). sports.ru (2017-yil 11-iyul). 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
  7. „Динамо Киев VS. Карпаты 5:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 29-iyul). 2019-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
  8. „Польша (до 21) VS. Словакия (до 21) 1:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 16-iyun). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  9. „Польша (до 21) VS. Швеция (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 19-iyun). 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  10. „Англия (до 21) VS. Польша (до 21) 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 22-iyun). 2017-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  11. „Польша VS. Мексика 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 13-noyabr). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-mart.
  12. „PAULO SOUSA OGŁOSIŁ POWOŁANIA NA UEFA EURO 2020“ (pl). Польский футбольный союз (2021-yil 17-may). 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  13. „Дебютный гол Томаша Кендзеры помог сборной Польши разгромить Сан-Марино“ (ru). Официальный сайт ФК «Динамо» (Киев) (2021-yil 9-oktyabr). 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  14. „ŁZY ŁUKASZA FABIAŃSKIEGO I PEWNA WYGRANA POLSKI Z SAN MARINO“ (pl). Польский футбольный союз (2021-yil 9-oktyabr). 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  15. „Kędziora, Tomasz“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.