The Dope Show

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„The Dope Show“
Marilyn Manson qoʻshigʻi
„Mechanical Animals“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 15-sentabr 1998-yil
Janr
Davomiyligi 3:47
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Michael Beinhorn
  • Manson
  • Sean Beavan
Marilyn Manson singllari xronologiyasi
„Tourniquet“
(1997)
The Dope Show
(1998)
„I Don't Like the Drugs (But the Drugs Like Me)“
(1999)
Klipi
„The Dope Show“ YouTubeda

The Dope Show“ Amerikada tuzilgan Marilyn Manson rok guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. 1998-yilning sentabrida guruhning Mechanical Animals nomli uchinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matni Marilyn Manson tomonidan yozilgan, qoʻshiq musiqasi esa Twiggy Ramirez tomonidan yaratilgan.

Tarona 1999-yilda „Eng yaxshi hard rock ijro“ (inglizcha: Best Hard Rock Performance) nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan[4]. Spin nashri tomonidan 2018-yilda tuzilgan „1998-yilning eng yaxshi 88 alternative rock qoʻshiqlari“ (inglizcha: The 88 Best Alternative Rock Songs of 1998) roʻyxatida 17-oʻringa loyiq topilgan[5][6]. Shvetsiya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan esa oltin sertifikati bilan taqdirlangan[7].

„The Dope Show“ qoʻshigʻi uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Paul Hunter rejissorlik qilgan. Klip 1998-yilning 20-avgustida omma eʼtiboriga havola etilgan[8]. Unda Manson androgin oʻzga sayyoralik rolini jonlantirgan. Bundan tashqari, klipda amerikalik aktyor Billy Zane kameo rolni ijro etgan. Klip HSI Productions studiyasi tomonidan ishlangan, suratga olish bilan bogʻliq xarajatlar esa Interscope Records leybli tomonidan qoplangan. Shuningdek, klip Kodak 35 mmli kinotasmada suratga tushirilgan. Qoʻshiq klipi 1998-yilda „Eng yaxshi operatorlik ishi“ (inglizcha: Best Cinematography in a Video) nominatsiyasida MTV Video Music Award bilan taqdirlangan[9]. Shuningdek, ikki nominatsiyada Billboard Music Awardga ham sazovor boʻlgan[10]. Bundan tashqari, MuchMusic nashri tuzgan „Eng munozarali 50 video[klip]“ (inglizcha: 50 Most Controversial Videos) roʻyxatida 16-oʻrinni egallagan.

Jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sean Beavan — ovoz rejissori
  • Michael Beinhorn — produser
  • Melora Creager — bek-vokal („Apple of Sodom“)
  • Ginger Fish — dovullar (live tracks only)
  • Madonna Wayne Gacy — pianino
  • Tom Lord-Alge — miksing („The Dope Show“)
  • Marilyn Manson — vokal, elektrodovullar, produser
  • Twiggy Ramirez — solo-, ritm- va bas-gitara
  • Zim Zum — gitara

Chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chart (1998) Oʻrni
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya (ARIA)[11] 20
Belgiya bayrogʻi Belgiya (Ultratip Flanders)[12] 17
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya (Single Top 100)[13] 63
Spanish Airplay (AFYVE)[14] 36
Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya (Sverigetopplistan)[15] 53
Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[16] 28
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[17] 12
AQSH bayrogʻi AQSh (Alternative Airplay)[18] 15
AQSH bayrogʻi AQSh (Mainstream Rock)[19] 12

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Greenwood Encyclopedia of Rock History: The grunge and post-grunge years, 1991–2005. Greenwood Press, 2006 — 68 bet. ISBN 0313329818. 
  2. Erlewine, Stephen Thomas „Marilyn Manson - The Last Tour on Earth“. AllMusic. Qaraldi: 2015-yil 15-noyabr.
  3. Gerard, Chris „The 100 Greatest Alternative Singles of the '90s: 60 - 41“. PopMatters (2021-yil 21-aprel). Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
  4. „41st Annual Grammy Awards – 1999“. Rock On The Net. Qaraldi: 2011-yil 6-mart.
  5. „The 88 Best Alternative Rock Songs of 1998“. Spin. Valence Media (2018-yil 25-oktyabr). 2019-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
  6. „Spin End Of Year Lists 1998“. Rock List. Qaraldi: 2011-yil 6-mart.
  7. „Guld- och Platinacertifikat − År 1987−1998“ (shvedcha). IFPI Sweden (2011-yil 17-may). 2019-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Marilyn Manson – "The dope show"“. mvdbase.com. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-sentyabr.
  9. „1999 MTV Video Music Awards“. Rock On The Net. Rock On The Net. Qaraldi: 2011-yil 6-mart.
  10. „This Day in Music“. Billboard. Prometheus Global Media. November 6, 2007. September 20, 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: January 24, 2015.
  11. "Marilyn Manson – The Dope Show". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  12. "Marilyn Manson – The Dope Show" (niderlandcha). Ultratip. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  13. "Marilyn Manson – The Dope Show" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  14. Salaverri, Fernando. Sólo éxitos: año a año, 1959–2002, 1st, Spain: Fundación Autor-SGAE, 2005-09-01. ISBN 84-8048-639-2. 
  15. "Marilyn Manson – The Dope Show". Singles Top 100. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  16. "Marilyn Manson – The Dope Show". Top 40 Singles. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  17. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  18. "Marilyn Manson Chart History (Alternative Airplay)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  19. "Marilyn Manson Chart History (Mainstream Rock)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]