Maastrixt yarusi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maastrixt yarusi (Niderlandiyadagi Maastrixt shahri nomidan) — boʻr sistemasi (davri) yuqori boʻlimining pastdan oltinchi yarusi. Dastlab 1849 yilda belgiyalik geolog A. Dyumon tomonidan ajratilgan. Sen-Pyer togʻi yon bagʻridagi topilgan joyida yarusning faqat yuqori qismi uchun xos boʻlgan sayoz suv organogenchaqiq ohaktoshlardan tuzilgan. Yanada aniqroq stratigrafik boʻlinmalarga ajratishda ammonitlar, belemnitlar, foraminiferalar, dengiz kirpilari va boshqa qoldiqlariga asoslaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil