Yashil kitob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Green Book
Green Book (2018 poster).png
Film posteri
Rejissor Peter Farrelly
Produser
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor Kris Bowers
Kinematografiya Sean Porter
Muharrir Patrick J. Don Vito
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Distributor Universal Pictures[1]
Reliz sanasi
  • 11-sentabr, 2018-yil(2018-09-11)

(TXFF)

  • 16-noyabr, 2018-yil(2018-11-16)

(AQSh)

Davomiyligi 130 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Budjet $23 million[4]
Daromad $321.8 million[5]

Yashil kitob (inglizcha: Green Book) — rejissor Peter Farrelly tomonidan suratga olingan komediya-drama janridagi film. Film voqealari real hayotga asoslangan. Filmda bosh rollarni Viggo Mortensen, Mahershala Ali va Linda Cardellini ijro etgan.

Film premyerasi 2018-yil 11-sentabrda Toronto xalqaro film festivalida boʻlib oʻtdi va u yerda eng yaxshi „Xalq tanlovi“ mukofotini qoʻlga kiritdi[6][7]. Film AQShda 2018-yil 16-noyabr cheklangan prokatda, butun mamlakat boʻylab esa 21-noyabrda chiqdi[8].

2018-yil dekabr oyida „Yashil kitob“ filmi Amerika kino instituti (AFI)[9] tomonidan chop etilgan 2018-yildagi 10 ta eng yaxshi filmlar roʻyxatiga kiritildi. 2019-yil yanvar oyida esa ushbu film Amerika produserlar gildiyasi bosh mukofotini qoʻlga kiritdi. Film „Eng yaxshi film — komediya yoki musiqiy“, „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor“ (Mahershala Ali) va „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyalari boʻyicha uchta "Oltin globus " bilan taqdirlangan. Oskar taqdirlash marosimida film bir xil nominatsiyalarda uchta mukofotga sazovor boʻldi, shuningdek, eng yaxshi aktyor(Viggo Mortensen) va eng yaxshi montaj uchun nomzod boʻldi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

New York, 1962-yil „Tony Boltun“ (Viggo Mortensen) laqabli italyan-amerikalik bounser Frenk Vallelonga oʻzi ishlagan tungi klubda taʼmirlash ishlari olib borilgani tufayli yangi ish qidirmoqda edi. U Amerikaning janubiy shtatlari boʻylab konsert gastroli uchun haydovchi qidirayotgan afro-amerikalik pianinochi Don Shirli (Mahershala Ali) bilan suhbatga taklif qilinadi. Don Shirli Tonyni yollaydi va ular Rojdestvo arafasida New Yorkka qaytib olish uchun imkon qadar tezroq yoʻlga chiqishga qaror qilishadi. Donning ovoz yozish studiyasi vakillari Tonyga Qoʻshma Shtatlarga qora tanli sayohatchilar uchun qoʻllanma boʻlgan „Yashil kitob“ nusxasini berishadi. Kitobda mehmonxonalar, restoranlar va yoqilgʻi quyish shoxobchalari roʻyxati keltirilgan.

Ular sayohatni Oʻrta Gʻarbdan boshlashadi va keyin janubga qarab harakat qilishadi. Avvaliga Tony va Don kelisha olishmaydi: Shirli Tonydan iltifotliroq boʻlishni soʻraganda, Tony oʻzini noqulay his qiladi va bu Donning jaxlini chiqaradi. Ammo gastrol davom etar ekan, Tony Donning musiqiy isteʼdodidan hayratda qoladi, shu bilan birga uni sahnadan tashqari hayotda qora tanli boʻlgani uchun kamsituvchi munosabatlardan dahshatga tushadi. Kentukki shtatining Luisvil shahrida bir guruh oq tanlilar barda Donga hujum qilishadi va Tony uni qutqarish uchun keladi. Shundan soʻng, Tony Dondan musiqiy turning qolgan qismida mehmonxonalarni yolgʻiz tark etmaslikni soʻraydi.

Sayohat davomida Don Tonyning xotini Doloresga (Linda Cardellini) maktub yozishda yordam beradi, bu unga chuqur taʼsir qiladi. Oʻz navbatida, Tony Donni akasi bilan munosabatlarni yaxshilashga undaydi, Don doimiy konsertlar va gastrollar tufayli vaqt yoʻqligini vaj qilib bu taklifni qabul qilmaydi. Jorjiya shtatining Makon shahrida Donni hovuzda oq tanli bilan kelishmovchilik sabab politsiya qoʻlga oladi va Tony musiqachining hibsga olinishining oldini olish uchun politsiyachilarga pora beradi. Don esa oʻzini haqorat qilgan politsiyachilarni Tony siylaganidan xafa edi.

Keyinroq shahar chetidagi magistrallardan birida ularning mashinasini boshqa politsiyachilar toʻxtatib qolishadi. Yomgʻir yogʻayapti, politsiyachilar Don va Tonyni mashinadan majburlab tushirishadi va ularni haqorat qilishadi. Tony oʻzini tutib tura olmaydi va politsiyachilardan biriga musht tushiradi, buning uchun ikkalasi ham hibsga olinadi va qamoqxonaga olib ketiladi. Ular hibsda boʻlganlarida, Don politsiyachilardan unga qoʻngʻiroq qilish huquqini berishlarini soʻraydi. U bu fursatdan foydalanib, AQSh Bosh prokurori Robert Kennedi bilan bogʻlanadi va gubernatorga vaziyatni tushuntiradi, natijada prokuror sherifga ikkalasini mahbusni ham hibsdan ozod qilishni buyuradi.

Tur Birmingemda tugashi kerak edi. Avvaliga Donni faxriy mehmon sifatida kutib olishadi, ammo ularga qora tanli boʻlgani uchun restoranda hammaning oldida ovqatlanish taqiqlanadi Don esa mehmonlari oldida chiqish qilishi kerak. Bu vahshiy kamsitish Tonyni gʻazablantiradi va u menejerga tashlanadi. Ammo Don uni ishontiradi va agar Tony xohlasa, musiqa chalishga tayyorligini aytadi, lekin ular ketishga qaror qilishadi. Shundan soʻng, Tony Donni Orange Bird klubiga olib boradi, u yerda Don oʻz musiqasi bilan mijozlarni hayron qoldiradi, hamma raqsga tushadi va vaqtni yaxshi oʻtkazishadi.

Tony va Don Rojdestvoni uyda oʻtkazish uchun New Yorkka qaytib ketishadi. Ularga qishning toʻsatdan kelishi va kuchli qor yogʻishi toʻsqinlik qiladi. Bundan tashqari, yoʻlda ularni yana politsiyachi toʻxtatadi, ammo bu safar u ularga shinasi yorilganini va yordam kerakligini aytadi. Rulda oʻtiravergan Tony charchaydi va uni mudroq bosishni boshlaydi. Buni koʻrgan Donning oʻzi rulga oʻtirib, Tonyni uyiga olib boradi. U Donni mehmonga taklif qiladi, lekin Don rad etadi va ketadi. Tony oʻz oilasiga bagʻriga boradi, u yerda esa ular allaqachon Rojdestvoni nishonlamoqda edilar. Tony ajralishganidan keyin xotinini koʻrganidan juda xursand edi, lekin negadir bazmda oʻyin-kulgiga qoʻshilmasdi. Biroz vaqt oʻtgach, toʻsatdan Don keladi, uni Tony va uning rafiqasi quchoq ochib kutib olishadi va Dolores xat yozishda Tonyga yordam bergani uchun tashakkur bildiradi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratga olish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning may oyida Viggo Mortensen rejissor Piter Farrelli bilan yangi loyihada asosiy rollardan birini oʻynash boʻyicha muzokaralar olib borayotgani maʼlum boʻldi. Farrelli oʻz navbatida Nik Vallelonga (qahramon prototipining oʻgʻli) va Brayan Xeys Karri bilan ssenariy yozadi. Film gʻoyasi Chatterbox laqabli bounser Tony Vallelonga va mashhur pianinochi Don Shirlining Amerika Qoʻshma Shtatlarining janubiy shtatlari boʻylab gastrol safari haqidagi real voqealarga asoslangan edi. Ikki xil odam oʻrtasida doʻstlik paydo boʻladi. Ammo sayohat davomida ular irqchilik, qora tanlilarning jamiyatdagi naqadar past oʻrinda ekaniga duch kelishadi. Film produserlari Vallelonga, Curry va Jim Burke[10].

2017-yil 30-noyabrda Viggo Mortensen Tony Chatterbox roliga tasdiqlangani maʼlum boʻldi. Pianinochi Don Shirli rolini esa Mahershala Ali ijro etadi[11]. Ular ortidan Linda Cardellini va Iqbal Teba[12][13] aktyorlar safiga kiradi va oxirida Sebastyan Maniskalko 2018-yil 16-yanvarda ularga qoʻshildi[14].

Filmning birinchi treyleri 2018-yilning 14-avgustida chiqdi[15].

Sharhlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film kinotanqidchilar tarafidan yuqori baho oladi. U 353 ta sharhga asoslanib, Rotten Tomatoes boʻyicha 78 % ijobiy sharh ballga ega boʻladi, bu degani 10 balldan 7,2 ballga ega boʻldi[16]. Metacritic agregator veb-saytida koʻrib chiqilishiga koʻra u 52 ta sharh[17] asosida 100 balldan 69 ballga ega boʻlgan.

Nominatsiya va mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovrin Turkum nomzod Natija
Oskar Eng yaxshi kino Jim Burk, Charlz B. Uessler, Brayan Karri, Piter Farrelli va Nik Vallelonga
Eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Mahershala Ali
Eng yaxshi original ssenariy Nik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Eng yaxshi tahrir Patrik J. Don Vito
BAFTA Eng yaxshi kino Jim Burk, Charlz B. Uessler, Brayan Karri, Piter Farrelli va Nik Vallelonga
Eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Mahershala Ali
Eng yaxshi original ssenariy Nik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Oltin globus[18] Eng yaxshi film — komediya yoki musiqiy
Eng yaxshi rejissor Piter Farrelli
Eng yaxshi aktyor — komediya yoki musiqiy Viggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Mahershala Ali
Eng yaxshi ssenariy Nik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
AQSh kino aktyorlari gildiyasi mukofoti Eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Mahershala Ali
AQSh Milliy kinotanqidchilar kengashi mukofoti Eng yaxshi kino
Eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen
Sunʼiy yoʻldosh Eng yaxshi film — komediya yoki musiqiy
Eng yaxshi rejissor Piter Farrelli
Komediya yoki musiqiy filmdagi eng yaxshi aktyor Viggo Mortensen
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Mahershala Ali
Eng yaxshi original ssenariy Nik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Amerika kino instituti mukofoti Yilning eng yaxshi filmi
Amerika Rejissorlar Gildiyasi mukofoti Badiiy filmdagi eng yaxshi rejissorlik Piter Farrelli
Amerika Yozuvchilar Gildiyasi mukofoti Eng yaxshi original ssenariy Nik Vallelonga, Brayan Karri, Piter Farrelli
Amanda Eng yaxshi xorijiy film Piter Farrelli
Oltin burgut Eng yaxshi xorijiy film
oltin malina Obroʻni tiklash mukofoti Piter Farrelli

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Debruge, Peter „Film Review: 'Green Book'“. Variety (11-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2019-yil.
  2. „Alibaba Pictures shares rise after striking gold with Green Book's best picture win at the Oscars“ (25-fevral 2019-yil). Qaraldi: 26-fevral 2019-yil.
  3. „Green Book“. Toronto International Film Festival. 7-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-avgust 2018-yil.
  4. Siegel, Tatiana „Making of 'Green Book': A Farrelly Brother Drops the Grossout Jokes for a Dramatic Road Trip in the 1960s Deep South“. The Hollywood Reporter (13-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2018-yil.
  5. „Green Book (2018)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 27-fevral 2020-yil.
  6. Matt Goldberg. „TIFF 2018 Adds New Movies from Paul Greengrass, Jeremy Saulnier, Jonah Hill, and More“ (en). collider.com (14-avgust 2018-yil).
  7. Michael Nordine. „TIFF 2018 Awards: ʻGreen Book’ Wins the People’s Choice Award, Upsetting ʻA Star Is Born“ (en). www.indiewire.com (16-oktabr 2018-yil).
  8. Dave McNary. „Viggo Mortensen-Mahershala Ali’s ʻGreen Book’ Set for Awards-Season Release“ (en). variety.com (25-iyun 2018-yil).
  9. „AFI Awards“. www.afi.com. 5-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-dekabr 2018-yil.
  10. Justin Kroll. „Viggo Mortensen Circling Peter Farrelly’s Next Film ʻGreen Book’ (EXCLUSIVE)“ (en). variety.com (31-may 2017-yil).
  11. „Viggo Mortensen, Mahershala Ali To Star In Peter Farrelly's ROAD Trip Drama "Green Book"“ (en). www.tracking-board.com (30-noyabr 2017-yil).
  12. Dave McNary. „Linda Cardellini Joins Mahershala Ali, Viggo Mortensen in Drama ʻGreen Book’“ (en). variety.com (30-noyabr 2017-yil).
  13. Amanda N'Duka. „Iqbal Theba Joins ʻGreen Book’; Michael Beach Cast In ʻFoster Boy’; Peter Strauss Boards ʻOperation Finale’“ (en). deadline.com (30-noyabr 2017-yil).
  14. Mia Galuppo. „"Comedian Sebastian Maniscalco Joins Viggo Mortensen in Drama 'Green Book' (Exclusive)“ (en). www.hollywoodreporter.com (16-yanvar 2018-yil).
  15. Paul Heath. „Trailer Arrives For ʻGreen Book’ Starring Viggo Mortensen & Mahershala Ali“ (en). www.thehollywoodnews.com (14-avgust 2018-yil).
  16. „Green Book (2018)“ (en). Qaraldi: 30-sentabr 2020-yil.
  17. „Green Book“ (en). Metacritic. Qaraldi: 31-yanvar 2019-yil.
  18. „Green Book“ (en). www.goldenglobes.com. Qaraldi: 2018.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]