Damashq podsholigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Damashq podsholigi - Suriyadagi qad. davlat. Ossuriya-Bobil va Misr manbalari hamda Bibliyada koʻproq tilga olingan. D. p.ni mil. av. 11 — 10-asr boshlarida oromiylar tuzgan. Mil. av. 10-asr boshlarida Isroil podsholigiga boʻysungan, keyinchalik mustaqil boʻlib ajralib chiqqan. Shoh Tabrimmon va Ben-Adad I (mil. av. 914—880) davrida Suriya (Shom), Falastinni ham oʻziga qaratib olgan. D.p. bir necha davlatlardan iborat ittifoqqa rahbarlik qilgan. Shoh Gʻazail (mil. av. 844—804) davrida D.p. Ossuriyaga boj toʻlab turgan. Mil. av. 8-asrda D. p. qudratli davlatga aylangan. Bu vaqtda unga Suriyadagi 17 podsholik boʻysungan, ossuriyaliklar hujumiga bardosh bera olgan. Lekin ichki ziddiyatlar va qoʻshni davlatlarning hujumlari tufayli D. p. Ossuriya davlatining viloyatiga aylanib qolgan (mil. av. 732).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil