Toʻychi Nazarov
Toʻychi Nazarov | |
---|---|
Tavalludi |
15-may 1896-yil Qalacha qishlogʻi, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati |
Vafoti |
18-iyun 1974-yil (78 yoshda) Qalacha qishlogʻi, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston SSR |
Qoʻshin turlari | Piyoda askarlar |
Xizmatdagi yillari | 1941—1945 |
Unvoni | oddiy askar |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari |
Toʻychi Nazarov (1896-yil 15-may, Qalacha qishlogʻi, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1974-yil 18-avgust, Qalacha qishlogʻi, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR ) — sovet harbiy xizmatchisi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945), 17-gvardiya mexanizatsiyalashgan brigadaning 2-motooʻqchi batalyoni oʻqchisi (1-Ukraina fronti, 4-gvardiya tank armiyasining 6-gvardiya mexanizatsiyalashgan korpusi)[1][2][3].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻychi Nazarov 1896-yil 15-mayda[2][3] (baʼzi manbalarda, 1910-yil)[4]Fargʻona viloyati Qalacha qishlogʻi (ayrim manbalarda, Kaptarxona qishlogʻi) dehqon oilasida tavallud topgan. Millati tojik[1][5]. Oʻrta maktabni tugatib, kolxozda traktorchi boʻlib ishlaydi[1]. 1943-yil may oyida Fargʻona tumani harbiy komissarligi tomonidan harbiy xizmatga safarbar etilgan. 1943-yil iyundan urushda ishtirok eta boshlagan[5]. 1945-yil yanvarida Nazarov Sandomir-Sileziya hujum operatsiyasida, yaʼni Koben shahri (Polshadagi hozirgi Xobyenya) yaqinidagi Oder daryosini kesib oʻtib[2], daryoning gʻarbiy qirgʻogʻidagi hududni saqlab qolishda jonbozlik koʻrsatgan[1]. 1945-yil 24-yanvarda ushbu shahar yaqinidagi jangda 12 nafar gitlerchilar va bitta qoʻl pulemyoti guruhini yoʻq qiladi[6][7][8][9]. Nazarov 1945-yil 10-aprelda fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni hamda Lenin ordeni va „Oltin yulduz“ medali bilan taqdirlanadi[5][6][7][10][11]. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin Nazarov harbiy xizmatdan ozod etilib, oʻz yurtiga qaytib keladi. Nazarov oʻz qishlogʻida umrining oxirigacha yashab, ishlab kelgan[1]. 1974-yil 18-avgustda 78 yoshida[2][3] (baʼzi manbalarda, 1971-yil 61 yoshida)[11] vafot etadi[8]. Oʻz qishlogʻi Qalachadagi qabristonga dafn etilgan.
Unvon va ukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945-yil 10-aprel);
- „Oltin yulduz“ medali (1945-yil 10-aprel);
- Lenin ordeni (1945-yil 10-aprel);
- „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi“ medali;
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali (1945-yil 9-iyun);
- „1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning yigirma yilligi“ yubiley medali (1965-yil 7-may);
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Toʻychi Nazarov nomi Moskva shahri, Gʻalaba bogʻida joylashgan Gʻalaba muzeyidagi Shon-sharaf zaliga zarhal harflar bilan bitilgan;
- Qabriga yodgorlik qabrtoshi oʻrnatilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Igor Serdyukov. „Nazrov Tuychi“ (rus tilida). 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Nazarov Tuychi“ (rus tilida). 2014-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Elena Kirmizi Nar napisala noviye portreti geroyev Uzbekistana“ (rus tilida) (2022-yil 24-iyun). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ Fargʻona tumani tarixi 2013, s. 334
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Nazarov Tuychi“ (rus tilida). 2022-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ 6,0 6,1 „Nagrada Tuychi Nazarova“ (rus tili). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ 7,0 7,1 „Nazarov Tuychi“ (rus tilida). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ 8,0 8,1 „Geroi SSSR iz Tadjikistana: polniy spisok uchastnikov Velikoy Otechestvennoy voyni“ (rus tilida) (2023-yil 8-may). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ „Geroi VOV iz Tadjikistana“ (rus tilida). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ I. Lyaskalo. „Podvig Tuychibaya“ (rus tilida). „Pravda Vostoka“ gazetasi, №113 (14752) (1965-yil 16-may). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ 11,0 11,1 Fargʻona tumani tarixi 2013, s. 336
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nodirbek Abdulahatov, Fayzullo Zohidov. Fargʻona tumani tarixi. Fargʻona: „Fargʻona“ nashriyoti, 2013 — 368-bet.
- 15-mayda tugʻilganlar
- 1896-yilda tugʻilganlar
- 18-iyunda vafot etganlar
- 1974-yilda vafot etganlar
- Sovet Ittifoqi Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari