Suriyaliklar
Qiyofa
Suriyaliklar (Suriya arablari) – xalq, Suriyaning asosiy aholisi. Suriyada 11,75 mln. kishi yashaydi (1990y.lar oʻrtalari). Shuningdek, Kuvayt (100 ming kishi)da ham yashaydi. Umumiy soni 11,85 mln. kishi. Arab tilida soʻzlashadi. Dindorlari – sunniy musulmonlar, shialar, xristianlar ham bor. Mil. VII asrda Suriya Arab xalifaligiga qoʻshib olinishi natijasida mahalliy, oromiy tilda soʻzlashuvchi aholi tez surʼatlarda arablashgan va S. xalq sifatida shakllana boshlagan. Asosiy mashgʻulotlari – dehqonchilik, yarim koʻchmanchi chorvadorlik; S.ning bir qismi sanoatda band.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |