Kontent qismiga oʻtish

Terizinozavr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Terizinozavr (lotincha: Therizinosaurus, qadimgi yunoncha: θερίζω – oʻrish, kesish va σαῦρος – kaltakesak, soʻzma-soʻz – „oʻruvchi kaltakesak“ yoki „kesuvchi kaltakesak“) – teropod dinozavrlarining bir turi hisoblanadi. Terizinozavrlar boʻr davrining oxirlarida (Maastrichtian))yashagan va oʻzlarining noyob guruhi – terizinozavrlarning oxirgi va eng yirik vakillaridan biri boʻlgan. Moʻgʻulistondagi Nemegetiy formatsiyasidan tasvirlangan qoldiqlar dastlab toshbaqaga tegishli deb talqin qilingan (shuning uchun turning nomi Therizinosaurus cheloniformis – „toshbaqa oʻroqchi kaltakesak“). Faqat bir nechta suyaklar (oldingi va orqa oyoq-qoʻllari) maʼlum boʻlgan[1].

Kashfiyot tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terizinozavrning birinchi qoldiqlari 1948-yilda sovet-moʻgʻul qoʻshma ekspeditsiyasi tomonidan topilgan. Nemegtdagi (Moʻgʻulistonning janubi-gʻarbiy qismi) ekspeditsiyada uzunligi bir metr yoki undan koʻproq boʻlgan bir nechta ulkan tirnoqlari topilgan. Ular 1954-yilda sovet paleontologi Yevgeniy Maleev tomonidan tasvirlangan, u qazilmalarni katta toshbaqaga tegishli deb hisoblagan. Biroq, ularning qaysi jonzotlar guruhiga mansubligi 1950-yillarning boshlariga qadar aniq boʻlmagan. Keyingi ekspeditsiyalar toʻliqroq qazilmalarni topishganlar (bir nechta tirnoqlar toʻplami va old va orqa oyoq-qoʻllarining qismlari). Shimoliy Xitoydagi keyingi kashfiyotlar paleontologlarga hayvonning umumiy skelet tuzilishini birlashtirish imkonini bergan va u toshbaqa emas, balki dinozavr ekanligi koʻrsatgan.

Nomalum Erlikozavr va Segnosaurusning teropod ekanligining aniqlanishi terizinozavrga boʻlgan nazaryalarni aniqlashtirishga yordam bergan. Segnosauridlarning kelib chiqishini tushuntirish uchun turli gʻoyalar mavjud, baʼzi olimlar hatto ular sauropodomorflarning avlodlari ekanligini taxmin qilishgan. Ammo 1993-yilda Alxasaurus va 1996-yilda Beipiaosaurus kabi yangi va yaxshi saqlangan topilmalar qushlarga oʻxshash tur ekanini isbotlagan. Oilaning ibtidoiy vakillarining oyoqlari va bosh suyaklari aniqlangan. Segnozavrlar terizinozavrlar bilan bir xil dinozavrlar guruhiga mansubligi (shuning uchun ular terizinozavrlar deb qayta nomlangan) terizinozavr oʻtxoʻr teropod ekanligini isbotlashga yordam bergan.

Taxminiy oʻlchami

Terizinozavrning qazilma qoldiqlari toʻliq boʻlmasa ham, uning jismoniy xususiyatlari haqida baʼzi Terizinozavrdan bilib olish mumkin. Terizinozavr oilasining boshqa aʼzolari singari, tahminan uzunligi 9-12 metr, uzun boʻyinli, ikki oyogʻida yuradigan va ogʻir, katta tanasi boʻlgan kichik bosh suyagli (boshqa terizinozavrlarning keng tos suyagidan dalolat beradi) ogʻirligi 6 tonna boʻlgan[2]. Uning old oyoqlari uzunligi 2,5 metr, eng kattalariniki esa 3,5 metrga yetishi mumkin. Uning orqa oyoqlarida toʻrtta tayanch panjasi bor edi va boshqa teropod dinozavrlaridan farqli oʻlaroq, birinchi barmogʻi kichikroq boʻlgan. Terizinozavridlarning eng oʻziga xos xususiyati – old oyoqlarning har bir barmogʻida bittadan uchta ulkan tirnoqlarning mavjudligi edi. Ayniqsa, ular Terizinozavrda juda katta edi, ammo aniq namunalardagi tirnoq toʻliq boʻlmasa-da, ularning uzunligi deyarli 1 metrga yetgan.

Terizinozavr panjasi

Terizinozavr jahon madaniyatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terizinozavr " Dinozavrlar bilan yurish " seriyasining epizodlaridan koʻringan, garchi uning patlari boʻlmasa ham, u juda hayotdagidek koʻringan. Terizinozavr „Tarbosaurus“ multfilmida patlarsiz koʻrsatilgan.

Terizinozavr Ginnesning rekordlar kitobiga ikki sababga koʻra kiritilgan: birinchidan, uning tirnoqlari eng uzun tirnoq edi, ikkinchidan, u eng gʻalati dinozavr sifatida tan olingan.

Terizinozavr "Yura davri dunyosi: hukmronlik" filmida, u yerda u uzun tirnoqlari bilan Tiranozavrdan giganotosavrni magʻlub qilish uchun foydalangan.

  1. Paul, Gregory S.,. The Princeton field guide to dinosaurs, 2nd edition, Princeton, N.J.. ISBN 978-1-4008-8314-1, 1-4008-8314-8. 
  2. Статья|автор=Пауль Г.|заглавие|издание160