Crash (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Crash
Crash ver2.jpg
Film posteri
Rejissor Paul Haggis
Produser Don Cheadle
Paul Haggis
Katy Shulman
Ssenariynavis(lar) Robert Moresco
Paul Haggis
Rollarda Sandra Bullock
Don Cheadle
Matt Dillon
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Lionsgate
Reliz sanasi 2004
Davomiyligi 112 daqiqa
Mamlakatlar AQSH bayrogʻi AQSh
Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Til inglizcha
Budjet 6,5 million $
Daromad 98,4 million $

Crash (tarjimasi „Toʻqnashuv“) — rejissyor Paul Haggis[1] tomonidan suratga olingan, 2004-yil sentyabr oyida Toronto kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan va 2005-yilda xalqaro prokatga chiqqan dramatik film. Film koʻplab tanqidchilar uchun kutilmaganda „Oscar“ tanlovi „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida sevimli deb hisoblangan „Brokeback Mountain“ filmini magʻlub etgan[2].

Film uch karra „Oscar“ sovrindori, ikki karra BAFTA sovrindori va ikki karra „Oltin globus“ mukofotiga nomzod boʻlgan. Undan tashqari film bir nechta mukofot va nominatsiyalarga sazovor bo'lgan. Filmda ishtirok etgan Dillon Academy Awards, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild marosimlarida „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“ nominatsiyasini olgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film bir nechta avtohalokatlar, otishmalar va avtoulovlarning oʻgʻirlanishi orqali bir umumiy mavzu ostida birlashtirilgan bir nechta (men, men dunyodaman, men jamiyatdaman) qisqa hikoyalardan iborat. Deyarli barcha personajlar syujet davomida oʻz eʼtiqodlarini qayta koʻrib (oʻrganib) chiqishlari kerak boʻlgan mojarolarda ishtirok etadilar. Shuningdek, film davomida tomoshabin qahramonlarga bergan baholarini va ular haqidagi fikrlarini doimiy ravishda oʻzgartirishga majbur boʻladi. Sakkiz syujetning har birida rejissyor asosiy muammodan tashqari irqchilik, turli madaniyatlar toʻqnashuvi muammosini ham koʻtaradi. Turli xil personajlar ishtirokidagi epizodlar orqali bu film voqelik, hayot haqiqati va undagi munosabatlarni koʻrsatib beradi. Hikoyalar bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlsa-da, tomoshabin film orqali dunyoda nima boʻlishini oldindan aytib boʻlmasligini va uni naqadar shafqatsiz ekanligini koʻrishi mumkin.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor Rol
Don Cheadle Graham Waters Detektiv Graham Waters
Matt Dillon John Ryan Zobit John Ryan
Sandra Bullock Jean Cabot Jean Cabot
Brendan Fraser Rick Cabot Rick Cabot
Ryan Phillippe Tom Hansen Zobit Tom Hansen
Terrence Howard Cameron Thayer Cameron Thayer
Tandy Newton Christine Thayer Christine Thayer
Ludacris Anthony Anthony
Jennifer Esposito Ria Ria
Michael Peña Daniel Daniel
Karina Arroyave Elizabeth Elizabeth
Bahar Sumekh Dorry Dorry
William Fichtner Flanagan Flanagan
Keith David Dixon leytenant Dixon
Dato Bakhtadze Lucien Lucien
Tony Danza Fred Fred
Sean Toub Farhad Farhad
Loretta Devine Shaniqua Johnson Shaniqua Johnson
Daniel Dae Kim Pak Pak
Billy Gallo Hill Ofitser Hill
Marina Sirtis Sherin Sherin
Greg Young Pike Choi Choi
Lorenz Tate Peter Waters Peter Waters
Kathleen York Johnson Ofitser Johnson
Beverly Todd Grahamning onasi
Jack McGee qurol do'koni egasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Turner Classic Movies staff „Biography for Paul Haggis“ (deadlink). Turner Classic Movies. Time Warner (2009). 19-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-oktabr 2009-yil.
  2. Maybe 'Crash’s' upset at the Oscars shouldnʼt have been such a surprise? Arxivlandi 2012-01-13 Wayback Machine saytida. Los Angeles TimesYes check.svg

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]