Tojixon Hasanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tojixon Hasanova
Tavalludi 1916-yil
Vafoti 2003-yil 12-avgust
Andijon viloyati, O'zbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
 Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa, Qo'shiqchi
Faoliyat yillari 1930-1994
Mukofotlari

Tojixon Hasanova (1916 — 2003) — Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri aktrisasi, Qirgʻiziston xalq artisti (1940), Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼat arbobi. Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 2-4 chaqiriq deputati etib saylangan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojixon Xasanova 1916-yil 14-iyunda Oʻsh shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek . 14-yoshli yosh, isteʼdodli xonandani Oʻsh oʻzbek musiqali drama teatriga artist sifatida qabul etishgan. Koʻp oʻtmay Tojixon Hasanova „Ikki kommunist“, K.Yashinning „Doʻstlar“, Gʻulom Zafarning „Xalima“, U. Gadjibekovning „Arshin malalan“, J. Turusbekovning „Ajal Orduna“ spektakllarida bosh rollarini ijro eta boshlaydi.

U oʻzining yoqimli va baland ovozi bilan tomoshabinlar olqishi va hurmatini qozondi. Tojixon repertuarini oʻzbek, qirgʻiz va tojik mumtoz musiqa asarlari bilan muntazam boyitib bordi.

Tojixon Hasanova Oʻsh oʻzbek teatri tomonidan sahnalashtirilgan „Adolat“ musiqali dramada ijro etgan bosh qahramon obrazi tomoshabinlar hukmiga ming martadan ortiq namoyish etilgan. Shuningdek, „Farhod va Shirin“, „Qurmonbek“, „Tohir va Zuhra“, „Layli va Majnun“, „Alpomish“, „Nurxon“ kabi nufuzli va spektakllarda T. Xasanova asosiy rollarni ijro etgan, bu spektakllar Qirgʻiziston teatr sanʼatining oltin fondiga kiritilgan.

1934-yilda Leningrad shahridagi teatr gastrollarida qatnashgan. Tojixon Xasanova 1939 va 1959-yillarda Moskvada oʻtkazilgan Qirgʻiziston adabiyoti va sanʼati dekadasi ishtirokchisi. Teatr festivallari va mumtoz qoʻshiq ijrochilari tanlovlarida u „Qirgʻiziston bulbuli“ yuksak unvoniga sazovor boʻlgan.

1940 -yilda Qirgʻiziston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlangan, "Mehnat Qizil Bayroq" ordeni (1942), "Shon-sharaf belgisi" ordeni, Oʻzbekiston „Shuhrat“ medali (1994) bilan taqdirlangan). Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining uch chaqiriq deputati etib saylangan.

2003-yil 12-avgustda Andijon shahrida vafot etgan.

Teatrdagi rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lolaxon (Hamzaning shu nomli pyesasi)
  • Jamila („Boy ila xizmatchi“ Hamza)
  • Dilbar („Ikki kommunist“, K. Yashin)
  • Gulsara (K.Yashinning shu nomli pyesasi)
  • Shirin (Farhod va Shirin, Xurshid)
  • Halima (Zafariyning shu nomli pyesasi)
  • Adolat (Akromovning shu nomli pyesasi)
  • Malikai Turandot (K. Gozzi)
  • Agafya Tixonovna („Uylanish“ N.Gogol)
  • Dunka („Bahor sevgisi“, K.Treneva)
  • Zulayxo (Ajal Orduna, Turusbekov)
  • Gulchehra („Arshin malalan“, V. Gadjibekov)

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Театральная энциклопедия, Том IV. Москва: Гос. науч. изд-во "Сов. энциклопедия", 1965 — 113, 241 bet. 
  2. Киргизская Советская Социалистическая Республика: энциклопедия. Фрунзе: Глав. ред. Киргизской сов. энциклопедии, 1982 — 432, 443 bet. 
  3. Энциклопедия Ошской области, Раздел "Театральная жизнь". Фрунзе (Бишкек): Глав. ред. Киргизской сов. энциклопедии, 1987 — 109—111 bet.  BBK 92ya2 (rus.).
  4. Национальная энциклопедия Узбекистана. Ташкент: Государственное научное издательство "Ўзбекистон миллий энциклопедияси", 2000—2006 — 219, буква "Ў" bet.  (Wayback Machine saytida 2018-07-12 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya ot 12-iyulya 2018 na Wayback Machine (uzb.)
  5. Национальная энциклопедия «Кыргызстан», 5 том. Бишкек: Центр Государственного языка и энциклопедии, 2014 — 763 bet. ISBN 978-9967-14-111-7.  (kirg.)
  6. Кыргызстан: энциклопедия. Фрунзе: Центр Гос. языка и энциклопедии, 2001 — 485, 520 bet. 
  7. Искусство советской Киргизии. Москва; Ленинград: Государственное издательство "Искусство", 1939 — 41, 42, 44 bet.  Mat-li k dekade kirg. iskusstva v Moskve. 1939 g.
  8. Киргизский театр: очерк истории. Москва: Искусство, 1953 — 129 bet. 
  9. Культурное строительство в Киргизии: ч. 1. 1930-1941 гг.: Народное образование. Фрунзе: Киргизское государственное издательство, 1957 — 18, 47 bet. 
  10. Искусство Киргизской ССР, Фрунзе, 1958 — 40, 70 bet. 
  11. "Розияхон Муминова "Декада киргизского искусства и литературы в Москве". Фрунзе: Киргизгосиздат, 1958.  −16 s.: il.; 20 sm.
  12. Таджихон Хасанова: Нар. артистка Киргиз. ССР. Фрунзе: Киргизгосиздат, 1958.  −20 s.: il.; 20 sm.
  13. История киргизского искусства. Фрунзе: Илим, 1971 — 76, 108 bet. 
  14. "Ошский узбекский музыкальный драматический театр". Фрунзе: Кыргызстан, 1980.  21 sm, BBK 85.4. (uzb.), (rus.) i (kirg.)
  15. "Ошский академический театр". Ош: "Азия Принт", 2010.  (uzb.)
  16. "Во имя процветания Кыргызстана" Энциклопедическое издание о выдающихся узбеках Кыргызстана. Ош: "Ризван", 2017 — 27—32, 287-309 bet. ISBN 978-9967-18-344-5.  UDK 351/354. BBK 66,3(2Ki). (uzb.), (rus.) i (kirg.)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]