Gipotermiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gipotermiya (gipo... va yun. therme — issiqlik) — odam va issiq qonli hayvonlarda temperaturaning odatdagidan pasayishi; bunga organizmda issiqlikning hosil boʻlishidan koʻra koʻproq sarflanishi sabab boʻladi. Termoregulyatsiya (issiqlikning idora etilishi) buzilganda, mastlik, qon yoʻqotish, shok holatlarida organizmda issiqlik hosil boʻlishi bilan uning tashqariga chiqarilishi oʻrtasidagi nisbat buzilib, gavda temperaturasi pasayishi mumkin. G. tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy G. koʻpgina hayvonlarning qishki uyquga moslashish jarayonidir, bunda gavda temperaturasi tushib ketganda ham ular bemalol yashay oladi. G. sharoitida moddalar almashinuvi, qon aylanishi, toʻqimalarning kislorodga boʻlgan ehtiyoji keskin kamayadi. Bu esa tibbiyot amaliyotida odamning ham gavda temperaturasini sunʼiy tushirish imkoniyatini beradi. Gavda temperaturasini sunʼiy tushirish uchun vegetativ nerv sistemasiga taʼsir etadigan turli doridarmonlardan foydalaniladi. Sunʼiy G.ning umumiy va mahalliy xillari bor. Sunʼiy G. gipertermiyaning xavfli shaklida, kalla suyagi — miya shikastlanishlari, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasining qonaydigan xillarini davolashda qoʻllaniladi. Undan jarrohlik, ayniqsa yurakni operatsiya qilishda keng foydalaniladi, natijada qon aylanishi qisman yoki toʻla toʻxtatib qoʻyiladi, natijada aʼzo va toʻqimalarda kislorod tanqisligi xavfi yoʻqoladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil