Kontent qismiga oʻtish

Tiss

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tiss (Taxus) — zarnobdoshlar oilasiga mansub ignabargli, doim yashil, ikki uyli, kamdankam bir uyli oʻsimliklar turkumi. Ignabarglari ketma-ket joylashgan; toʻq yashil, yaltiroqboʻrtiqoʻzakli. Changchili boshoqchalari bitta, sharsimon. Qubbasi ham bitta; unda rezavor mevaga oʻxshash bir dona urugʻ boʻladi. 10 turi maʼlum. Yevropa, Kichik va Sharqiy Osiyo, Kavkaz, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda rezavor yoki chirimaydigan daraxt (T. baccata) oʻstiriladi. Tissning yogʻochi qizgʻishjigarrang, yaltiroq oʻzakli, mustahkam, qattiq, ogʻir, yaxshi silliqlanadi, smola yoʻli boʻlmaydi. Fanera tayyorlash, suv inshootlari qurish va mashinasozlikda ishlatiladi.