Kate Winslet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kate Winslet
Tugʻilishi
Kate Winslet

5-oktabr 1975 (1975-10-05) (45 yosh)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 1991—hozirgacha
Mukofotlari
Bolalari 3

Kate Elizabeth Winslet (talaffuzi: Keyt Elizabet Uinslet; 1975-yil 5-oktabrda tugʻilgan) — ingliz aktrisasi. Oscar, uchta BAFTA, Emmy va Grammy mukofotlariga sazovor boʻlgan sanoqli aktrisalardan biri.


Winslet Berkshire Riding shahrida tugʻilgan. Redroufs teatr maktabida dramaturgiya boʻyicha tahsil olgan. U 15 yoshida Britaniyaning „Dark Season“ (1991) serialida birinchi rolini ijro etdi. Koʻp oʻtmay global yulduz „Titanik“ (1997) romantikasida Leonardo DiCaprio bilan birga bosh rolni ijro etdi. Bu shu paytgacha eng yuqori darajadagi film deya tan olindi. Winslet keyinchalik Quills (2000), Iris (2001), Kichik bolalar (2006), „Inqilobiy yoʻl“ (2008), „Oʻquvchi“ (2008), „Versaldagi Muhabbat“ kabi filmlarda mahoratli rollarni ijro etdi. „Oʻquvchi“ filmidagi roli uchun BAFTA mukofotiga va „Eng yaxshi aktrisa uchun“ Oscar mukofotiga sazovor boʻldi.

Time jurnali Winsletni 2009-yilda dunyoning eng nufuzli 100 kishidan biri deb eʼlon qildi. 2012-yilda Britaniya imperiyasi ordeni (CBE) bilan taqdirlandi. Winslet uch marta turmush qurdi. Rejissor Sam Mendes bilan ajrashganidan soʻng 2012-yilda biznesmen Edvard Abel Smit bilan turmush qurgan. Uning har bir nikohdan bittadan farzandi bor.[1]

Manbalar[tahrir]


Havolalar[tahrir]