Titaniс (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Titanik (film)dan yoʻnaltirildi)
Titanic

Film posteri
Rejissyor(lar) James Cameron
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) James Cameron
Rollarda
Bastakor(lar) James Horner
Kinematografiya Russell Carpenter
Muharrir(lar)
  • Conrad Buff
  • James Cameron
  • Richard A. Harris
Studiya(lar)
Distribyutor
  • Paramount Pictures
    (Shimoliy Amerika)
  • 20th Century Fox
    (xalqaro)
Chiqarilgan sanasi
  • 1-noyabr, 1997-yil(1997-11-01) (Tokio)
  • 19-dekabr, 1997-yil(1997-12-19) (AQSh)
  • 20-dekabr, 1997-yil(1997-12-20) (Janubiy Afrika)
Davomiyligi 195 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $200 million[4][5][6]
Daromadi $2,202 billion[7]

Titanic 1997-yilda ekranlarga chiqarilgan epik-romantik filmdir. James Cameron tomonidan suratga olingan. Filmda RMS Titanic kemasining birinchi suzishidayoq choʻkishi badiiy tasvirlangan. Filmda bosh rollarni Leonardo DiCaprio, Kate Winslet, Billy Zane, Kathy Bates, Frances Fisher, Gloria Stuart, Bernard Hill, Jonathan Hyde, Victor Garber va Bill Paxton ijro etgan.

Filmning ilk namoyishi 1997-yilning 1-noyabrida boʻlib oʻtgan. Film ham tijoriy, ham tanqidiy jihatdan muvaffaqiyat qozongan. Koʻplab yutuqlarga, jumladan, 14 marotaba Oscarga nomzod qilib koʻrsatilgan; ularning 11 tasida gʻolib boʻlgan. Film kinoprokatlarda umumjahon boʻylab $2,2 milliardan ortiq mablagʻ toʻplagan va tarixdagi uchinchi eng kassabop filmga aylangan (birinchi oʻrinni Cameron suratga olgan Avatar filmi egallagan). Titanic kinokartinasining 3D versiyasi 2012-yilning 4-aprelida chiqarilgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yil Akademik Mstislav Keldish tadqiqot kemasida Brock Lovett va uning jamoasi ummon tubidan RMS Titanic layneri qoldiqlarini izlashadi. Jamoa kema qoldiqlaridan seyf topadi. Seyfni ochib koʻrishganda, uning ichidan boʻyniga „Okean yuragi“ taqinchogʻini taqqan yalangʻoch ayolning chizilgan surati chiqadi. Surat 1912-yilning 14-aprelida, Titanic aysbergga urilgan kunda chizilgan boʻlib, unda tasvirlangan ayol Rose Dawson Calvert (talaffuzi: Rouz Douson Kalvert) ekanligi aniqlanadi. Soʻngra, Rose Keldish kemasiga olib kelinadi. U jamoaga Titanicda boʻlganida boshdan kechirgan voqealari haqida soʻzlab beradi.

1912-yili 17 yashar Rose DeWitt Bukater (talaffuzi: Rouz Dyuitt Bukeyte) beva onasi — Ruth (talaffuzi: Ruz) va qalligʻi — Caledon „Cal“ Hockley (talaffuzi: Kaledon Kol Hokli) bilan birgalikda birinchi klass yoʻlovchilari oʻlaroq Southampton portidan New York shahriga yoʻl olgan Titanic kemasi bortiga chiqadi. Ruth Rosening badavlat Calga turmushga chiqishiga oilasidagi moliyaviy muammolar yechimi sifatida qaraydi. Bu vaqtda kambagʻal hayot kechiruvchi musavvir — Jack Dawson (talaffuzi: Jek Douson) poker oʻyinida Titanic kemasining uchinchi klassi uchun chipta yutib olib, soʻnggi lahzalarda kema bortiga chiqishga ulgiradi. Kema yoʻlga chiqqanda, Rose muhabbat ustiga qurilmagan nikohidan tushkunlikka tushib, kema bortidan suvga sakrab oʻzini oʻldirmoqchi boʻladi. Buni koʻrib qolgan Jack Roseni bortdan sakrash fikridan qaytaradi. Shundan keyin ikkovi bir-birlari bilan doʻstlashib olishadi. Biroq, Cal va Ruth bunga kuchli qarshilik bildirishganda, Rose oʻzini Jackdan olib qochishga harakat qiladi. Ammo, keyinchalik unga nisbatan hissiyotlarga sohibligini tushunib yetadi.

Rose Jackni boʻlmasiga olib boradi. Soʻngra, boʻyniga Cal tuhfa qilgan „Okean yuragi“ taqinchogʻini taqib olib, yap-yalangʻoch boʻlib oladi va Jackdan suratini chizishini soʻraydi. Jack bunga rozi boʻlib, uning yalangʻoch suratini qogʻozga tushiradi. Keyinchalik, ular Calning xizmatkori Lovejoy (talaffuzi: Lavjoy) dan qochib ketishadi hamda kema tryumida yaqin ishqiy munosabatda boʻlishadi. Soʻngra, ikkovlon Titanicning aysberg bilan toʻqnashuviga shohid boʻlishadi va kema ofitserlarining jiddiy muammo haqida gaplashishayotganini eshitib qolishadi. Bu orada, Cal seyfida Jack chizgan surat, taqinchoq va Rose yozib qoldirgan haqoratomuz maktubni topadi. Jack va Rose toʻqnashuv haqida boshqalarni ogohlantirish uchun qaytganda, Cal xizmatkori Lovejoyga taqinchoqni Jackning choʻntagiga bildirmasdan solib qoʻyishini buyuradi. Lovejoy buyruqni bajargandan biroz oʻtib, Jack taqinchoqni oʻgʻrilaganlikda ayblanadi va palubaga kishanlanadi. Cal esa taqinchoqni olib, kamzuli choʻntagiga solib qoʻyadi.

Kema asta-sekin ummon qariga choʻkishni boshlagan bir mahalda, Rose Cal va onasi bilan birga qutqaruv qayigʻiga oʻtirishdan bosh tortib, ulardan qochib ketadi. Soʻngra, u kishanlangan Jackni topadi va uni ozod etadi. Keyin, ikkalasi qutqaruv qayigʻiga oʻtirish uchun palubaga qaytishadi. Cal va Jack Roseni qutqaruv qayigʻiga oʻtirishga undaydi. Cal Jack ham u bilan birga qayiqda ketishi haqida aytgandan keyingina Rose qutqaruv qayigʻiga oʻtiradi. Biroq, Rose Jacksiz oʻzi keta olmasligini tushunib, qayiqdan tushadi va Jack tomon intiladi. Ikkalasi oʻrtasida muhabbatni koʻrgan Cal Lovejoyning toʻpponchasini olib, ularni kemaning birinchi klass yoʻlovchilari uchun moʻljallangan ovqatlanish zaligacha taʼqib etadi. Jack va Rose undan qochib qutulishga erishadi. Cal keyinchalik yoʻqolgan bolaning otasiman, deb aldab, qutqaruv qayigʻiga oʻtiradi.

Jack va Rose palubaga qaytadi. Ammo, ular qaytganlarida, qutqaruv qayiqlari joʻnab ketgan boʻladi. Biroz oʻtib, kemaning suv bosgan tumshugʻi choʻka, quyruq qismi esa koʻtarila boshlaydi. Jack va Rose kema quyrugʻining eng oxiriga borib, u yerga mahkam oʻrnashib olishadi. Kema teng yarmidan ikkiga boʻlinib, tumshuq qismi choʻkib ketadi. Kemaning qolgan qismi biroz muddat ummon ustida turib, keyin suvga gʻarq boʻla boshlaydi. Kema toʻliq choʻkib boʻlganidan soʻng, Jack va Rose boshqalar kabi suv ustidagi ilingan narsalarga osilib olishga harakat qiladi. Jack Rosega faqat bir kishi ketadigan yogʻoch panel ustiga chiqib olishiga yordamlashadi. Jack gipotermiyadan halok boʻladi, Rose esa qutqaruv qayiqlarida kelgan ofitserlar tomonidan qutqariladi.

RMS Carpathia paroxodi omon qolganlarni qutqaradi; Cal omon qolgan yoʻlovchilar orasidan Roseni qidiradi, ammo uni topa olmaydi (Rose undan yashirinib oladi). Ustiga Calga tegishli kamzulni tashlab olgan Rose kamzul choʻntagidan taqinchoqni topadi. Bugungi kunda, Rose Cal 1929-yilgi inqirozda xonavayron boʻlib, bunga chida olmay oʻz joniga suiqasd qilganligini aytadi. Lovett Rosening hikoyasini eshitgandan keyin „Okean yuragi“ni izlashdan voz kechadi. Keyinchalik, Rose Keldish kemasining quyruq qismiga borib, uzoq yillardan beri oʻzida boʻlgan „Okean yuragi“ taqinchogʻini suvga uloqtirib yuboradi. Film soʻngida, yosh Rose Titanic kemasida kema halokatidan vafot etgan odamlar olqishlari ostida Jack bilan raqs tushayotgan sahna koʻrsatiladi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qahramon Aktyor
Jack Dawson Leonardo DiCaprio
Rose DeWitt Bukater (yoshligi) Kate Winslet
Rose Dawson Calvert (qariligi) Gloria Stuart
Caledon „Cal” Hockley Billy Zane
Fabrizio De Rossi Danny Nucci
Ruth DeWitt Bukater Frances Fisher
Brock Lovett Bill Paxton
Lizzy Calvert Suzy Amis
Spicer Lovejoy David Warner
Margaret „Niezatapialna Molly” Brown Kathy Bates
Kapitan Edward Smith Bernard Hill
Thomas Andrews Victor Garber
Joseph Bruce Ismay Jonathan Hyde
Henry Wilde Mark Lindsay Chapman
William Murdoch Ewan Stewart
Charles Lightoller Jonathan Phillips
Herbert Pitman Kevin De La Noy
Joseph Boxhall Simon Crane
Harold Lowe Ioan Gruffudd
James Moody Edward Fletcher
John Jacob Astor IV Eric Braeden

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini James Horner yaratgan.

Titanic: Music from the Motion Picture treklisti
NomiMuallif(lar)Ijrochi(lar)Davomiyligi
1.„Never an Absolution“  3:03
2.„Distant Memories“  2:23
3.„Southampton“  4:01
4.„Rose“  2:52
5.„Leaving Port“  3:26
6.„Take Her to Sea, Mr. Murdoch“  4:31
7.„Hard to Starboard“  6:52
8.„Unable to Stay, Unwilling to Leave“  3:56
9.„The Sinking“  5:05
10.„Death of Titanic“  8:26
11.„A Promise Kept“  6:02
12.„A Life So Changed“  2:13
13.„An Ocean of Memories“  7:57
14.„My Heart Will Go On“Will JenningsCéline Dion5:11
15.„Hymn to the Sea“  6:26

Tanqidi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taqriz yigʻuvchi Rotten Tomatoes saytida Titanis filmi haqida 193 maqola yigʻilib, ulardan 89 foizi filmni ijobiy baholagan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Titanic (1997)“. Film & TV Database. British Film Institute. 2009-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2011-yil.
  2. 2,0 2,1 „Titanic“. AFI Catalog of Feature Films. American Film Institute. 15-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2018-yil.
  3. TITANIC (12)“. British Board of Film Classification (14-noyabr 1997-yil). 27-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2014-yil.
  4. Garrett, Diane. „Big-budget bang-ups.“. Variety (20-aprel 2007-yil). 17-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2009-yil.
  5. Wyatt, Justin; Vlesmas, Katherine (1999). „The Drama of Recoupment: On the Mass Media Negotiation of Titanic“. 29–45-bet. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam) In Sandler & Studlar (1999).
  6. Welkos, Robert W.. „The $200-Million Lesson of 'Titanic'“. Los Angeles Times (11-fevral 1998-yil). 15-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2009-yil.
  7. Titanic (1997). Box Office Mojo. IMDb. 15-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Titanic (1997)“. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.

Oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]