Tiglatpalasar
Tiglatpalasar (ossuriycha TukultiapalEsharra) — Ossuriyadagi shohlar nomi. Eng mashhurlari: T. I (mil. av. taxminan 1076-yil) — shoh (mil. av. taxminan 1114-yil - mil. av. taxminan 1076-yil). Nairi (Urmiya va Van koʻllari atrofi), Kichik Osiyo, Suriya, Finikiyaga bir necha zafarli yurishlar qilgan, Bobil bilan tengma teng kurash olib borgan. Ossuriyaga bostirib kirgan oromiy qabilalarini Frot daryosi ortiga surib chiqargan. T II (mil. av. 727-yil) — shoh (mil. av. 745 - 727-yillar). Mamlakatdagi ichki ahvolni turgʻunlashtirishga qaratilgan islohotlar oʻtkazgan: noibliklarni yiriklashtirib, noiblarni markaziy hokimiyatga boʻysundirgan, shoh qaramogʻida boʻlgan muntazam yoʻllanma qoʻshin tuzgan va boshqa Ossuriyaning bosqinchilik siyosatini davom ettirgan. Gʻarbda 743 - 740-yillarda suriyalik, finikiyalik va Kichik Osiyodagi hukmdorlarning Arpad koalitsiyasini tor-mor keltirgan, 734 - 732-yillarda Damashq va Isroil podsholiklari, Tir, Filistim sh.lari, Arabiston yarim oroldagi knyazliklar va Edomni birlashtirgan koalitsiya ustidan gʻalaba qozongan. 737-yil Gʻarbiy Midiyada oʻrnashib olgan. Shim.ga, Urartu (738-yil va 735-yil) va Bobilga 2 marta (podsholigining boshida va oxirida) yurish qilgan. Bobildagi hokimiyatni xaldey sardorlari egallab olishga harakat qilmoqda edi. 729-yil shaxsiy uniya asosida T. III Pulu nomi bilan Bobil podshosi boʻlgan. Bosib olingan hududlarning aksariyatida Ossuriya viloyatlari tuzilgan, bir qism yerlar Ossuriyaga tobe davlatlarga aylantirilgan. T. III davrida xalqlarni bosib olingan bir hududdan boshqasiga yoxud Ossuriyaga koʻchirish amaliyotidan foydalanilgan. Qoʻrqmas Abdullayev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |